M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet20/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

ml yoki 1 % li eritmadan 3-5 ml), magniy sulfat eritmasi (25 % li eritmadan 10 ml) tomirga juda sekinlik bilan yuboriladi (bemorda qizib ketishning yoqimsiz belgisi bo‘lmasligi uchun).

Yana oqim bilan droperidol (0,25 % li 1-2 ml), furosemid (40-60 mg) yoki uregit (50-100 mg) ni tomirga yuborish mumkin.

Birlamchi kriz tashxisi qo‘yilgan, og‘riqni to‘xtatib bo‘lmagan va asoratlar bilan kechadigan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi. Asoratli ko‘rinishdagi va birinchi guruh preparatlarini qabul qilgan bemorlarni transportirovka qilishda zambildan foydalanish zarur bo‘ladi. Birinchi guruh preparatlarini qabul qilgan bemorlaming 2-3 soat davomida o‘mida yotishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.

Buyrak genezi sababli kelib chiqadigan simptomatik gipertoniya krizlari ham gipertonik krizlami davolashdagi kabi usullar bilan davolanadi.

Bronxial astma

Bronxial astma - о‘tkir nafas yetishmovchiligida yetakchi o‘rinni bo‘g‘ilish va ekspirator nafas qisishi egallaydigan kasallik.

Kasallik tasnifida u noallergik va allergik ko‘rinishlarga bo‘linadi.

Noallergik bronxial astma juda kam uchraydi va u nafasning markazdan boshqarilishi va silliq muskullar tonusining buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Allergik bronxial astma infeksion-allergik va noinfeksion-allergik turlarga bo‘linadi. Burun tomoq kasalliklari, bronxitlar (surunkali bronxit), o‘pka kasalliklarida (surunkali zotiljam, qaytar zotiljam va b.), endo va ekzotoksinlar sensibilizatsiyasi oqibatida kelib chiqadi. Atopik turi (noinfeksion-allergik) noinfeksion allergenlarga nisbatan (gul changi, xo‘jalik va sanoat changlari) yuqori sezuvchanlik oqibati bo‘lib hisoblanadi. Uzoq davom etadigan surunkali kasallikda organizmning allergiyalanish jarayoniga reaktivligi tashqi yoki ichki muhitning nafaqat biron-bir omiliga, balki bir qator yoki bir guruh allergenlaming allergiyalovchi omillariga (insolatsiya, meteoomillar, hid, dori-darmonlar, his-hayajon va b.) nisbatan o‘zgaradi. Nafas qisish xurujlari turli-tuman endogen va ekzogen ta’sirlar sababli kelib chiqishi mumkin.

Klinik ко ‘rinishlari. Kasallikning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, bronxial astmada 3 ta bosqich tafovutlanadi: astmoid sindrom, bronxial astma xuruji (yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir), astmatik holat (asmatik status). Kasallikning yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlari klinikasi о‘tkir nafas yetishmovchiligidagi nafas qisishining og‘irligi bilan bir-bi- ridan farqlanadi.

Astmoid sindromi bo‘g‘ilish (havo yetishmasligi) bilan tavsiflanadi. Bu narsa ko‘proq surunkali astmoid bronxitda kuzatiladi. Nafas olish tezlashib, nafasni chiqarish biroz uzayadi. Auskultatsiyada qattiq nafas eshitiladi, bunda bir oz quruq xirillash bo‘ladi. Quruq yo‘tal, ba’zan avval ajralib turgan balg‘am to‘xtab qoladi. Bo‘g‘ilish odatda uzoq davom etmaydi, simpatomimetiklar va bronxodilatatorlar ta’sirida osongina yo‘qoladi (teofedrin va eufillin tabletkalari). Astmoid sindromining boshlanishi ko‘pincha surunkali o‘pka jarayonlarini (surunkali bronxit, interstitsial zotiljam) eslatadi.

Bronxial astmaning birinchi klinik belgisi quruq azobli yo‘tal hisoblanadi. Kasallik ko‘pincha to‘satdan о‘tkir boshlanadi, bemorlar kasallik boshlangan vaqtning soati va minutigacha aytib berishlari mumkin. Xuruj boshlanishidan oldin bo‘ladigan belgilarga tomoq qurishi, yo‘tal, tumov va terining qichishi kiradi. Xurujning davomiyligi bir necha minutdan bir necha sutkagacha (og‘ir turlarida) bo‘lishi mumkin. Bemorlar ko‘pincha majburiy holatga o‘tadilar - turgan yoki o‘tirgan holatda krovatni qo‘llari bilan ushlab, ko‘krak qafaslarini bir oz kerib, boshlarini maksimal orqaga egib, og‘zilarini katta ochib, havo yutayotganga o‘xshaydilar (ortopnoe holati). Ekspirator harsillash (nafas qisishi) - nafas olish vaqti nafas chiqarish vaqtiga nisbatan 2 marta qisqargan (normada nafas chiqarish vaqti nafas olish vaqtidan 2-4 marta qisqa bo‘ladi). Nafas olishlar soni minutiga 60 taga yetadi. Nafas olishda qo‘shimcha yordamchi nafas olish muskullari ishtirok etadi (yelka, qorin va bo‘yin muskullari). Bemoming xirillab nafas olishi masofadan eshitilib turadi.

Bronxial astmaning yengil, o‘rtacha va og‘ir turdagi xurujlari farqlanadi. Yengil xumjlar uzoq muddat davom etmasdan, tezda to‘xtaydi. Xumj to‘xtaganda yo‘tal va xirillash ham to‘xtaydi. 0‘rtacha og‘irlikdagi xumjlar davomli bo4lib, tez-tez qaytalanib turadi va faqat tomirga dori yuborilgandagina to‘xtaydi. Xumj to‘xtaganda yo‘tal va qumq xirillash saqlanadi. 0‘pka emfizemasi va o‘pka-yurak yetishmovchiligi kabi asoratlar rivojlanishi mumkin. Og‘ir turida xumj bir kunning o‘zida bir necha marta qaytalanishi va dorilar ta’sirida juda sekin to‘xtashi mumkin. Xumj to‘xtaganda yo‘tal, qumq xirillash, terining ko‘karishi, nafas chiqarishning uzayishi davom etadi. Asoratlar esa odatdagidan oldinroq rivojlanishi mumkin.

Astmatik holat (astmali status) - bronxial astmaning og‘ir bosqichi hisoblanib, bronxlaming diffuz buzilishi hisobiga pay do bo‘ladi va dorilar ta’sirida ham juda uzoq muddat (sutkalab) to‘xtamaydi, natijada gipoksik koma holatiga o‘tib, keyinchalik o‘lim yuz berishi mumkin.

Asmatik holatning kelib chiqishida o‘pkaning yallig‘lanish kasal­liklari xuruji, allergenlar bilan davomli kontaktda bo‘lish, glyu- kokartikoidlarni birdaniga qabul qilishni to‘xtatish va antigistamin prepa- ratlami nazoratsiz o‘zboshimchalik bilan qabul qilish muhim o‘rin tutadi.

Bronxial astma tashxisini bemorni kasalxonaga yotqizgunga qadar ham qiyinchiliksiz bajarilishi mumkin (o‘tmishdagi xumjlar, adreno- mimetik va eufillinning samaradorligi, kasalxonadagi avvalgi tekshirishlar, auskultatsiyadagi o‘ziga xoslik (hushtakli qumq xirillashlar), ekspirator nafas qisishining mavjudliklari.

Bronxial astmaning tashxisini qo‘yishda yurak, uremik, serebral va isterik (jazavali) kasalliklar astmalaridan differensiallash (farqlash) lozim.

Bronxial astma xumjida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishda katta yoshli va ayniqsa, keksalardagi yurak hamda aralash astmalardan bronxial astmani farqlay bilish kerak. Tashxis qo‘yish vaqtida bemoming yoshini (odatda bronxial astma bilan o‘spirin va o‘rta yoshdagilar og‘riydi), o‘tkazayotgan yoMdosh kasalliklarini (bronxial astmada surunkali bronxit va zotiljam, yurak-tomir kasalliklari yurak astmali bemorlarda), nafas qisishining xususiyatini (bronxial astmada ekspirator, yurak astmasida esa inspirator), auskultatsiya ko‘rsatkichlari (bronxial astmada hushtakli qumq xirillash va cho‘zilgan nafas chiqarish, yurak astmasida esa cho‘zilgan nafas olish va xirillashsiz qattiq nafas yoki o‘pkaning orqa pastki qismida to‘xtash xirillashlari)ni hisobga olish kerak.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish