Ekstrosistoliya - yurakning muddatidan avval qisqarishi. Ekstro- sistoliya mavjudligini pulsni va yurakni tekshirib aniqlash mumkin. Kasal o‘zini xuddi yuragi to‘xtab qolgandek his qiladi va undan keyin kuchli turtki sezadi. Uzilishlar uzoq davom etsa, bosh aylanishi, madorsizlik, ko‘rishning xiralashishi (ko‘z oldi qorong‘ilashishi, ko‘ngil aynishi) kuzatiladi.
Qat’iy tashxis EKG asosida qo‘yiladi.
Kechiktirib bo‘lmaydiganyordam: ko‘pchilik hollarda ekstrosistoliya uchun shoshilinch davo talab qilinmaydi, uzoq va tez-tez kuzatiladigan xurujlarda kasalni shifoxonaga yuborish kerak. Agar ekstrosistoliya miokard infarkti gipertonik kriz fonida yuzaga kelib, turg‘un ahamiyat kasb etsa, quyidagi chora-tadbirlami qo‘llash kerak:
maxsus kardiologik brigada yoki «tez yordam» mashinasini chaqirish lozim;
ichishga 50-80 tomchi valokardin yoki 50-80 tomchi korvalol beriladi;
bemomi zambilga yotqizib, kardiologik statsionarga yotqizish uchun jo‘natiladi.
Tebranma aritmiya amaliyotda ancha ko‘p uchraydi. Doimiy, ko‘pdan davom etib kelayotgan va paroksizmal, kutilmagandagi xumj ko‘rinishida yuzaga keladigan turlari farqlanadi. Kasallik yurakning tartibsiz qisqarish faoliyati bilan tavsiflanib, puls aritmiyasi, uning notekis to‘liqligi va defitsiti bilan ifodalanadi. Tashxis EKG tekshirishlari bilan tasdiqlanadi.
Kechiktirib bo ‘Imaydigan yordam:
bemorga tez yordam ko‘rsatish uchun maxsus kardiologik brigadani chaqirish va uni tezlik bilan kasalxonaga yotqizish kerak;
yurak glikozidlari berishni boshlash lozim: strofantinning 0,05 % li eritmasidan 0,5 ml ni 10 ml fiziologik eritmada eritib, tomirga yuboriladi;
v) 10 ml panangin tomir ichiga yuboriladi;
g) kordaron 2-4 ml tomir ichiga beriladi.
Paroksizmal taxikardiya to‘satdan yuzaga keladi. Xurujlar 10-15 minutgacha davom etadi. Yurak qisqarishlarining soni minutiga 200-220 tagacha у etadi.
Bunday taxikardiyaning xavfi shundaki, yurak qisqarishlarining soni juda katta bo‘lganligi uchun yurak bo‘lmachalari qonga yaxshi to‘lmaydi, shu sababli yurakning tomirlarga tashlayotgan qon hajmi keskin kamayib ketadi. Yurak yetishmovchiligi belgilari yuzaga keladi. Bunday hollarda bemorda tez va kichik puls aniqlanadi, arterial bosim juda pasayib ketadi.
Kechiktirib bo Чтау dig an yordam:
tezlikda «adashgan nerv sinamasi»ni quyidagicha qo‘llash mumkin:
ko‘z olmasiga bosish; b) bemorga kuchanishni tavsiya qilish; v) sun’iy qusishni chaqirish;
dori-darmonlardan: a) fiziologik eritmada eritilgan 0,05 % - 0,5 ml strofantinni tomirga yuborish; b) betta-blokatomi (obzidin, anaprilin) til ostiga qo‘yish; v) novakainamiddan 10 ml 10% li eritmasini 10 ml fiziologik eritmaga qo‘shib tomirga yuborish (bo‘lib-bo‘lib 2 ml dan, har bir dori yuborilgach, arterial bosim nazorat qilib turiladi).
Yurak o4kazuvchanligining buzilishlari
Elektr impulsining yurak bo‘ylab tarqalishi qat’iy qonuniyat bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu narsaning buzilishi o‘tkazuvchanlikning bloka- dalanishi bilan yuzaga keladi, uning qisman (odatdagi yo‘l bilan sekinroq o‘tadi) va to‘liq (impuls o‘z yo‘lidan o‘tolmay, aylanib o‘tishga majbur boMadi) buzilishi kuzatiladi. 0‘tkazuvchanlilming bu buzilishlari turli kasallik va holatlarda kuzatilishi mumkin. Ko‘proq bu narsalar toj tomir- lardagi qon aylanishining buzilishlari va yurakning yallig‘lanishlarida xavfliroq boMadi. Klinik jihatdan yurak boMmachalari va qorinchalari o‘tkazuvchanligining buzilishlari - atrioventrikulyar blokadalar xavfliroq hisoblanadi. Blokadaning 3 ta bosqichi farqlanadi.
bosqichdagi o‘zgarishlami faqat EKGda aniqlash mumkin. Klinik jihatdan u o‘zini namoyon etmaydi va maxsus davolashni talab qilmaydi.
bosqichdagi atrioventrikulyar blokadada pulsning kamayishi aniqlanadi. EKG tekshirishlarida qattiq chiziqning davriy struktura o‘zgarishlari qorinchalar qisqarishlarining tushib qolishi ko‘rinishida, puls to‘lqinlarining davriy yo‘qolishida namoyon bo‘ladi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan yordam sifatida venaga 1 ml 0,1 % atropin eritmasi, til ostiga 1 dona izadrin tabletkasi, muskul orasiga 1 ml 1 % li mezaton eritmasi, 60 mg prednizalon yoki 250 mg gidrokortizon, 60 mg laziks yuboriladi.
Atrioventrikulyar blokadaning 3-darajasi juda xavfli bo‘lib (to‘liq blokada), EKGda yurak bo‘lmachalari va qorinchalarining nomutanosib ishlayotganligi ko‘rinadi. Klinik jihatdan bunday kasallarda pulsning minutiga 60 tadan kamligi kuzatiladi. Puls qancha kam bo‘Isa, yurak yetishmovchiligi shuncha kuchli ifodalangan bo‘ladi. Blokadaning uchinchi darajasida davriy ravishda Morgani - Adams - Stoks xurujlari namoyon bo‘lib, bunda birdaniga bemorda hushni yo‘qotish, talvasaga tushish, nafas olishning buzilishlari kuzatiladi. Bu holatlar qon aylanishining samarali buzilishlari davriy yuzaga kelib turishi sababli doimiy ehtiyotkorlikda bo‘lishni, tiriltirish choralarini qo‘llashni talab qiladi.
Atrioventrikulyar blokadaning 3-darajasida eng samarali davo bo‘lib elektrli kardiostimulyatsiya hisoblanadi. Dori-darmon bilan davolash odatda yaxshi natija bermaydi.
Atrioventrikulyar blokadaning 2 va 3-darajalari bilan og‘rigan bemorlar, albatta, aritmiyani davolash uchun maxsus bo‘limlarga yotqiziladi.
О‘tkir yurak-tomir yetishmovchiliklari
Kardiogen shokning quyidagi turlari farqlanadi:
reflektor (og‘riqli);
haqiqiy;
v) erektil;
g) aritmik;
miokardning yorilib ketishi natijasidagi shok.
Reflektor shokdagi og‘riq sindromi reflektor mintaqalami qo‘zg‘atib, periferik qon tomirlaming kengayishi hisobiga arterial bosimning pasayishiga olib keladi. Ba’zan arterial bosimning pasayishi oldidan uning ko‘tarilish fazasi kuzatiladi. Agar og‘riq to‘xtatilgach, arterial bosim me’yoriga qaytsa, bu narsa reflektor shok tashxisini tasdiqlovchi mezon hisoblanadi. Kardiogen shok tashxisi EKGda o‘ziga xos belgilar bo‘lganda va miokard infarktining klinik belgilari yuzaga kelganda qo‘yiladi: normatoniklar uchun sistolik arterial bosim 80 mm simob ustunidan va gipertoniya kasali bor bemorlar uchun 90 mm simob ustunidan pasaya boshlasa, tana haroratining pasayishi va teri qoplamlarining namligi, oliguriya (anuriya), shuningdek, vazoretseptor preparatlaming (mezaton, noradrenalin) vena ichiga bir marta yuborilishi natija bermaganda. Bu belgilar kardiogen shokning haqiqiy shakliga ko‘proq tegishlidir.
Aritmogen (aritmik) shokda u paroksizmal taxikardiya, tebranma taxiaritmiya, to‘liq atrioventrikulyar blokada, qon aylanishining minutlik hajmi qisqarishi bilan bog‘liq arterial bosimning pasayishi, periferik qon tomirlaming kompensatsiyalanuvchi qisqarishlari oqibatida kelib chiqadi. Shokning bu ko‘rinishlari ritmning paroksizmal buzilishlari va yurak blokadasida miokard infarktisiz rivojlanadi. Yurak ritmi tiklansa, arterial bosim stabillashadi va shok belgilari yo‘qoladi. Yurak miokardining yorilishi (qorinchalar o‘rtasidagi devorning yorilishi yoki miokard tashqi devorining yorilishi) natijasidagi shok juda kam kuzatiladi.
Yurak chap qorinchasidagi o‘tkir yetishmovchilik
0‘pka shishishining klinik ko‘rinishi ancha ifodalangan nafas qisilishlari ko‘krakning yurak old cho‘qqisi qismida, juda ifodalangan nafasning xirillashi, teri va lablaming sezilarli ko‘karishlari bilan kechadi.
Yurak astmasida nafas qisilishlari ancha kuchli bo‘Isa, xirillash bo‘lmasligi yoki orqa pastki bo‘lmalarda kuchsiz xirillashlar bo‘lishi mumkin. 0‘pka shishi arterial bosimning turli darajalarida rivojlanishi mumkin, ammo ko‘pincha arterial gipertenziyada kuzatiladi.
Agar arterial bosim past bo4Isa va kardiogen shok bilan birga kelsa, natija ancha xavfli boMishi mumkin.
Miokardning о‘tkir infarktida kechiktirib boMmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish bir qator bir-biriga o‘xshash chora-tadbirlardan tashkil topadi: og‘riqsizlantirish, ritm buzilishlarini davolash va yurak o‘tka- zuvchanligi buzilishlarini tiklash; antikoagulyantlar, fibrinolitiklar va antiagregantlar yuborish; arterial bosimni me’yorlashtirish, qon aylanishi buzilishlarini korreksiyalash; bosqichma-bosqich davolashni takomil- lashtirish va bemomi statsionarga jo‘natish.
Bemomi kasalxonaga olib borguncha bo‘lgan bosqichda og‘riqni qol- dirish eng muhim yordam bo‘lib hisoblanadi. Qon aylanishi buzilmagan holda og‘riq uncha kuchli bo‘lmasa, narkotik analgetiklami (promedol, omnapon yoki morfin - 1 ml vena ichiga) yuborish mumkin. Odatda, bu preparatlar antigistamin preparatlari bilan aralashtirilib (1 ml 1 % li dimedrol eritmasi, 1-2 ml 2,5 % li pipolfen) beriladi (narkotik moddalar ta’sirida kelib chiqadigan ko‘ngil aynishi va qusishning oldini oladi).
Ancha ifodalangan og‘riq, xususan gemodinamika buzilishlari mavjud (gipotenziya, kollaps) bo‘lganda neyroleptanalgeziya usuli qo‘llaniladi. Bunda narkotik analgetiklar (1 ml 1 % li morfin eritmasi, 1-2 ml 0,005 %
fentanil eritmasi) neyroleptik vositalar bilan birgalikda (droperidol - 0,25 % li 1-4 ml eritma) tomirga yuboriladi. Preparatlaming dozalari klinik ma’lumotlar hisobga olingan holda tanlanadi (bemoming yoshi, miya tomirlarida ateresklerozning ifodalanganligi, nafas funksiyasining buzilish darajalari, gemodinamikaning buzilishlari mavjudligi). Narkotik vositalar qatoriga kimvchi moddalar nafasni buzishini hisobga olib, uning dozasi individual tanlanadi. Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorga yuqorida keltirilgan fikrlar befarq emasligini hisobga olib, bu preparatlami bo‘lib-bo‘lib berish usuli qo‘llaniladi.
Narkotik moddalar nafasni so‘ndiruvchi zararli ta’sir ko‘rsatgudek bo‘lsa, og‘riqsizlantirish uchun boshqa variant qo‘llash kerak bo‘ladi (glukoza-novakain aralashmasi - 20 ml 5 % li novakain va 100 ml 5 % li glukoza aralashmasini tomchi usulida yuborish), azot ikki oksidi va kislorod aralashmasini AN-8 apparati yordamida ingalatsiya qilish (awal toza kisloroddan 2-3 minut davomida nafas oldirib, asta-sekin azot ikki oksidining konsentratsiyasi orttirilib boriladi va u 80 % ga yetkaziladi, effektga erishilgach, kislorod va azot ikki oksidining nisbati 1:1 qilib nafas beriladi).
Keyingi vaqtlarda og‘riqsizlantirishning yangi usuli - elektroanal- geziyadan foydalanilmoqda, bu narsaga fentanilning uncha katta bo‘lma- gan dozasi (0,5-1,0 ml 0,005 % li eritma) va chastotasi 1000-1500 gs bo‘lgan elektrik impulslar (tok kuchi 1,5-3 mA) elektroanalgeziya apparati yordamida erishiladi. Bu narsa yordamida effektiv og‘riqsizlantirish bemorni transportirovka qilish va keyinchalik davolash vaqtida ham 2-3 soat davomida uzaytirish mumkin.
Nafas olish funksiyalari buzilgan bemorlarda iroda stimulyatsiyasi qo‘llaniladi (davolovchi xodimning og‘zaki buyrug‘i bilan nafas olish).
Kardiogen shokda davolashni og‘riq sindromini yo‘qotishdan boshlash kerak. 10-15 minut ichida gemodinamik effekt bo‘lmasa, kardiogen shokda esa sistolik (70 mm simob ustunidan) va puls bosimlari (15 mm simob ustunidan) past bo‘Isa, reopolyuglyukin yoki poliglyukin, vazopressorlar, steroid garmonlar yuborish kerak bo‘ladi. Kislota-ishqor muvozanatini saqlash uchun 2-4 % li bikarbonat natriy eritmasi (200-400 ml) yuboriladi.
Miokard infarktining о‘tkir davrida tomir ichiga antikoagulyantlar va fibrinolitiklar (tez oqim bilan 10 000-15 000 DB geparin; tomchi bilan 60 000-90 000 DB fibrinolizinni 300-500 ml 0,9 % li natriy xlorid erit- masida) yoki 500 000-750 000 DB streptokinaza avelizini (streptazalar) 250-300 ml fiziologik eritmada eritib yuboriladi.
О‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan hamma bemorlar intensiv terapiya palatasiga yoki reanimatsiya bo‘limiga yotqizilishi, bemor bevosita kardiolog vrachga topshirilishi kerak.
Arterial gipertoniya
Gipertonik kriz arterial bosimning to‘satdan ko‘tarilishi va asab-qon tomir tizimida gormonal va gumoral buzilishlar bilan tavsiflanadi. Kriz gipertoniya kasalining hamma bosqichlarida va simptomatik giper- toniyalarda (o‘tkir va surunkali glomerulonefrit, piyelonefrit, feoxromatsi- toma, nefropatiya, miya o‘smalari va b.) kuzatilishi mumkin. Ko‘pchilik kasallarda kriz yurak-tomir tizimining markaziy asab tizimi orqali boshqa- rilish mexanizmlarining buzilishlari va arterial bosim mavjudligi asosida kelib chiqadi.
Kriz holatiga olib keladigan bevosita omillar quyidagilar hisoblanadi: ruhiy emotsional stressli vaziyatlar, jismoniy zo‘riqish, markaziy asab tizimining gipoksiyasi (miyaning ortostatik gipoksiyasi, havosi buzilgan binolarda bo‘lish va b.); atmosfera va fizik omillar ta’sirida (atmosfera bosimining keskin o‘zgarishi, havo namligining ortishi va haroratning pasayishi, quyosh radiatsiyasi faolligining o‘zgarishi, atmosfera havosining ifloslanishi, vibratsiya, elektromagnit nurlanishlari va b.); gipotenziv dori- darmonlarning birdaniga to‘xtatib qo‘yilishi (gemiton, dopegit va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |