M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet25/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Epidemiologiyasi: infeksiya manbaiga kemiruvchilar (kalamushlar, yumronqoziqlar, sichqonlar va boshqalar) hamda tuya va mushuklar kiradi. Yuqish yo‘li asosan burgalar yordamida amalga oshadi, ular chaqqanda yuqtiriladi. Insonlar, hayvonlar va ularning oMiklari, najaslari bilan kontakda bo‘lganda kasallanadi. 0‘latning o‘pka shakli bilan kasallangan bemorlar o‘ta xavfli hisoblanadilar, chunki ulardan havo- tomchi yo‘li orqali kasallik yuqishi mumkin. Yer sharida hozirgi vaqtda o‘lat o‘choqlari ma’lum, ular ko‘payishi va saqlanishi shu joylaming iqlim

  • geografik mintaqalariga bog‘liqdir. О‘lat kasalligi tarqatuvchisi burga uchun qulay sharoit havo harorati 24 °C, nisbiy namligi 70 % bo‘lishi shart.

О‘lat o‘choqlari asosan Mongol-Zabaykal zonasida, Janubiy Xitoy, Hindixitoy va Hindiston mamlakatlarida ko‘p uchraydi. 0‘rta Osiyo tekisligida о‘lat o‘choqlari 0‘rta Osiyo cho‘llarida, Qozog‘istonda, Ural va Volga oralig‘ida joylashgan mintaqalarda uchrab turadi.

Tabiiy o‘choqlarda asosan yuqish transmissiv, kontakt va alimentar yo‘l bilan amalga oshadi.

Transmissiv yuqish yo‘li - burgalar chaqishi orqali o‘tadi. Kontakt yo‘li - otib o‘ldirilgan kemiruvchilar (quyon va boshqalar)ning terisiga ishlov berilganda yuqadi.

Alimentar - go‘shtli mahsulotlarga yetarli darajada termik ishlov berilmaganda mahsulot orqali o‘tadi.

Patogenezi: inson organimzmiga о‘lat qo‘zg‘atuvchisining kirishiga qarab quyidagi yo‘llarga bo‘linadi. Bular teri, shilliq qavat, nafas yo‘llari yoki oshqozon-ichak trakti orqalidir. Kasallikning kirish darvozasiga qarab quyidagi klinik turlarga bo‘linadi:

  • bubonli;

  • teri bubonli;

  • o‘pka turi;

  • septik turi.

Klinikasi: yashirin davri asosan 2-3 kun davom etadi. Ko‘pgina hollarda bubonli turi 79 %, septik turi 11 %, o‘pka turi 5 % uchraydi.

О‘lat kasalligi kutilmaganda boshlanadi. Tana harorati 39 °C ga ko‘tariladi, organizmning zaharlanishi (intoksikatsiya) kuchayadi. Kuchli bosh og‘rishi, muskullar og‘rishi, ko‘ngil aynishi va qusish alomatlari paydo bo‘ladi. Bemoming umumiy holati og‘ir, qon bosimi va tomir urishining pasayishi kuzatiladi.

Bubon turida kasallikning 1-2 kunida limfoadenit belgilari paydo bo‘ladi (o‘lat buboni). Kasallanish jarayoniga bir necha yonma-yon joylashgan limfa tugunlari atrofidagi to‘qimalami jalb etib, bubon shakli ko‘rinishida bo‘ladi: o‘smasimon, dumaloqsimon shaklda bo‘lib, paypaslaganda og‘riqlidir. Bubon ustidagi teri qoplami to‘q qizil ko‘kimtirsimon rangda bo‘ladi. Keyinchalik bubon yallig‘lanib ochiladi va asta-sekin bitish jarayoniga olib keladi.

Teri bubon shaklida, teri qoplamida pustula (pufakcha) paydo bo‘lib, ichida qizil rangli suyuqlik bo‘ladi. Kasallik avj olishi natijasida pustula yorilib, jarohatga aylanadi va to‘q rangli strup hosil bo‘ladi.

0‘pka shaklida og‘ir intoksikatsiya, yuqori harorat, ko‘krak qafasida og‘riq va qon aralash yo‘tal bo‘ladi. Oldingi vaqtlarda o‘pka shakli 100 % o‘lim bilan 2-4 kun ichida yakunlanardi. Hozirgi davrga kelib keng ko‘lamda ishlatib kelinayotgan antibiotiklar tufayli bu kasallik shakli o‘limga olib kelmayapti.

Profilaktikasi: o‘lat kasalligining boshlanish xavfi tug‘ilganda zudlik bilan xabar beriladi. Shu zahotiyoq karantin chora-tadbirlari o‘tkaziladi. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar ajratiladi.

0‘zbekiston Respublikasi hududida sanitariya-qo‘riqlash qoidalariga amal qilinadi. Karantin tadbirlari asosan suv va dengiz portlarida, avtomagistrallarda, aeroportlarda, temir yo‘llarida o‘tkaziladi. Bunday tadbirlarda cheklangan yoki yarim cheklangan aholi va yuklar harakatlari to‘xtatib qo‘yiladi. Zarurat tug‘ilganda, karantin zonalarida harbiy-qo‘riq- lash postlari tashkil etiladi. Bubon shakli bilan kasallangan bemorlaming bir nechtasi bitta palataga, o‘pka shakli bilan kasallangan bemorlar alohida bokslarga joylashtiriladi. Tibbiy personal o‘latga qarshi tikilgan kiyimlarda yordam ko‘rsatadilar.

Kuydirgi zoonoz infeksiya bo‘lib, spetsifik chipqon chiqishi, limfa tugunlari, ichki a’zolaming shikastlanishi hamda sepsis rivojlanishi bilan tavsiflanadi.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish