Karbunkul deb birdaniga bir nechta soch xaltalari, teriosti yog‘ qatlami va pastki qavat to‘qimalarining bir vaqtda о‘tkir yiringli yallig‘lanib, katta miqdordagi to‘qimalami nekrozga olib keluvchi holatga aytiladi. Karbunkulni chaqiruvchi mikroorganizmlar furunkulni chaqi- ruvchilardan farq qilmaydi. Asosan karbunkul bo‘yinning orqa sohasida ko‘p uchraydi, ya’ni bu holat iflos kuylaklaming yoqasi bo‘yinga ko‘p ishqalanishi tufayli terining shikastlashi sababli kelib chiqadi. Karbunkulning klinik kechishi ham furunkulnikiga o‘xshash, biroq bu ko‘rsatkichlar og‘irroq kechib, bularga ishtahaning yo‘qligi va qusish holatlari qo‘shiladi. Karbunkulda furunkulga qaraganda abssess, fleg- mona, limfadenit, tromboflebit va sepsis kabi asoratlar ko‘p uchraydi. Karbunkul bilan og‘rigan bemorlar ham shoshilinch ravishda shifoxonalarda davolanishlari shart.
Gidradenit ter bezlarining о‘tkir yiringli kasalligidir. Bunday yiringli yallig‘lanishga ko‘pincha qo‘ltiqosti ter bezlari chalinadi. Awaliga qizarib infiltrat hosil qiladi, keyinchalik uch berib, o‘rta qismidan yiring chiqaradi, abssesslar paydo qiladi. Bunday bemorlaming qariyb barchasi ambulator sharoitda davolanishlari tavsiya etiladi.
Limfongoit va limfoadenit - limfa tomirlarining hamda limfa bezlarining yallig‘lanishi bo‘lib, ikkala xastalik ham ikkilamchi kasalliklar turkumiga kiradi. Bular asosan furunkul, karbunkul, gidradenit va boshqa yiringli kasalliklar asorati sifatida paydo bo‘ladi. Yiringli o‘choqlar rivojlangan joylardan limfa tomirlari bo‘ylab tomir qizarib, og‘riq bilan tortilgan joyni paypaslaganda og‘riq beradigan chiziq biror-bir bo‘g‘im chuqurchasida tugunlar hosil qilishi va ularning kattalashishi limfadenit deb ataladi. Ba’zi yallig‘langan tomirlar bo‘ylab kuzatiladigan infiltrat yumshaydi, og‘riqlar bir oz kamayadi. Bu esa yiringlash ro‘y berganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda jarrohlik yo‘li bilan yiringli o‘choqlami ochish tavsiya qilinadi. Qolgan hamma hollarda asosan birlamchi yiringli kasalliklami davolash, antibiotiklar va fizioterapevtik umumiy davolash tavsiya etiladi. Kasallik boshida esa a’zolar harakatini chegaralab, mahalliy muolajalami bajarish maqsadga muvofiqdir.
Abssess va flegmonalar
Abssess to‘qima va a’zolarning chegarali o‘tkir yiringli yallig‘- lanishidir. Flegmona - tarqalgan o‘tkir yiringli yallig‘lanish hisoblanadi. Ko‘proq teri ostidagi yog‘ to‘qimasida rivojlanadi, to‘qimalami yemirish xususiyatiga ega.
Ikkala kasallik o‘rtasidagi farq shundan iboratki, birinchi holda yiringli yallig‘lanish chegaralangan, ikkinchi holda esa tarqalgan bo‘ladi. Abssesslarda flyuktuatsiya (to‘lqinlanish) belgisi musbat, flegmonalarda bu belgi umuman aniqlanmaydi, aniqlansa ham, kuchsiz bo‘ladi. Qolgan klinik belgilaming hammasi ikkala kasallikda ham qariyb bir xildir. Flegmonada yiringli yallig‘lanish tarqalganligi sababli umumiy klinik ko‘rsatkichlari bir oz kuchliroq namoyon bo‘lishi mumkin.
Flegmona va abssesslami davolash asosan jarrohlik yo‘li bilan, yiringli o‘choqlarni ochish orqali bajariladi. Yiringlar ochilgandan keyin esa jarohatlarni mahalliy davolashning umumiy qoidasiga rioya qilgan holda, ya’ni shu a’zolarga dam berish, yiringlarning oqishiga sharoit tug‘dirish, mexanik antiseptika yo‘li bilan davolash va antiseptiklami qoMlash orqali bajariladi. Suyuqlik ajratib chiqarayotgan jarohatlarga tuzli gipertonik eritmalar (10 % xlorid natriy eritmasi) bilan salfetkalar, jarohat qurishi (digedratatsiya) vaqtida esa Vishnevskiy malhami bilan bogMamlar qo‘llaniladi.
Sepsis - yiringli kasalliklar chaqiruvchi mikroblaming to‘g‘ridan- to‘g‘ri qon aylanish doirasiga tomirlar orqali tarqalishi bo‘lib, organizm uchun o‘ta xavfli xastalik hisoblanadi. Sepsisni chaqiruvchi bakteriyalar streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchalari va ba’zida anaerob mikroblar ham bo‘lishi mumkin.
Sepsisning klinik belgilariga yuqori harorat (39^10 °C), tomir urishining tezlashishi, qon bosimining pasayishi, bosh og‘rishi, muskul va suyaklarning og‘rishi, et uvishishi va sovuq ter ajralishi kiradi.
Septik shok sepsis kasaligining og‘ir asorati bo‘lib, tananing barcha muhim a’zolari faoliyatining chuqur buzilishiga olib keladi. Klinik belgilariga o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligining nafasning yuzaki va tezlashishi kabi o‘zgarishlar bilan bir vaqtda bo‘lishi kiradi. Bemorlaming yuzlari ko‘kimtir kulrang ko‘rinishda bo‘ladi, teri qoplamlarini muzdek yopishqoq ter qoplaydi, qon bosimi 90-70 mm simob ustuniga teng- lashadi, ahvoli og‘irlashgan sari qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Qo‘l va oyoqlar muzlaydi, keyinchalik tomir urishi sezilmay qoladi.
Sepsis va septik shok bilan og‘rigan bemorlami zudlik bilan shi- foxonaga yotqizish zamr. Bemorlami shitda gorizontal holatda olib borish tavsiya etiladi.
О‘tkir maxsus jarrohlik infeksiyalari
Bu kasalliklarga saramas, qoqshol, anaerob havoli infeksiya va kuydirgi kiradi. Ushbu kasalliklaming boshqa kasalliklardan farqi, bulaming maxsus chaqiruvchisi bo‘lib, ular ta’sirida to‘qimalarda mahalliy o‘zgarishlar yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |