Stenokardiya («ko‘krakning siqilishi») - qaytalanib turuvchi, siquvchi, sanchiqli, g‘ijimlovchi, ko^ak orqasida hosil bo‘luvchi og‘- riqlar bilan tavsiflanadi. Bunday og‘riqlar ko‘pincha jismoniy zo‘riqish, hissiyotga berilish va ba’zan osoyishtalik holatlarida ham kelib chiqadi.
Og‘riq asosan chap yelkaga, ko‘krak, bo‘yin, pastki jag‘ va tishlarga uzatiladi. Ayni paytda bemor nafas olishga qiynaladi, xavotirga tushadi, harakatini to‘xtatib, og‘riq o‘tguncha qimirlamay qotib turadi.
Keksa yoshli kasallarda og‘riqni sezish kamroq yuz berib, kasallikning klinik belgilari nafas olishning qiyinlashishi, birdaniga havo yetmay qolishi va kuchli darmonsizlik bilan kechadi.
Muhim tashxisiy belgilaridan biri til ostiga nitroglitserin qo‘ygach, og‘riqning to‘liq to‘xtashi va shuningdek keltirib chiqaruvchi omillaming bartaraf etilishidan keyin og‘riqning to‘xtashi hisoblanadi. Og‘riq odatda bir necha minut davom etadi.
Kechiktirib bo Чтауdig an yordam: to‘liq jismoniy va ruhiy tinchlikni ta’minlash;
til ostiga 1-2 dona nitroglitserin dorisini qo‘yish;
tomirga yoki muskul orasiga 50 % li analgin eritmasidan 2 ml, 2 %
promedoldan 1 ml va 1 % li dimedrol eritmasidan 1 ml yuborish kerak. Agar bu dorilar vena ichiga yuboriladigan bo‘lsa, aralashma 10 ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasida suyultiriladi;
kuchli ifodalangan ruhiy bezovtalikda yoki yetarli natija bo‘lmagan taqdirda oksigenoterapiya (kislorod bilan nafas oldirish)ni qo‘llash mumkin. Transportirovka kasalning holatidan qat’i nazar, zambilda amalga oshirilishi kerak.
Harakat taktikasi kasalning toj arteriyalaridagi qon aylanishining qay darajada boMganligini va to‘satdan o‘lim kelib chiqish imkoniyatini aniqlash bilan belgilanadi. Jamoat joylarida va ko‘chalarda bemomi shifoxonaning qabul boMimlariga, hatto og‘riq qolgan taqdirda ham, tekshirish uchun olib kelish kerak.
Quyidagi holatlarda:
og‘riq 30 minutdan ko‘p muddatga davom etsa;
og‘riq xumjlari bo‘g‘ilish, aritmiya, hushni yo‘qotish bilan davom etsa, maxsus tez yordam brigadasi chaqiriladi. Chunki bu holatlami noturg‘un stenokardiya yoki miokard infarktining dastlabki holati deb baholash kerak.
To‘xtovsiz yordam ko‘rsatishning vazifasi og‘riqsizlantirish va miokard infarktining hamda eng xavfli asoratlaming oldini olishga qaratiladi.
uzoq vaqt davomida nitroglitsirinni qabul qilish - 2 ta tabletkadan til ostiga har 15 minutda (agar arterial qon bosimi juda pasaygan bo‘Isa, nitroglitsin berib bo‘lmaydi);
v) tezda qon ivishiga qarshi vositalar qo‘llash - vena ichiga 10000 DB geparin yuboriladi;
g) artertial bosimi yuqori bo‘lsa, pentamin yuboriladi;
siydik haydovchi preparatlar - laziks yoki furasemid 1-2 ta tabletkadan tavsiya etiladi.
miokardda kislorodga ehtiyojni kuchaytiruvchi preparatlarni (strofantin, eufillin, platifillin) iloji boricha bermaslik kerak.
Birinchi tibbiy yordam qayerda ko‘rsatilishidan qat’i nazar, infarktoldi holatidagi kasal tezda maxsus ixtisoslashtirilgan kardiologik bo‘limga yotqizilishi kerak.
О‘tkir miokard infarkti (0‘MI) YUIKning og‘ir ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Miokard infarkti nekroz, yurak muskullarining ma’lum qismi o‘lishidir. U bilan birga ko‘plab organ va tizimlaming funksiyalarida buzilishlar yuzaga keladi.
Miokard infarktining ko‘proq kuzatiladigan variantilari anginoz (og‘riqli), astmatik va gastralgik (abdominal) hisoblanadi.
Anginozli variantida kuchli ifodalangan og‘riq sindromlari uzoq davom etib, hatto kuchli og‘riqsizlantiruvchi dorilar ham uni qoldira olmaydi, og‘riq turli tomonlarga uzatiladi. Ko‘p hollarda vegetativ buzilishlar bilan birgalikda kechadi: ko‘ngil aynishi, qusish, o‘lim xavfidan qo‘rqish, sovuq ter bosishi kuzatiladi.
Asmatik varianti ko‘proq avvalda miokard infarktini o‘tkazgan qari yoshdagi bemorlarda kuzatiladi. Yurak astmasi xuruji va o‘pka shishi bilan tavsiflanadi.
Gastralgik (abdominal) varianti - epigastral sohada va to‘sh suyagi orqasida ifodalangan og‘riq, shuningdek ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechadi. Dinamik ichak tutilishi belgilari kuzatilishi mumkin. Miokard infarkti tashxisi gospitalizatsiya qilingunga qadar bemomi so‘rab- surishtirish, tekshirib ko‘rish va EKG asosida qo‘yiladi.
Ammo miokard infarktiga shubhalanish va bemorga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni har bir ichki ishlar xodimi bilishi va bajara olishi lozim. Miokard infarkti bilan og‘rigan hamma bemorlar shifoxonaga yotqizilishi shart.
Voqea sodir bo ‘lgan joydagi kechiktirib bo ‘Imaydigan yordam:
ritm buzilishlarini davolash va oldini olish - lidokain 10 % - 1-2
ml;
antikoagulyantlar yuborish - tomir ichiga yoki teri ostiga 10- 15000 DB geparin yuboriladi.
sistolik arterial bosim 70 mmsimob ustunidan pastga tushsa, tomir ichiga reopoliglyukin yoki poliglyukin yuboriladi.
О‘tkir ishemik kasallikning ko‘p asoratlari kasallikning birinchi kunida yuzaga keladi. Ko‘pincha, bu asoratlar nafaqat kasallik prognozi, balki bemoming hayotiga bevosita xavf tug‘diradi.
Ko‘p hollarda qon aylanishining birdaniga to‘xtab qolishi bemor kasalxonaga yotqizilgunga qadar yuzaga keladi. Bunga ko‘proq yurak ritmining о‘tkir buzilishi - fibrilyatsiya (yurak qorinchalarining fibrilyatsiyasi) sababchi bo‘ladi. Fibrilyatsiyadan oldin juda kuchli og‘riq xumji bo‘ladi, arterial bosim ko‘tariladi.
Qon aylanishining to‘satdan to‘xtab qolishida hush yo‘qotiladi, bosh miyaning faoliyati buziladi. Bosh miyada qon aylanishi to‘xtagandan so‘ng 3-5 minut o‘tgach, ortga qaytmaydigan o‘zgarishlar kelib chiqadi. Bu minutlar ichida bosh miya funksiyalari bosqichma-bosqich buziladi. Qon aylanishi to‘xtagach, 10 sekunddan keyin hush yo‘qoladi va klonik hamda tonik talvasalar boshlanadi.
Teri qoplamining keskin oqarishi rivojlanadi. Bo‘yinning yirik arteriyalarida puls yo‘qoladi. 20-30 minutdan keyin nafas buziladi, asta- sekin onda-sonda chuqur nafas oladigan - «baliq nafasi» bo‘lib qoladi. Qon aylanishi to‘xtagandan keyin 1-2 minut o‘tgach, nafas olish to‘xtaydi, yana 30-60 5 o‘tgach, ko‘z qorachiqlari kengayadi. Klinik davrida ko‘z qorachiqlari reanimatsion chora-tadbirlarga nisbatan qisqarish xususiyatini saqlab turadi. Bu narsaning yo‘qolishi bosh miyaning qaytmas biologik o‘limga uchraganligidan guvohlik beradi.
Shunday qilib, klinik o‘lim effektiv qon aylanishining hamma belgilarining yo‘qligidir (hush yo‘qolgan, yirik arteriyalarda puls yo‘q, qon bosimi va nafas aniqlanmaydi). Bu davrda miyadagi o‘zgarishlarni ortga qaytarish mumkin. 0‘rtacha bu vaqt qon aylanishi to‘xtagandan keyin 3 minut davom etadi. Bu holat to‘satdan yuz bergan o‘lim tushunchasi bilan bir xilda emas. U narsa qon aylanishining to‘xtash sabablari to‘g‘risida maTumot beradi, lekin miyadagi metabolizm buzilishlari chuqurligi to‘g‘risida maTumot bermaydi.
Infarkt bilan kasallangan bemorga faqat statsionar sharoitlardagina maksimal samarali davolash mumkin. Bemorda og‘riq xumji boshlan- gandan keyin ertaroq uni transportirovka qilish kechikib transportirovka qilishga qaraganda xavfsizroq. Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorni kardiogen shok, o‘pka shishi bor yoki aritmogen kollaps vaqtida transportirovka qilish mumkin emas.
Lekin bu qarshiliklar nisbiy bo‘lib, agar butun transportirovka davomida to‘xtovsiz dori yuborish ta’minlansa va kerakli bo‘lgan tiriltirish yordamini ko‘rsatadigan uskunalar mavjud bo‘Isa, kasalni zudlik bilan evakuatsiya qilish kerak. Adekvat og‘riqsizlantirishga erishilgach, kasalni transportirovka qilishga bo‘lgan moneliklar kamdan-kam holatlarda saqla- nib qoladi.
Yurak ritmining о‘tkir buzilishlari
Yurakning eng muhim funksiyalaridan biri avtomatizm funksiyasi, boshqacha qilib aytganda, chastotali elektrik impulslar ishlab chiqarish qobiliyati bo‘lib, u organizm ehtiyojlariga mos kelishi kerak. Yurakning maxsus tuzilmalari elektr impulsini ma’lum tezlikda o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib, norma bo‘yicha odamda to‘g‘ri sinusli ritm saqlanganda minutiga 60-90 ta yurak urishini tashkil etadi. Qandaydir sabablar bilan yurakning o‘tkazuvchi tizimida normal funksiyaning buzilishlarida uzilishlar kelib chiqadi va bu narsa aritmiya deb ataladi.