M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet5/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Jgut qo ‘yish texnikasi. Jgutni ikki qo‘llab ushlab, yengil tarang qilib, har bir aylanmani oldingisi bilan yonma-yon qo‘yib, so‘ng jgut mahkamlanadi. Burama jgut qo‘yish uchun mato (ro‘molcha, bint)ni arqonsimon holatda o‘rab, qo‘l yoki oyoqqa tugun shaklida bog‘lanadi, so‘ng kichik tayoqcha yordamida qon oqishi to‘xtaguncha buraladi. Tayoqcha buralib bo‘shab ketmasligi uchun uni alohida bog‘lab qo‘yiladi. Qon ketishi to‘xtagach, jarohatga bog‘lam qo‘yiladi.

Jgut qo‘yishda quyidagi qoidalami esda tutish kerak (8-rasm):

  1. jgut asosan songa yoki yelkaga qo‘yilishi lozim, chunki u yerda bitta suyak bor;

  2. jgut tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmaydi, albatta, uning ostiga biror nima qo‘yish kerak;

  3. jgutni yozda 1,5 soatdan, qishda bir soatdan oshmagan muddatga qo‘yish mumkin;

  4. jgut qo‘yilgan vaqtni aniq qilib yozib, yopishtirib qo‘yish kerak.

Jgut qo‘yilgandan so‘ng uning to‘g‘n yoki noto‘g‘n qo‘yilganligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Buning uchun qo‘l va oyoqlardagi puls aniqlanadi. Agar puls yo‘q bo‘lsa, jgut to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. Biron sababga ko‘ra, 1-1,5 soat davomida bemomi kasalxonaga olib borishning iloji bo‘lmasa, u holda 10-15 minutga jgut bo‘shatiladi va bir vaqtning o‘zida barmoq bilan jarohatdan yuqorisi bosib turiladi. Qish vaqtida oyoq va qo‘lni o‘rab, issiq saqlash tavsiya qilinadi.

Kichik o‘lchamli arteriya yoki vena shikastlanganda siqib turuvchi bog‘lam qo‘yish kifoya. Qon ketishini vaqtinchalik to‘x- tatishda jarohatga steril doka yoki bint hamda paxta qo‘yib bog‘lanadi. Uncha katta va chuqur bo‘lmagan jarohatlarga yuqoridagi usulni qo‘llash qon ketishining batamom to‘xtatish chorasi hisoblanadi.

Qolgan hollarda batamom qon to‘xtatish uchun jarrohlik klinikalarida tikish, bog‘lash yoki shikastlangan tomirlarni kuydirish kabi usullar ishlatiladi.

JAROHATLAR

Teri va shilliq qavatlarining mexanik shikastlanishi natijasida jarohatlar paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda jarohatlar organizmning chuqur joylashgan to‘qimalarida va ichki organlarda ham kuzatiladi.

Jarohat klinikasi undan qon silqib, ochilib qolishi, qon oqishi va og‘riq bo‘lishi bilan tavsiflanadi.

To‘qimalami shikastlovchi asbob qanchalik keskir bo‘Isa, jarohatdan qon oqishi shunchalik kuchli bo‘ladi. Hamma jarohatlanishlarda ham qon oqishi tashqariga bo‘lavermaydi, ba’zan qon tomirlardan to‘qimalarga va bo‘shliqlarga quyilib, tarqoq gematomalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, parenximatoz (g‘ovak) organlaming jarohatlanishi ham ko‘plab qon oqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Jarohatlanishlardagi og‘riq, uning intensivligi:

  1. jarohatlangan nerv retseptorlari va o‘zaklarining soniga;

  2. shikastlangan kishi organizmining reaktivligiga;

  3. jarohatlovchi qurolning xususiyatiga va jarohat olish tezligiga bog‘liq.

Qurol qanchalik o‘tkir va jarohatlovchi omil tezligi katta bo‘Isa, u bilan bog‘liq og‘riq shunchalik sust darajada rivojlanadi. Og‘riqning qanday darajada ekanligi jarohatlangan joyning innervatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, yuz, barmoqlar, chot va jinsiy organlar juda boy innervatsiyalanganligi uchun, ulardagi og‘riqlar kuchli bo‘ladi. Jarohatlardagi og‘riq odatda qattiq (jizillatadigan) bo‘lib, uning shiddati, tomir urishining chastotasiga bog‘liq holda ortib va kamayib turadi. Jarohatlangan sohaning ko‘taribroq qo‘yilishi va qulay joylashtirilishi natijasida og‘riq kamayadi va 2 soat davomida og‘riq to‘liq to‘xtashi mumkin.

Jarohatning ochilib qolishi uning kattaligiga, chuqurligiga va terming elastik tolalari buzilishiga bog‘liq. Shuningdek, jarohatning ochilib qolish darajasi to‘qimaning shikastlanish xususiyatiga ham bog‘liq. Yuzdagi Langer chiziqlariga nisbatan ko‘ndalang joylashgan jarohatlaming ochilib qolishi, bu chiziqlarga parallel joylashgan jarohatlarga qaraganda katta bo‘ladi.

Jarohatlaming tasnifi

Jarohatlar kelib chiqishi va xususiyatlariga qarab turli-tuman bo‘ladi.

Qo‘llanilgan qurol yoki jarohatlovchi agentning to‘qimalami shikastlantiruvchi xususiyatiga qarab jarohatlaming quyidagi turlari farqlanadi:

  1. o‘qotar qurollardan jarohatlanish;

  2. tig4 jarohati (tig4 sanchishdan hosil bo‘lgan jarohat);

  3. tilingan jarohatlar;

  4. titilgan jarohatlar;

  5. lat уegan jarohatlar;

  6. majaqlangan jarohatlar;

  7. yulingan jarohatlar;

  8. timalgan jarohatlar;

  9. shilingan jarohatlar;

  10. tishlangan - chaqilgan jarohatlar;

  11. zaharlangan jarohatlar;

  12. aralash jarohatlar.

Har qanday jarohatning o‘ziga xos jihati bo‘lib, yordam ko‘rsatish vaqtida buni hisobga olish kerak. Masalan, tig4 sanchishdan va o‘qotar qurollardan olingan jarohatdan qon kam oqadi. Ularning chuqurligi va yo‘nalishini ko‘z bilan aniqlash qiyin, ularda ko‘pincha ichki organlaming ham shikastlanishlari bo‘ladi. 0‘tmas predmetlar bilan yetkazilgan tig4 jarohatlari, masalan, yog‘och kaltak yoki yomg4ir soyabonining uchi bilan berilgan zarbadan hosil bo‘lgan jarohatlar o‘ziga xos shakllarga ega. Kesilgan va to‘g‘ralgan jarohatlarda ko4proq yuzalarning defektlanishi va qonning tashqariga kuchli oqishi xosdir. Lat yeyishdan, majaqlanish va yulinish jarohatlaridan qon oqishi kamroq bo4 lib, ular kuchli og4riq chaqiradi va ko4pincha infeksiyalanadi, ularda qon aylanishining buzilishi nisbatan ko4proq uchraydi va mahalliy nekrozlar keltirib chiqaradi.

Shilingan jarohatlaming og4rig4i kuchli bo4ladi, lekin jarohatlar ichida eng tez bitadigani hisoblanadi. Tishlangan jarohatlar og4riqli bo‘lib, ko‘pincha yiringlab ketadi. Tishlangan jarohatlaming eng og4ir asoratlaridan biri quturish kasalligidir. Quturish kasalligining vimsi kasal hayvonning so‘lagi bilan ajralib, u orqali tishlash vaqtida jarohatga tushadi. Kalamush, sichqon va mushuklar tishlab olsa, «kalamush kasalligi» rivojlanishi mumkin.

Ilon va chayonlar chaqishi natijasida, shuningdek jarohatga jangovar va boshqa kimyoviy birikmalar tushganda, zaharlangan jarohatlar kelib chiqadi. Avvallari aralash jarohatlar deyilganda, tananing maTum qismidagi turli ko‘rinishdagi jarohatlar tushunilar edi. Hozirgi vaqtda esa aralash jarohatlar deyilganda, jarohatga jangovar zaharlovchi modda yoki radiatsiyaning ta’siri tushuniladi. Ulami aniqlashda maxsus nom - jangovar zaharlovchi moddalar (JZM) bilan zaharlangan jarohatlar atamasi ishlatiladi.

0‘qotar qurollardan hosil bo‘ladigan jarohatlar - o‘qdan va snaryad parchasidan kelib chiqqan jarohatlarga bo‘linadi. 0‘qotar qurollaming o‘ziga xos ta’siri natijasida undan hosil bo‘lgan jarohatlar boshqalaridan farq qiladi:

  1. jarohat kanalining chuqurligi;

  2. to‘qimalar o‘zgarishidagi anatomik nisbatning murakkabligi;

v) to‘qimalar shikastlanishidagi o‘ziga xos zonalaming mavjudligi. Birlamchi jarohat kanali, u detrit to‘qimalari va yot moddalar bilan to‘lgan bo‘ladi, to‘qimalaming birlamchi travmatik nekroz yoki birlamchi kontuziya zonasi va to‘qimalaming molekulyar chayqalish zonasi yoki ikkilamchi travmatik nekroz;

g) jarohatlanish vaqtidagi (birlamchi infeksiya) yoki evakuatsiya bosqichlaridagi (ikkilamchi infeksiya) birinchi yordamning kechikib ko‘rsatilishi va jarohatning birlamchi jarrohlik ishlovining kechikishi natijasida ifloslanishning yuqori darajada bo‘lishi.

0‘qotar qurollardan jarohatlanishda to‘qimalarning jarohatlanish darajasi asosan o‘qning yoki parchaning kinetik energiyasiga va ulaming boshlang‘ich tezligiga bog‘liq bo‘ladi. To‘qimalarga boshlang‘ich tezligi kichik o‘qning ta’sirida hosil bo‘ladigan jarohatning mexanizmi pichoqdan va boshqa keskir predmetlardan jarohat hosil bo‘lish mexanizmiga yaqin. Tezligi katta o‘qlar bilan jarohatlanishda (hozirgi zamon jangovar o‘q tezligi 700-900 m/s, sharchali va cho‘zinchoq o‘qlar - 1000 m/s dan yuqori, snaryad parchalari - 1500^000 m/s) qurolning sifat jihatidan yangi xususiyatlari namoyon bo‘lib, u to‘qimalaming kengroq va og‘irroq jarohatlanishlarini keltirib chiqaradi. 0‘qning tezligi 600 m/s dan yuqori bo‘Isa, eng katta ahamiyatni kinetik energiyaning to‘qimalarga o‘tkazish tezligi kasb etadi, bundan past tezliklarda uning ahamiyati uncha yuqori bo‘lmaydi.

Katta tezlikda uchib kelayotgan o‘q va snaryad parchalari tanaga kirayotganda atrofidagi to‘qimalarga energiyaning tezlanish ko‘rinishida uzatadi va, o‘z navbatida, bu to‘qimalami jarohat kanalidan chekkagacha va uning markaziga qarab notekis harakatlanishga majbur qiladi. Bu esa «pulsatsiyalanuvchi bo‘shliq» shakllanishiga olib keladi. Bo‘shliqning kengayishi vaqtida hosil bo‘ladigan manfiy bosim, jarohat kanaliga o‘q- ning kirgan va chiqib ketgan teshiklaridan patogen mikroblarning so‘rilib kirishiga sababchi bo‘ladi. Vaqtinchalik bo‘shliqning pulsatsiyasi to‘qimalar va organlaming notekis ezilishini, uzilishini va qatlamlarga ajralishini yuzaga keltiradi. To‘qimalar nekrozi asosan muskul to‘qi- malarida hatto jarohat kanalidan ancha masofada bo‘Isa ham, infeksiya rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib beradi va bu kabi yaralanishlaming klinik kechishi shu sabab bilan tushuntiriladi.

Hozirgi vaqtga kelib o‘qotar qurollar o‘qining kalibri 5,6 mm gacha kichraytirilgan (avvallari hamma joyda 7,6 mm qabul qilingan), bu bilan o‘qning birlamchi tezligi ortgan va uning jarohatlash zonasi ham kengaygan. Shunga o‘xshash shikastlanishlarni sharchali, teshib o‘tuvchi va plastik bomba va snaryadlarning parchalari ham (ular hozirgi zamon harbiy qismlarining harbiy harakatlari vaqtida qo‘llaniladi) chaqira oladi.

Kelib chiqish sabablariga ko‘ra, jarohatlar operatsion va tasodifiy jarohatlarga bo‘linadi. Shikastlanishning chuqurligiga qarab jarohatlar yuzaki, teshib o‘tuvchi va ichki a’zolarni shikast-lovchi jarohatlarga bo‘linadi. Masalan, teri jarohati, teriosti to‘qimalari va hatto qorin muskullarining jarohatlari ham yuzaki jarohatlarga kiradi. Agar qorin pardasi shikastlangan bo‘Isa, jarohat chuqur o‘tuvchi jarohatlar qatoriga kiritiladi. Ayni vaqtda jigar va ichaklaming shikastlanishlari bilan kechadigan jarohatlar a’zolaming shikastlanishi bilan asoratlangan jarohatlar qatoriga kiritiladi. Jarohat tananing qaysi qismida bo‘lishiga qarab yuz, bosh, bo‘yin, qo‘l jarohatlariga bo‘linadi.

Infeksiyalanish darajasiga ko‘ra, aseptik va infeksiya bilan ifloslangan jarohatlar bo‘ladi. Rejali operatsiyalardan yoki birlamchi jarrohlik ishlovidan keyingi jarohatlar aseptik jarohatlar hisoblanadi. 0‘tkir va nisbatan toza predmetlar vositasida yuzaga kelgan, kesilgan va qiymalangan jarohatlar aseptik jarohatlarga yaqin bo‘ladi. Qolgan hamma jarohatlar infeksiyalar bilan ifloslangan deb baholanadi, chunki jarohat- lanish vaqtida terining o‘zida ham, jarohatlovchi predmet vositalarida ham mikroorganizmlar bo‘ladi.

Jarohatlar yangi va kechikkan turlarga bo‘linadi. Agar shi­kastlangan kishi jarohat olgandan keyin 24 soatdan kechikmay tibbiy yordamga murojaat qilsa, jarohat yangi hisoblanadi. Bu holda jarohatning qirg‘oqlari va asosini jarrohlik yo‘li bilan tozalab, jarohat infeksiyasini to‘xtatish mumkin. Shu yo‘l bilan infeksiya tushgan jarohatni aseptik jarohatga aylantirish mumkin. Agar shikastlangan kishi 24 soatdan kechikib murojaat qilsa, mikroorganizmlar to‘qimalaming ancha chuqur qavatlariga o‘tib oladi va bunday jarohatlar kechikkan jarohatlar sirasiga kiritiladi.

Jarohatlaming bitish davri

Jarohatlanish vaqtida ko‘plab hujayralar o‘ladi, qon va limfa tomirlarining butunligi buziladi. Hamma favqulodda olingan jarohatlar infeksiyalar bilan ifloslanadi, hatto aseptik operatsiyalar vaqtidagi jaro­hatlarga ham bir oz miqdorda mikroorganizmlar tushadi. Agar to‘qimalar hujayra elementlarining himoya jarayonlari yetarli bo‘Isa, bu infeksiyalar tezda barham topadi va jarohat birlamchi bitish bilan tuzaladi.

Jarohatga tushgan infeksiya, о‘lgan to‘qima va mikroblardan ajralib chiqqan toksinlaming mexanik qitiqlanishi natijasida jarohat atrofida yallig‘lanish jarayoni rivojlanadi.

Jarohatning bitish jarayonida, hamma boshqa yallig‘lanishlardagi kabi, ikki davr kuzatilib, ular infeksiya tushgan va yiringlagan jarohatlarda ancha yaqqol ifodalanadi. Birlamchi bitish bilan tuzalayotgan jarohatlarda bu davrlami farqlash ancha mushkul.

Birinchi davrda o‘tkir yallig‘lanish ko‘rinishlari ustunlik qiladi.

Giperemiya, qon tomirlarining kengayishi va qon tomirlar devorlari o‘tkazuvchanligining ortishi, leykotsitlar eksudatsiyasi va migratsiyasi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, atrofdagi qon tomirlarida staz va tromboz jarayonlar, limfa tomirlarida limfa harakatining susayishi va to‘xtab qolishi, yallig‘lanishi, shikastlangan to‘qimalardagi degenerativ o‘zgarishlar kuzatiladi.

Jarohatlaming bitishidagi birinchi davr gidrotatsiya davri deyiladi, chunki jarohat atrofidagi to‘qimalar suyuqlik bilan to‘yingan, jarohatdan suyuqlik ajralib turadi. Bu davrda og‘riq va haroratning ko‘tarilishi, jarohat sohasida infiltrat va shishning bo‘lishi, har xil ko‘rinishdagi funksiyalarning buzilishi kuzatiladi.

Ikkinchi davr - regeneratsiya davrida tiklanish jarayonlari ustunlik qilib, to‘qimalar eksudatsiyasi kamayadi, shuning uchun ham uni degidratatsiya davri deb atashadi. Jarohatda regenerativ jarayonlar ustunligi kuzatilib, defektlar yosh biriktimvchi to‘qima hujayralari bilan to‘la boshlaydi va chandiq hosil bo‘lishi boshlanadi.

Degidratatsiya davri boshlanishi bilan og‘riq, harorat, shish va infiltrat asta-sekin kamayadi, shuningdek buzilgan funksiyalar normaga qaytadi. Jarohat tozalanib, unda granulyatsiya to‘qimasi paydo bo‘ladi va epiteliylanish belgilari yuzaga keladi, nekrotik to‘qimalaming qoldiqlari yo‘qoladi, jarohatdan ajralib turadigan suyuqlik miqdori, jarohatdagi mikroorganizmlar soni sezilarli kamayadi.

Jarohatning bitish jarayonini ikkita alohida davrga bo‘lish jarohatlangan kishining tuzalish holatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ammo amaliyotda bu ikki davr bir-biridan aniq ajralib turmaydi. Ko‘pincha, ayni bir paytda ham birinchi, ham ikkinchi davrga tegishli holatlami, ya’ni nekrotik to‘qimalaming ajralishi, yiringlash va to‘qimalar regeneratsiyasini kuzatish mumkin.

Jarohatlaming bitish turlari

Jarohatning bitishi regenerativ (tiklanish) jarayon bo‘lib, orga- nizmning shikastlanishiga nisbatan biologik va fiziologik ta’sirlanishni (reaksiyasini) aks ettiradi.

Hamma to‘qimalaming regeneratsiyalanish qobiliyati bir xilda emas. To‘qima qancha yuqori differensiatsiyalangan bo‘Isa, u shunchalik sekin tiklanadi. Markaziy asab tizimining eng yuqori differensiatsiyalangan hujayralarining amalda umuman regeneratsiyalanish qobiliyati yo‘q. Periferik nervlar sekin, lekin oxir-oqibatda neyron aksonining markazdan periferiyaga qarab o‘sishi hisobiga regeneratsiyalanadi. Epiteliy, birik­timvchi to‘qima elementlari - muskul pardasi, paylar, suyaklar, shuning­dek silliq muskullar yaxshi regeneratsiyalanadi. Ko‘ndalang - targ‘il muskullar va parenxima a’zolarining regeneratsiyalanish qobiliyati juda sust. Ulardagi shikastlanishlar ko‘pincha biriktiruvchi to‘qima chandiqlari hisobiga bitadi.

Jarohatlaming bitishiga mahalliy va umumiy omillar to‘sqinlik qilishi mumkin. Agar yirik qon tomirlari, nerv tolalari jarohatlangan va jarohatlarda g‘ayritabiiy moddalar, nekrotik to‘qima, suyak sekvestrlari, vimslar va mikroorganizmlar mavjud bo‘Isa, ularning bitishi yomon kechadi. Jarohatlaming bitishiga bemoming umumiy holati - qo‘shimcha kasalliklar (gipovitaminoz, surunkali yallig‘lanish kasalliklari, qandli diabet, yurak va bo‘yrakdagi yetishmovchiliklar, shuningdek organizm- ning immun tizimidagi buzilishlar) salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Jarohatlaming birlamchi va ikkilamchi bitishi farqlanadi. Agar jarohatning chekkalari tekis, yashovchan va bir-biriga zich bo‘Isa, jarohatda bo‘shliq hosil bo‘lmasa, ichiga qon quyilmasa, g‘ayritabiiy moddalar, nekroz o‘choqlari va infeksiyalar bo‘lmasa, birlamchi bitish yuzaga keladi. Aseptik operatsiyalar, jarohatning to‘laqonli jarrohlik ishlovidan keyin, ba’zan boshqa jarohatlarda birlamchi bitish kuzatiladi. Bunday jarohatlar tez (5-8 kun davomida) bitib, tekis va kam seziladigan chandiqlar hosil qiladi.

Yangi chandiq yumshoq, tekis va pushti rangda bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi hosil bo‘lgan kapillarlar yo‘qoladi, chandiq kattalashadi, ancha qattiq va mahkam holatga keladi. Agar chandiqning yo‘nalishi teridagi Langer chiziqlari yo‘nalishiga mos tushsa, asta sekin chandiq kam sezilarli ko‘rinishga o‘tadi.

Birlamchi bitishning bir va bir nechta shart-sharoitlari bo‘lmagan taqdirda ikkilamchi bitish yuzaga keladi. Jarohat chekkalarining yashovchan emasligi, chekkalari bir-biriga yopishmagan jarohatning katta bo‘shlig‘i bo‘lishi va unga qon quyilishi, nekroz o‘chog‘i, g‘ayritabiiy moddalar va yiringli infeksiyalar buning sababchisidir. Shuningdek, ikkilamchi bitishning umumiy omillarga bog‘liqligi: kaxeksiya, gipo yoki avitaminoz, modda almashinishining buzilishlari yoki yuqumli kasalliklar

  • angina, gripp va boshqalaming mavjudligi.

Ikkilamchi bitishga jarohatning yiringlashi va undan keyin granulyatsiya to‘qimasining hosil bo‘lishi xosdir. Yiring oqsilga boy bo‘lgan yallig‘lanish ekssudati bo‘lib, unda hujayra elementlari asosan neytrofil leykotsitlar va katta miqdordagi turli bakteriyalar, shuningdek parchalangan hujayralaming qoldiqlari mavjud bo‘ladi. Yiringning ko‘rinishi, rangi va hidi mikrofloraga bog‘liqdir.

Granulyatsiya to‘qimasi asta-sekin rivojlanadi. Jarohatlanishdan keyin, tez fursatda jarohatning yuzasi yupqa qavatli ivigan qon bilan qoplanadi. Bu qavat jarohat ekssudati bilan birgalikda fibrinozli bakteriotsid himoya pardasini hosil qiladi. Agar jarohatda infeksiya rivojlansa, uning chekkalarida va asosida yallig‘lanish belgilari paydo bo‘ladi (shish, harorat, giperemiya va og‘riq). Jarohat yopishqoq yiringli ajralma bilan qoplanadi. Yallig‘lanishning rivojlanishi to‘qimalar himoya darajasidan, organizmning reaktivligi va infeksiyaning virulentligidan kelib chiqadi. Odatda 48 soatdan keyin jarohatning ayrim yerlarida mayda bo‘rtiqlar - granulyatsiyalar paydo bo‘ladi. Ulaming soni asta-sekin ortadi va oqibatda jarohatning butun yuzasini qoplab oladi. Ayni vaqtda, kapillar qon tomirlarining ko‘plab o‘sishi amalga oshadi. Granulyatsiya o‘sishi bilan jarohat asta-sekin nekroz o‘choqlaridan tozalanadi, uning chekka- laridan boshlab yoki ayrim orolchalar ko‘rinishida, jarohat yuzasida epiteliy o‘sishi kuzatiladi. Keyinchalik granulyatsiya to‘qimasi chandiqqa (fibroz va biriktiruvchi to‘qima elementlaridan tashkil topgan) aylanadi.

Granulyatsiya to‘qimasi chuqur yotgan to‘qimalarni berkitib va ularni infeksiya tushishidan himoyalab, jarohatning bitishida katta ahamiyat kasb etadi. Jarohatdan ajraladigan suyuqlik bakteriotsidlik xususiyatiga ega. Shikastlanganda granulyatsiya to‘qimasi qontalashib qoladi va infeksiya chuqur yotgan to‘qimalarga o‘tib ketishi mumkin. Shuning uchun ham granulyatsiyalangan jarohatlami bog‘lashda uni mexanik yoki kimyoviy shikastlab qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish va jarohatlami bog‘lashni iloji boricha, kamroq bajarish kerak.

Kichik va yuzaki jarohatlar - shilingan, tirnalgan, shuningdek kuyishlar ivigan qon va limfadan hosil bo‘ladigan po‘stloq ostida bitadi. Taxminan 5 sutkalardan keyin po‘stloq ostida epiteliylanish va jarohatning bitishi tugallanib, qoraqo‘tir tushib ketadi.

Jarohat infeksiyasi

Jarohat infeksiyasi - jarohatga mikroblarning kirib borishi, organizm to‘qimalariga tushgan mikroorganizmlar va ulardagi toksinlaming tarqalib, ta’sir etish natijasidir. Toza jarohatga ко‘pay ish xususiyatiga ega patogen bakteriyalar va zaharli moddalar tushib, uni ifloslasa (organizm reaksiyasi bo‘lmaganda), bakterial ifloslanish yuzaga keladi.

Agar mikroblarning tushishiga organizm reaksiyasining sezilarli belgilari paydo bo‘Isa, bu narsa bakterial ifloslanishni aniq ifodalangan bakterial infeksiyaga o‘tganligini ko‘rsatadi. Bu jarayon, bir tomondan, mikroorganizmlar himoya reaksiyalarining holatiga, ikkinchi tomondan, jarohatga kirib borgan infeksiya qo‘zg‘atuvchisining miqdori va vimlentligiga bog‘liq.

Shu nuqtai nazardan jarohatlar aseptik, bakterial-ifloslangan, infeksiyalangan va yiringli turlarga bo‘linadi. Shartli ravishda aseptik jarohatlar deyilganda, rejali steril sharoitlarda o‘tkazilgan toza operatsiyalarda olingan jarohatlar tushunilib, ular ko‘p hollarda birlamchi bitish bilan tuzaladi.

Boshqa hamma jarohatlarga paydo bo‘lish vaqtidan boshlab mikro­organizmlar tushadi, demak, ular mikrobli yoki bakterial ifloslangan hisoblanadi. Birlamchi mikroblar bilan ifloslanish jarohatlanish vaqtida yuzaga kelsa, ikkilamchisi davolash jarayonida, ya’ni shifoxona ichidagi infeksiyalanish natijasida yuzaga keladi.

Aseptika qoidalarining birlamchi yordam ko‘rsatish vaqtida va shikastlangan kishini davolash davomida buzilishi ikkilamchi infeksiyaning tushishiga sabab bo‘ladi.

Jarohatga o‘z vaqtida birlamchi jarrohlik ishlovi berish, bunda hamma infeksiyalangan nekrotik to‘qimalami olib tashlash va unga antiseptiklar bilan ishlov berish birlamchi infeksiyaning profilaktikasi bo‘lib hisoblanadi. Kasalni davolash davomida aseptikaning hamma qoidalariga qat’iy amal qilish ikkilamchi infeksiyaning tushishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Jarohatlarni davolash

Jarohatlarni davolashdan maqsad a’zo va to‘qimalaming birlamchi shakli va funksiyalarini hech qanday asoratlarga yo‘l qo‘ymagan holda tiklashdan iboratdir. Jarohatlami davolash biologiya, jarrohlik, biofizika va tibbiyot texnikasining hozirgi zamonda erishgan yutuq va usullarini qo‘llab amalga oshiriladi.

Aseptik, infeksiyalangan va yiringli jarohatlarni davolashning usullari (taktikasi) turlicha. Davolash usulini tanlashda shikastlangan kishining yordamga qanchalik o‘z vaqtida murojaat qilishi, jarohatning turi, unga tushgan mikroorganizmlaming vimlentligi va boshqa shu kabi omillar inobatga olinadi. Jarohatlami davolashda jarrohlik usullari va bog‘lashlar, mahalliy va umumiy dori-darmonlar qo‘llash, fizioterapiya, davolash badan tarbiyasi va boshqalardan foydalaniladi.

Operatsiya jarohatlari maxsus davolashga muhtoj emas. Steril muhitda o‘tkazilgan operatsiya jarohatlari amalda steril bo‘ladi. Operatsiya yakunlangach, operatsiya yarasi steril tikish materiallari bilan tikilib, 0,5 % li xlorgeksidin eritmasi yoki boshqa antiseptiklar bilan artiladi va steril doka bog‘lami bilan yopiladi (bu doka quruq yoki spirt bilan namlangan bo‘lishi mumkin). Doka bog‘lami o‘rnida antiseptik aerozollardan foydalanish mumkin, bunda aerozol yaraga va uning atrofiga sepilib, uni namlaydi. Aerozol qotgach, yupqa tiniq parda hosil bo‘ladi va u jarohatni yetarli darajada ishonchli himoya qiladi, ayni paytda davolash davomida jarohatning holatini kuzatib turish imkoniyatini beradi.

Operatsiya jarohatining bog‘lamini tikilgan iplar olingunga qadar almashtirmaslik kerak. Agar qon ketishi, jarohat infeksiyasi kabi asoratlar kelib chiqsa, bog‘lamni muddatidan oldin almashtirish mumkin.

Shikastlangan kishilarga kasalxonalaming travmatologiya bo‘limlarida maxsus tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Kutilmaganda olingan jarohatlaming hammasi u yoki bu darajada infeksiyalangan bo‘ladi. Birinchi yordamning vazifasi jarohatga ikkilamchi infeksiya tushmasligiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun birinchi yordam vaqtida jarohatlarga qo‘l tekkizish yoki unga zond yuborish mumkin emas. Jarohat atrofidagi terini spirt, efir, benzin bilan artish (bunda, albatta, artish yo‘nalishi jarohat tomondan periferiyaga (tashqariga) bo‘lishi kerak) lozim. Iloji bo‘Isa, jarohat atrofi antiseptik preparatlar bilan artiladi. Agar jarohatda g‘ayritabiiy moddalar yoki keng yirtiqlar bo‘Isa, ularni steril doka, salfetka yoki asboblar yordamida olib tashlashga ruxsat etiladi, jarohatni yuvishga ruxsat etilmaydi. Shundan keyin jarohat bog‘lanadi, iloji bo‘lsa, steril material ishlatish kerak. Agar kuchli qon ketsa, jgut qo‘yiladi, boshqa hollarda qon oqishi siqib bog‘lash yo‘li bilan to‘xtatiladi. Bog‘lamlami fiksatsiyalash uchun leykoplastir, yopishuvchi vositalardan yoki to‘rsimon, naysimon bintlardan foydalaniladi.

Birlamchi va ikkilamchi jarrohlik ishlovlari farqlanadi. Jarohatning birlamchi jarrohlik ishlovi deganda kasalning jarohatini birinchi marta jarrohlik ishlovidan o‘tkazish tushuniladi. Bu ishlov birlamchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha jarohatning xususiyatini hisobga olib, jarohat infeksiyalanishini profilaktikalash maqsadida o‘tkaziladi. Jarohatlanish bilan uni birlamchi jarrohlik ishlovidan o‘tkazish o‘rtasidagi muddat imkoniyati boricha minimumgacha qisqartirilishi kerak. Hozirgi vaqtda, zarurat yuzasidan, jarohatni birlamchi jarrohlik ishlovidan o‘tkazish jarohatlanishdan 24 soatgacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.

Og‘riqsizlantirilgach, o‘tkir skalpel yordamida jarohatning chekkalari, devorlari va asosi tirik to‘qimalar chegarasida kesib tashlanadi, imkoni boricha hamma shikastlangan, ifloslangan to‘qimalar olib tashlanadi. Olib tashlanadigan to‘qimalarning qalinligi 0,5 sm dan 2 sm gacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, g‘ayritabiiy moddalar, kiyim yirtiqlari, erkin yotgan suyak bo‘laklari, ivib qolgan qon laxtalari ham olib tashlanadi. Jarohat ifloslangan to‘qimalardan tozalangach, qon to‘xtatiladi va jarohat qavatma-qavat tikiladi.

Birlamchi jarrohlik ishlovidan keyingi tikishlar birlamchi tikish deyiladi. Ba’zan birlamchi jarrohlik ishlovidan keyin situatsion tikishlar (yordamchi tikishlar) qo‘yiladi.

Birlamchi tikishlar qo‘yilishiga zid holatlar (infeksiya xavfi) bo‘Isa, jarohat chekkalari tozalangach, birlamchi kechiktirilgan tikishlar qo‘llaniladi. Bunda jarohat tikiladi, lekin iplar bir necha kun davomida (2-

  1. sutka), ya’ni о‘tkir jarrohlik infeksiyasi xavfi o‘tguncha tugilmaydi. Bu muddat o‘tgach, iplar tortilib, jarohat tikiladi. Bunday usullar ko‘proq harbiy-dala jarrohligida o‘qotar qurollardan yaralanishda qo‘llaniladi.

Vaqt omiliga bog‘liq jarohatlarda jarrohlik ishlovining erta, muddati uzaytirilgan va kechikkan turlari farqlanadi.

Jarohatlaming erta jarrohlik ishlovi dastlabki 24 soat ichida o‘tkaziladi. Agar u jarohatlanishdan keyingi 6-12 soat ichida amalga oshirilsa, oqibati yaxshi bo‘ladi. Ba’zan jarohatlaming jarrohlik ishlovi antibiotiklar bilan davolash ostida, jarohatlanishning ikkinchi sutkasida o‘tkaziladi. Bunday jarrohlik ishlovi muddati uzaytirilgan ishlov deyiladi.

Agar jarrohlik ishlovi antibiotiklar bilan davolanmagan jarohatda ikkinchi sutkada yoki antibiotiklar bilan davolanganda uchinchi sutkada o‘tkazilsa, bunday jarrohlik ishlovi kechiktirilgan jarrohlik ishlovi deyiladi. Jarohat infeksiyasi uchun jarrohlik ishlovi asos boMmaydi, faqat operatsiya taktikasi o‘zgaradi. Jarohatga kechiktirib jarrohlik ishlovini berish har doim jarohat infeksiyasi va asoratlarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ikkilamchi jarrohlik qayta ishlovi jarohat infeksiyasi bo‘lganda amalga oshiriladi. Ayrim hollarda jarohat infeksiyasi sababli ikkilamchi qayta jarrohliq ishlovini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Odatda bunday holatlarda yiringlash o‘chog‘i ochiladi, kontraktura kesilib, jarohatga drenaj qo‘yiladi. Kasalxonaga kech keltirilgan bemorda ikkilamchi jarrohlik ishlovi son jihatidan birinchi jarrohlik muolajasi boMishi mumkin.

Yiringlagan jarohatlarni davolash jarohatda kechayotgan jarayon davrini hisobga olib amalga oshiriladi. Jarohat jarayonining birinchi davrida hamma mahalliy muolajalar yiringning tashqariga chiqishi va jarohatning yiring va nekrotik to‘qimalardan tozalanishiga qaratilgan boMishi kerak. Jarohat jarayonning ikkinchi davrida granulyatsiya to‘qimasi shikastlanishining oldini olish maqsadida antiseptik preparatlardan faqat malham dori (maz) qo‘llanilishi kerak.

TERMIK SHIKASTLANISHLAR. KUYISHLAR



Yuqori harorat ta’sirida to‘qimalarning shikastlanishi kuyish deb ataladi. Termik kuyishlar issiq suyuqliklar, bug4, olov, qizdirilgan metallar ta’sirida kelib chiqishi mumkin. To‘qimalar shikastlanishining og‘irligi harorat darajasiga, ta’siming davomiyligiga va shikastlanish maydonining katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi.

Termik shikastlanishlar shartli ravishda yengil va og‘ir ku- yishlarga bo‘linadi. Tana yuzasining 10% dan kam boMmagan qismini egallagan kuyishlar og‘ir kuyishlarga kiradi. Yosh bolalar va qariyalarning kuyishi, ayniqsa xavfli bo‘ladi.

To‘qimalaming qaysi qavati shikastlanishiga qarab, kuyishlar 1, 2, 3 «а» va 3 «Ь», 4-darajalarga bo‘linadi.

  1. darajali kuyishda faqat terming tashqi-epiteliy qavati zararlanib, uni aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bemorda qizarish, shish, kuygan joyda esa qavarish va mahalliy qizarish kuzatiladi.

  2. darajali kuyish terming ancha intensiv qizarishi va epiteliyning uncha katta bo‘lmagan ichida och-sariq rangli suyuqlik to‘lgan pufakchalar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi.

3«а» darajadagi kuyishda terming eng chuqur - o‘suvchi qavatidan tashqari, hamma qavatlari nekrozga chalinib o‘ladi, tarang pufakchalar hosil bo‘lib, ular to‘q-sariq rangli shilimshiq bilan to‘ladi. Ko‘plab pufakchalar yorilgan bo‘lib, ular asosida spirt va nina ta’siriga sezuvchanlik pasaygan bo‘ladi.

3«b» darajadagi kuyishda chuqur nekroz yuzaga kelib, bunda terining hamma qavatlari shikastlanadi. Pufakchalar qon aralash suyuqlik bilan to‘lgan, yorilgan pufakchalarning asoslari xira, quruq ko‘pincha marmar rangida bo‘lib, spirt va nina ta’sirida og‘riqni sezmaydi.

4-darajadagi kuyishda nafaqat teri, balki uning ostidagi to‘qimalar - pay va mushaklaming ham shikastlanishi kuzatiladi. Kuygan yuzada jigarrang qattiq qobiq (qasmoqli, qoraqo‘tirli) hosil bo‘lib, har xil ta’sirlovchilami sezmaydi. Shikastlanishning chuqurligini faqat bir necha kundan keyingina, bemor davolash muassasasida bo‘lgan vaqtda aniqlanishi mumkin.

Kuygan yuzaning katta-kichikligi kuyishning birinchi soatlarida asosiy ahamiyat kasb etib, u bemoming umumiy holatini aniqlab beradi. Shuning uchun ham, taxminan bo‘lsa-da, birinchi yordam ko‘rsatish vaqtida uni aniqlash kerak. Odam tanasining umumiy maydoni, bo‘yining uzunligi bo‘yicha hisoblanadi. Qaddi-qomati va oriq-semizligi hisobga olinmaydi.

Kuyish maydonini hisoblash uchun, avvalo, shikastlanuvchining tana maydoni aniqlanadi, ya’ni bo‘yining uzunligiga {sm da) ikkita nol qo‘shiladi. Masalan: 170 sm bo‘yga ega bo‘lgan kishining tana yuzasi 17000 kv sm, 182 sm bo‘yga ega kishining tana yuzasi 18200 kv sm teng.

Kuygan yuzaning protsentlardagi miqdorini tezroq aniqlash uchun «kaft» qoidasidan foydalanish mumkin. Kuygan yuza proyeksiyasiga nechta kaft joylashishiga qarab, bemoming shuncha foiz teri yuzasi kuygan hisoblanadi. Bunda bir «kaft» yuzasi tananing 1,2 % ni tashkil qilishidan kelib chiqiladi. Hisobning tez va oson bo‘lishi uchun foizning o‘ndan bir qismlarini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Masalan: kuygan joy o‘nta kaft yuzasiga to‘g‘ri kelsa, demak tananing kuygan yuzasi 10-12 % ni tashkil etadi.

Agar tananing ma’lum qismlarida to‘liq kuyish kuzatilsa, «To‘qqizlik qoidasi» yoki Tenison-Ruslak usulini qo‘llash mumkin. Bunda bosh va bo‘yin, har ikkala qo‘l alohida tana yuzasining 9 % ni tashkil etadi, tananing oldingi, orqa yuzalari, har bir oyoq alohida - 18 %, chot orasi va uning organlari - 1 % ni tashkil etishi ko‘rsatilgan. Masalan: agar bir qo‘l va tananing oldingi qismi to‘liq kuygan bo‘Isa, unda kuyish

  1. %+18 %=27 % bo‘ladi. Agar kuyishning umumiy yuzasi 10 % dan ko‘p bo‘lsa, bemorda kuyish kasalligi rivojlanishi mumkin.

Kuyish kasalligi klinik sindrom bo‘lib, og‘ir kuyish natijasida yuzaga keladi.

Kuyish kasalligining quyidagi davrlari farqlanadi:

  1. kuyish shoki keng va chuqur kuyish natijasida (agar 2-darajali kuyish bo‘Isa, 20% va undan ko‘p yuza, 3-darajali kuyishda 10% va undan ko‘p yuza egallangan bo‘ladi) yuzaga keladi. Kuyish shoki shikastlangan to‘qimalardan organizmning juda kuchli ta’sirlovchiga javob reaksiyasi sifatida yuzaga keladi. Ko‘p hollarda u birinchi ikki sutka davomida kuzatiladi va davrlar bilan kechadi. Kuyishdagi shokning erektil va torpid davrlari kuzatiladi. Travmatik shok simptomlaridan tashqari, qu- yidagilar ham ahamiyatlidir: plazma yo‘qotish, gipoproteinemiya, qonning quyuqlashuvi, qon aylanishidagi umumiy qon miqdorining kamayishi, ba’zan anuriya holatigacha olib boruvchi oliguriya;

  2. kuyishning o‘tkir toksemiyasi. Kuyish kasalligining uchinchi kunidan boshlab uning klinikasida intoksikatsiya sindromlari ustunlik qila boshlaydi, bu kuyish toksemiyasi bo‘lib, u kuygan to‘qimalardagi toksik mahsulotlarning qonga so‘rilishi natijasida yuzaga keladi. Uning o‘ziga xos belgilari - tana haroratining keskin ravishda 38^1 darajagacha ko‘tarilishi, taxikardiya - yurak urishi 1 daqiqada 110-130 tagacha, polidipsiya, ishtahaning pasayishi, asabiylashish (talvasagacha tushish, bezovtalanish, uyquning buzilishi), ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi.

Kuyish kasalligining og‘ir holatlarida 12-15 kundan boshlab uning 3 davri rivojlana boshlaydi;

  1. septikotoksemiya. Kuygan jarohatlarda yiringlash rivojlana borishi natijasida bemorda bakteremiya va septitsemiya simtomlari pay do bo‘la boshlaydi. Yuqori harorat, og‘ir umumiy holat, har xil asoratlar ko‘pincha zotiljam (pnevmoniya) rivojlanadi;

  2. kuyishdan holsizlanish. Uzoq muddatli intoksikatsiya, bakteremiya va septitsemiya natijasida kuyishdan holsizlanish davri boshlanadi. Klinikasi: granulyatsiyalar rangsizlanib qoladi, keyinchalik ularda nekroz kelib chiqadi, jarohatlar chuqurlashib boradi, bitgan jarohatlar esa yana ochilib ketadi. Nekrozlangan to‘qimalar chirib parchalana boshlaydi. Bemoming umumiy holati keskin yomonlashadi. Agar intensiv terapiya vositalari qo‘llanilmasa bemor, о‘lib qolishi ham mumkin.

Rekonvalessensiya davri - sog‘ayish davri. Belgilari: kuyish jarohatlari nekrotik to‘qimalardan to‘liq tozalanadi, chandiqlanadi, bemor o‘zini ancha yaxshi seza boshlaydi. Kasallikning bu davri 3 oydan 5 oygacha davom etishi mumkin.

Birinchi yordam

Kuyishda ko‘rsatiladigan yordam juda tez amalga oshirilishi kerak. Eng avval tezlik bilan olovni o‘chirish, shikastlangan kishining yonayotgan kiyimlarini yirtib olib tashlash, uning ustiga nimanidir yopish, choyshab, jun ro‘mol, plash yordamida havo kirmaydigan qilib olovni o‘chirish, keyin tutayotgan narsalami olib tashlash kerak. Shikastlangan odam zambilg‘altakka yoki shitga yotqiziladi. Agar teriga kuygan kiyim qoldiqlari yopishib qolgan bo‘Isa, ulami teridan ko‘chirib olish aslo mumkin emas. Jarohatlami steril bint bilan bog‘lash (individual bog‘lash paketchasi), agar u qo‘l ostida bo‘lmasa, qalinroq matoni dazmollab ishlatish mumkin. Tananing ko‘p qismi kuyganda shikastlangan kishini steril choyshabga o‘rab qo‘yish qulayroq.

Agar yong‘in binoda sodir bo‘Isa, tezlik bilan hamma zarar ko‘rgan kishilami toza havoga olib chiqish kerak. Og‘iz va bumn bo‘shliqlari kul va qumm bilan zararlangan bo‘Isa, ulami tezlikda barmoqqa ho‘l latta o‘rab tozalash lozim. Agar bemor hushini yo‘qotgan bo‘Isa, tili bilan tiqilib qolmasligi chora-tadbirlari qo‘llanilishi kerak. Buning uchun uning pastki jag‘ini oldinga tortib, barmoqlar bilan tilini tortib chiqarish va uni ilgak tugma bilan iyak terisiga mahkamlab qo‘yish lozim. Bu manipulatsiyadan qo‘rqish kerak emas, chunki teri va tildagi jarohatlar tezda bitib ketadi, agar bemor o‘z tili bilan tiqilib qolsa, uning asoratlari juda og‘ir bo‘lishi, hatto asfiksiya natijasida o‘limga olib kelishi mumkin.

Agar kuygan kishida qorin bo‘shlig‘i organlarining jarohatlari bo‘lmasa, u hushini yuqotmagan bo‘Isa, ko‘p suyuqliq ichish tavsiya qilinadi. Keyin uning vena tomiriga 1 % li 2 ml promedol, 50 % li 2 ml analgin, 2 ml droperidol, 1 % li 1 ml dimedrol, agar bu dori-darmonlar bo‘lmasa, bemorga 2 ta analgin yoki aspirin tabletkasidan, bitta dimedrol tabletkasidan, 20 tomchi korvalolni 20 ml suvga tomizib ichirish (yoki valokardin, kardiamin, valerianka, volidol tabletkasini til ostiga qo‘yish) kerak. Bu dori-darmonlar og‘riqni susaytirib, yurak faoliyatini qo‘llab- quwatlab turadi.

Agar sharoit mavjud bo‘lib, kuyish unchalik katta bo‘lmasa, kuygan joyni suv o‘tkazgichning sovuq suvida bosimli oqim ostida 15 minut davomida yuvib turish kerak. Bu og‘riqni qoldimvchi ta’sir ko‘rsatadi va ayni vaqtda shokning oldini oladi. Keyin kuygan jarohatlar sterillangan salfetkalar yordamida quritilgach, kuygan yuzaga qumq aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Birinchi yordam ko‘rsatishda malham dorilar bilan bog‘lash qo‘llanilmaydi.

Shundan keyin bemomi tezlikda kuyganlar bo‘limiga yoki tez jarrohlik yordami bo‘limiga olib borish kerak.

Kimyoviy kuyishlar ko‘pincha kislota va ishqorlaming to‘- yingan eritmalari ta’sirida kelib chiqadi. Kimyoviy kuyishlarda ham xuddi termik kuyishlardagi kabi, kuyishning og‘irligi uning chuqurligiga va qancha yuzani egallashiga qarab, shuningdek ta’sir etuvchi kislota yoki ishqoming konsentratsiyasiga qarab baholanadi. Ba’zi kislotalarning teriga ta’sir etishida, teri yuzasida o‘ziga xos rangdagi jarohat yoki qasmoq (qoraqo‘tir) hosil bo‘ladi: sulfat kislotasidan hosil bo‘lgan kimyoviy ku­yishda ular to‘q jigarrangda, xlorid kislotasi ta’sirida kulrang-oqish, nitrat kislotasi ta’sirida esa och jigarrangda bo‘ladi. Kislotalarning to‘yingan eritmalari koagulyatsion nekroz (qattiq, quruq qasmoq) chaqiradi, to‘yingan ishqor eritmalari esa kollikvatsion nekroz (yumshoq, namlangan, chuqur qasmoq) chaqiradi. Ba’zan jarohatlardan kimyoviy birikmaning hidi anqib turadi.

Bunday kuyishlarda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam kuyishni chaqirgan agentni neytrallashdan iborat. Buning uchun kislotalar bilan kuyganda kuchsiz ishqor eritmalari (natriyli bikarbonatning 2 % eritmasi, sut), ishqorlar bilan kuyganda esa kuchsiz kislota eritmalari (1 % sirka yoki 2 % li bor kislotasi)dan foydalaniladi. Bunday vositalar bo‘lmagan taqdirda, kimyoviy agentni zararlangan maydondan suvning oqimi bilan yuvib ketkazish mumkin. Shundan keyin aseptik bog‘lam qo‘yilib, og‘riqsizlantiruvchi vositalar qo‘llanilgach, bemor navbatchi jarrohlik statsionariga olib boriladi.

Singuvchi radiatsiyadan kuyish kombinatsiyalangan (birgalikdagi) shikastlanishlar sirasiga kirib, ommaviy xususiyatga ega bo‘ladi va atom qurolining qo‘llanilishi (atom bombasining portlashi natijasi)da ro‘y beradi. Singuvchi radiatsiya bilan shikastlanishda kuyishning kechishi va oqibati keskin yomonlashadi.

Atom portlashi vaqtidagi issiqdan shikastlanishlar ham birlamchi kuchli nur tarqalishidan, shuningdek ikkilamchi ta’siridan - ro‘y beradigan yong‘inlardan kelib chiqishi mumkin. Birinchi holatda infraqizil nurlar muhim o‘rin tutadi. Bu nurlar olovli sharda yuzaga kelib, tananing himoyalanmagan va portlash tomonga qarab turgan qismlarida (yuzning bir tomoni, bo‘yinning bir tomoni, qo‘lning kiyim bilan himoyalanmagan qismlarida) kuyish chaqiradi. Shuni yodda tutish kerakki, oq kiyim bunday kuyishlardan yaxshi himoya qiladi, chunki oq kiyim portlash vaqtidagi o‘zidan nur tarqalishini yaxshi qaytaradi. Birlamchi nur tarqalishining davomiyligi sekundning qismlarini tashkil etadi. Shuning uchun ham ko‘pincha bu kuyishlar chuqur bo‘lmaydi.

Nurlanish kasalligidagi kuyish jarayonining kechishi amalda oddiy termik kuyishlardan farq qilmaydi. Lekin nurdan kuyishda asoratlar (yiringlash, sepsis, saramasli yallig‘lanishlar) ko‘proq kuzatilib, shikastlanish joyi keyinchalik rangsiz, po‘st tashlaydigan, atroflari kuchli bo‘yalgan (pigmentlangan) bo‘ladi, kandiloma paydo bo‘lishi, giperkeratoz, xavfli o‘smalar kelib chiqishi mumkin.

Birinchi yordam ko‘rsatish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak:

  1. yonayotgan kiyimlami o‘chirish;

  2. qon oqishini vaqtincha to‘xtatish;

  3. kuygan joyga birlamchi steril bog‘lam qo‘yish;

  4. shpris-tyubik yordamida maxsus antidot vositalarini yuborish;

  5. sinishlar bo‘Isa, singan qo‘l yoki oyoq immobilizatsiyalanadi;

  6. shikastlangan kishiga protivogaz kiydiriladi;

  7. agar qorin a’zolari jarohatlanmagan bo‘lsa, 50 ml suv ichiriladi;

  8. shikastlangan kishi davolash muassasasiga olib boriladi.

SOVUQ OLISHI VA MUZLASH

Umumiy sovqotish (muzlash) kam uchraydi. Bu narsa uzoq muddat sovuq suvda qolib ketish, qish vaqtida jarohat olib, harakat qobiliyatini yo‘qotish, mast holda qorda uxlab qolish natijasida uchraydi. Umumiy sovqotish natijasida madorsizlanish, titrash, uyqu bosishi, bosh og‘rishi, so‘lak oqishi, terlash kuzatiladi. Tana haroratining 24 darajadan pasayishi o‘limga olib keladi.

Tananing umumiy sovqotishida uchta bosqich bir-biridan farq qiladi.

  1. Adinamik: tana harorati 33-32 °C gacha pasaygan, puls va hushi saqlangan, uyqu bosishi kuzatiladi, bemor madori yo‘qligi va boshi aylanishidan shikoyat qiladi, fikrlashi sekinlashgan va sust bo‘ladi.

  2. Stupor holati: tana harorati 30-27 °C gacha pasaygan, puls va nafaslar soni kamayadi, hushi susayadi, nutq buziladi, asosiy hayot funksiyalari tobora pasayib boradi.

  3. Akashaklik: tana harorati 27-25 °C gacha pasayadi, teri qoplamasi rangsizlanadi, soviydi, ozroq ko‘karadi, muskullar qisqaradi, oyoq-qo‘llar bukiladi, tanaga yopishgan va kuchli tortilgan bo‘ladi, puls kamaygan, nafas olish yuzaki, kuchsizlanadi, qorachiq torayadi, yorug‘likka sezuvchanligi yomonlashadi.

Sovuq urishi o‘tkir va surunkali, umumiy va mahalliy bo‘lishi mumkin. Namli muhitda oyoq-qo‘llarning o‘tkir sovuq urishida (suvda) harorat 0 dan +15 °C gacha bo‘Isa, teri rangsizlanib, biroz shishadi, suyuqliq bilan to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi, teri qoplamlari tarangligini yo‘qotadi, titroq kuzatiladi. Surunkali sovuq urishida, kuzatilayotgan bemoming qo‘l va oyoqlari tez-tez va uzoq muddat davomida nam va sovuq muhitda bo‘Isa, panja va tovonlarning sovuqni sezuvchanligining ortishi, ulaming shishishi, terlashi, ularda og‘riq paydo bo‘lishi, uvishish, barmoqlaming qizib ketgandek tuyulishi va ulaming to‘lishishi, terming qumqlashashi, qattiqlashishi, bo‘g‘imlaming yo‘g‘onlashishi kuzatiladi.

Muzlashda ko‘rsatiladigan kechiktirib bo4lmaydigan yordamlar

Jabrlangan kishini tezlikda issiq, yopiq binoga olib kirish (masalan, avtomobil saloniga), uning muzlab qolgan kiyimlarini yechish, issiq odeyal bilan yopish; venasiga 45 °C gacha isitilgan 5 % li 500 ml glukoza eritmasini 8 birlik insulin bilan yuborish lozim. Ho‘llangan kislorod bilan nafas oldirish, 0,05 % li 0,5 ml strofantin, kardiamin inyeksiya qilish kerak. Iloji boricha, tezroq bemomi jarrohlik statsionariga evakuatsiya qilish kerak.

Organizmning kuchli sovqotishidan ba’zan qon aylanishining tiklan- maydigan buzilishlari (uzoq muddatli spazm va qon tomirlarining berkilib qolishi), modda almashinishlarining buzilishlari (to‘qimalar oziqlanishining buzilishlari va natijada ularning jonsizlanishi) yuzaga keladi. To‘qimalar jonsizlanishining chuqurligi va ko‘lami sovuq ta’sirining davomiyligiga, darajasiga va boshqa noqulay omillarga bog‘liq (shamol, namlik, yupun yurish, och qolish, alkogolli zaharlanish va bosh­qalar) bo‘ladi.

Qaytmas jarayonlaming asosiy sababi keng tarqalgan va tobora zo‘rayib boradigan qon tomirlar trombozi (tiqilib qolishi) hisoblanadi. Omillarning sovuq oldirish ta’siriga to‘qimalar reaksiyasining ikki: 1) yashirin va 2) reaktiv yoki ifodalangan jarayonlar davri kiradi.

Birinchi soatlarda to‘qimalar shikastlanishining qanday darajada chuqur va qancha maydonga tarqalganligining haqiqiy holatini aniqlash imkoniyati yo‘q. Ular faqat reaktiv davrda aniqlanadi. Shuning uchun ham sovuq urishining qanday darajada ekanligiga to‘g‘ri tashxis qo‘yish qiyin.

Sovuq urishining 4 ta darajasi farqlanadi.

  1. darajadagi sovuq urishi sovuqning qisqa muddatli ta’siri natijasida yuzaga keladi. Bemoming umumiy holati qoniqarli. Teri och-qizil rangda yoki ko‘kargan, yuzasi to‘rlanmagan, qo‘l-oyoqlar muzdek, periferik qon tomirlardagi puls ancha susaygan, shikastlangan, to‘qimalar shishgan bo‘ladi.

  2. daraja bilan shikastlangan teri yuzasida har xil kattalikdagi tiniq yoki qon aralash suyuqliq bilan to‘lgan pufakchalar hosil bo‘lib, bu sohalarda puls aniqlanmaydi, shikastlangan kishi kuchli og‘riq sezadi.

  3. darajada terming hamma qavatlari jonsizlanib, pufakchalar to‘q qizil suyuqlik bilan to‘lgan, periferik qon tomirlarda puls yo‘q, kuchli og‘riq, bemoming umumiy holati og‘ir bo‘ladi.

  4. darajada teri, teri osti va suyak to‘qimalari jonsizlangan, puls yo‘q, bemoming umumiy holati juda og‘ir kechadi.

Sovuq urishidagi kechiktirib bo4lmaydigan

yordamlar

Issiq xonada tananing sovuq urgan qismlarini isitishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar o‘tkazish - toza qo‘l bilan tashqaridan markazga qarab uqalash, spirt, odekolon, vazelin yoki har qanday antiseptik moy («Detskiy», «Cheburashka», «Jenshen» va boshqalar) bilan ishlov berish, keyin aseptik bog‘lam qo‘yish lozim. 3 va 4-darajali sovuq urishlarida shi­kastlangan qo‘l va oyoqlar harakatsiz holatga keltirilishi kerak.

Uqalashda qor yoki muzdan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Be- morga issiq choy, kofe, sut, 20 tomchi karvolol ichiriladi. Imkoniyat boricha tezroq jarrohliq statsionariga olib boriladi.

ELEKTR TOKIDAN SHIKASTLANISH

Bunday shikastlanishlar texnik yoki atmosfera elektr quwati ta’sirida yuzaga keladi. Elektr asboblaridan texnikada va uy xo‘jaligida uquvsizlik bilan foydalanish, shuningdek bu asboblaming nosozligi elektrdan jarohatlanish (elektrotravma)ga olib keladi.

Elektr quwatidan shikastlanishlar: termik; elektrolitik; organizmga mexanik ta’sirlarga bo‘linadi.

Elektr quwatining ta’siri uning kuchi 3-5 mA ga teng bo‘lganda sezila boshlanadi, 20-25 mA kuchga ega elektr quwati mushaklaming beixtiyor qisqarishiga sababchi bo‘ladi. Elektrotravmalaming sababi va ba’zan bu faktni aniqlash juda qiyin kechadi. Bundan tashqari, elektrotravmani boshqa shikastlanishlar (kontaktli termik kuyish, elektrotravmadan keyin balandlikdan yiqilib shikastlanishlar) bilan oson adashtirish mumkin.

Elektrotravmalar terining namligi yuqori bo‘ladigan bahor, yoz va kuz oylarida ko‘proq kuzatiladi. Xavfli, o‘limga olib keladigan elektrotravmalar 127-220 V\\ elektr toki ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Quwati 10000 V dan yuqori bo‘lgan elektr toki bilan shikastlanishlarda o‘lim keng ko‘lamdagi kuyish natijasida yuzaga keladi.

Past kuchlanishli toklarni ham organizm uchun umuman zararsiz deb bo‘lmaydi. Shu narsa aniqlanganki, bir xil kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tok o‘zgarmas tokka nisbatan xavfliroq. Yuqori kuchlanishli toklar bilan shikastlanganda ko‘plab elektr ta’siridagi kuyishlar kuzatiladi. Tok kuchi uning kuchlanishiga to‘g‘ri va teri hamda predmetlar qarshiligiga teskari proporsional bo‘lib, ko‘p jihatdan shikastlanuvchini yerdan ajratib turgan predmet qarshiligiga bog‘liq. Organizmning elektrga qarshiligi terining qarshiligiga bog‘liq. Teri qancha yumshoq va namligi yuqori bo‘Isa, uning qarshiligi shuncha kam bo‘ladi.

Elektr tokining tanaga kiradigan va chiqadigan yo‘li «tok halqasi» deb ataladi.

Pastki, yuqorigi va to‘liq halqalar tafovutlanadi.

Pastki halqa - oyoqdan-oyoqqa xavfi kam. Yuqori halqa - qo‘ldan- qo‘lga xavfi yuqoriroq va to‘liq halqa - bunda tok nafaqat oyoq- qo‘llardan, balki yurakdan ham o‘tadi.

Tokning kirish va chiqish joylarida elektr kuyishlar hosil bo‘ladi, ularga xos o‘zgarishlar «tok belgisi» deb ataladi. Ular terining yumaloq, ellipssimon yoki chiziqchali quruq jonsizlanishi shaklida bo‘lib, kulrang, och sariq yoki sut rangida, uning markazi to‘qroq, chetlari ko‘tarilgan ochroq rangda bo‘ladi. «Ток belgisi» atrofidagi sochlar kuymagan, shtoporsimon buralgan bo‘ladi. Ko‘pincha, «tok belgisi» uning kirish joyida ko‘proq shakllanadi, chiqish joyida u metall bilan kontaktda bo‘lganda hosil bo‘ladi. «Ток belgilari» elektr tokining yo‘lida terming burishgan va bukiladigan joylarida ham hosil bo‘ladi.

Elektrotravmaning 4 ta darajasi farqlanadi.

  1. daraja - shikastlangan kishida muskullarning beixtiyor titrab- qaqshashi kuzatilib, hushi o‘zida bo‘ladi.

  2. daraja - muskullarning beixtiyor titrab qaqshashi bilan birga, bemor hushini yo‘qotadi.

  3. daraja - hush yo‘qotish bilan birga, yurak va nafas olish funksiyalarining buzilishi ham kuzatiladi.

  4. daraja - bemor klinik o‘lim holatida bo‘ladi.

Elektr toki bilan shikastlanganda, uning klinik ko‘rinishi umumiy va mahalliy belgilardan tashkil topadi.

Umumiy simptomatika subyektiv belgilari - sekin turtki, achitib og‘rish, mushaklaming beixtiyor qisqarishlari, qaltiroq tutishi; o‘yektiv belgilari: teri qoplamalarining oqarishi, ba’zan ko‘karish, so‘lak ajralishining ko‘payishi, qusish, yurak sohasidagi og‘riqdan iborat. Elektr tokining bilvosita ta’siri yo‘qotilgandan keyin shikastlangan kishi o‘zini xuddi qattiq kaltaklangandek, charchoq, butun gavdasida og‘irlik sezadi. Ba’zan juda loqayd, parishonxotir, ba’zan esa juda hayajonlangan holatda boMadi. Ularda puls tezlashib, beixtiyor siydik ajralishi kuzatilishi mumkin. Elektrotravma yuqoridan yiqilishi bilan davom etsa, suyaklaming turlicha sinishlari va bo‘g‘imlarning chiqishlari kuzatilishi mumkin.

Mahalliy shikastlanish ko‘zga ko‘rinib turadigan kuyish bilan ifodalanadi. Odatda bu kuyishlar ikkinchi darajali bo‘lib, ular termik kuyishlardan pufakchalar va qizarishning yo‘qligi, aksincha, sariq- jigarrang dog‘lar hosil bo‘lishi va bu joyning og‘riqni sezmasligi bilan farq qiladi; ba’zan kuygan joydan qon oqib turishi mumkin.

Kuyish maydoni katta bo‘lgan elektrotravmalarda ichki organlaming shikastlanishlari ancha kamroq bo‘ladi. Chunki kuyib ko‘mirga aylangan to‘qimalar tokning ichki organlarga tarqalishiga to‘siq bo‘ladi. Kuyish maydoni kichik elektrtravmalar, tok ta’siridan keyin juda tez vaqt ichida aniq chegara hosil qilib, о‘lgan kulrang to‘qima atrofida tiniq aylana hosil qiladi. Kuygan joy atrofidagi to‘qimalarda shish juda tez rivojlanadi.

Elektrtravmada birinchi yordam

Shikastlangan kishini juda tezlik bilan elektr toki manbaidan ajratish zarur. Bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan, texnika xavfsizligiga amal qilgan holda bajarish zarur. Agar imkoniyati bo‘Isa, tokni tezda maxsus o‘chirish pultidan yoki tok o‘chirgichdan uzish kerak. Agar ular nosoz bo‘Isa, maxsus o‘tkir jag‘li ombirlar bilan (izolatsiyalovchi rezina naylar kiydiril- gan) elektr simini qirqib tashlash, bunda, albatta, har bir sim alohida qirqilishi, ya’ni qisqa tutashuv kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Shikastlangan kishini tok ta’siridan ozod qilmay turib, tanasining ochiq qismlarini ushlash mumkin emas. Agar bemorda klinik o‘lim yuz bersa, tezlik bilan va uzluksiz, shuningdek, transportirovka vaqtida ham, sun’iy nafas berishni (og‘izdan- og‘izga yoki og‘izdan-burunga) va yurakni bilvosita massaj qilishni amalga oshirish kerak. Voqea sodir bo‘lgan joyda kuygan terini odekolon bilan artish, steril bog‘lam qo‘yish, transport shinalarini qoMlash kerak. Elektrtravma olgan kishilar, ularning holati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, kasalxonaga yotqizilishi shart.

ATMOSFERA TOKIDAN SHIKASTLANISH

Ko‘pincha chaqmoq chaqishlari va momoqaldiroqlar vaqtida elektr zaradlarining atmosferada to‘planishidan shikastlanishlar yuzaga keladi. Bunday hollarda chaqmoqning yerga yo‘li ochiq joyda turgan, masalan, ochiq daladagi yolg‘iz daraxt, o‘rmondagi eng baland daraxt yoki eng yuqori metall konstruksiya orqali o‘tishi mumkin. Shuning uchun ham chaqmoq chaqishi vaqtida bunday joylarda (daraxt ostida, metall konstruksiyali simyog‘ochlar va shu kabilar yonida) bo‘lish xavfsiz emas. Binolar ichida chaqmoqning shikastlovchi ta’siridan saqlanish uchun derazalami yopish, hamma elektr asboblarini, shu jumladan radio va tele- vizorlami o‘chirib, antennalarini uzish kerak. Chaqmoq bilan shikast- langanda, kishining tanasida daraxtsimon ko‘kish rangdagi rasm paydo bo‘ladi. Bunday vaqtlarda «chaqmoq o‘z shaklini qoldirdi» deyish odat bo‘lgan. Aslida esa bu narsa teri ostidagi qon tomirlarining falajlanishi natijasida kelib chiqadi.

Birinchi yordam: bunday hollarda tezlik bilan va uzluksiz tiriltirish chora-tadbirlarini boshlash kerak (sun’iy nafas oldirish, yurakni bilvosita massaj qilish). Bu chora-tadbirlar shikastlangan kishini saqlab qolishning birdan-bir yo‘lidir.
TAYANCH-HARAKAT A’ ZOL ARININ G SHIKASTLANISHLARI


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish