M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet3/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Simpatik asab tizimi. Simpatik asab tizimining markazi orqa miyada joylashgan. Umurtqa pog‘onasining ikki yonida joylashgan simpatik nerv tugunlari bir-biri bilan tutashgan holda 20-25 ta nerv tugunlarini hosil qiladi. Bu simpatik tugunlardan bosh, yurak, o‘pka, oshqozon, ichaklar, jigar va buyraklarga boruvchi simpatik nerv tolalari boshlanadi.

Vegetativ asab tizimining parasimpatik qismi. Parasimpatik nervlar bosh miyaning o‘rta va uzunchoq miya bo‘lagidan va orqa miyaning dumg‘aza qismidan boshlanadi. Simpatik va parasimpatik nerv tolalari ish faoliyatlari bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshidir, ya’ni simpatik nervlar biron organ ishini tezlashtirsa, parasimpatik nervlar shu organ ishini sekinlashtiradi. Natijada ularning normal ishlashi uchun sharoit yaratiladi.

Masalan, simpatik nervlar ko‘z qorachig‘ini kengaytirib, so‘lak ajralishini pasaytiradi, yurak qisqarishlari sonini oshirib, oshqozon va ichaklar harakatini pasaytiradi. Oshqozonning shira chiqarish qobiliyatini pasaytirib, o‘pka bronxlarini kengaytiradi. Parasimpatik nervlar, aksincha, ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, yurak qisqarishlari sonini kamaytiradi, ichak peristaltikasi (harakat)ni oshiradi, o‘pka bronxlarini toraytiradi. Organizm- ning normal faoliyati ana shu ikkala, ya’ni simpatik va parasimpatik asab tizimlarining hamjihatligi orqali bosh miya po‘stlog‘i bilan idora qilinadi.

SEZGI A’ZOLARI

Sezgi organlari orqali inson tashqi olam ta’sirlarini qabul qiladi. Sezgi organlari yordamida inson eshitadi, ko‘radi, hid biladi, ta’mni sezadi.

Ko‘rish organlari

Ko‘rish organi ko‘z soqqasi, qovoqlar, ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi muskullar va ko‘z yoshi apparatidan tashkil topgan.

Ko‘z soqqasi (olmasi) uch qavatdan: 1) ko‘zning fibroz qavati, ya’ni tashqi qavati; 2) ko‘zning o‘rta tomirli pardasi; 3) rangdor pardalardan iborat.

Ko‘zning fibroz pardasi tashqi eng qattiq parda bo‘lib, ko‘zning oldingi qismida tiniq shox pardaga aylanadi, u ko‘zning nur sindiruvchi qismini tashkil etib, yorug‘lik nurlari to‘siqsiz qabul qilinadi.

Ko‘zning o‘rta tomirli pardasi qon tomirlarga boy bo‘lib, u kiprikli tana bilan birlashadi. Kiprikli tana esa, o‘z navbatida, yoy (kamalak) parda bilan tutashib, uning o‘rtasida qorachig‘i bo‘ladi. Muskul tolalaridan iborat yoy parda qisqarganda, ko‘z qorachig‘i torayadi, bo‘shashganda esa qorachiqlar kattalashadi. Qorachiqlarning kattalashishi va torayishi ko‘zga tushayotgan yorug‘lik nurining kuchiga bog‘liq. Ya’ni qanchalik yorug‘ bo‘Isa, qorachiq shuncha toraygan bo‘ladi va aksincha.

Shox parda va kamalak parda o‘rtasidagi bo‘shliq ko‘zning oldingi kamerasi deb yuritiladi. Kamalak parda orqasida ko‘z gavhari bo‘lib, uning ortida ichi sariq shilimshiq modda bilan to‘lgan ko‘zning orqa kamerasi mavjuddir. Shuning uchun u shishasimon tana deb ataladi.

Ko‘zning eng muhim pardasi to‘r parda hisoblanadi, unga tashqi tomondan qon tomirlar yopishib tursa, ichki tomondan shishasimon tanaga tegib turadi. To‘r parda, o‘z navbatida, o‘nta qavatdan tashkil topgan. To‘r pardadagi bosh miyadan keluvchi ko‘ruv nervining oxiri «kolbacha» va «tayoqcha»simon hujayralardan iborat. «Tayoqchalar» oq va qora nurlami, «kolbachalar» esa yorug‘likda rangli nurlami qabul qiladi.

Turli xil jismlardan qaytib, ko‘zga tushayotgan yorug‘lik shox parda va ko‘zning oldingi kamerasidan, qorachiq, ko‘z gavhari, shishasimon tanadan o‘tib sinadi va to‘r pardada o‘sha jismning tasviri paydo bo‘ladi. Bu tasvir ko‘mv nervi orqali bosh miyaga uzatiladi. Bosh miyada jismning rangi, katta-kichikligi, shakli, uzoq-yaqinligi tahlil qilinadi va miyamizda shu tasvir haqida tasawur hosil bo‘ladi.

Eshitish a’zolari uch qismdan: tashqi quloq, o‘rta quloq, ichki quloqdan iborat.

Quloq suprasidan iborat tashqi quloqqa tashqi eshitish yo‘li ham kiradi.

0‘rta quloq esa nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv (Yevstaxiy) nayidan iborat.

Tashqi va o‘rta quloq o‘rtasida chegara nog‘ora parda mavjud. 0‘rta quloqdagi nog‘ora bo‘shlig‘ida 3 ta eshituv suyakchalari zanjir kabi tutashgan bo‘ladi. Bolg‘acha nog‘ora pardaga tegib turadi. Bolg‘achaning ikkinchi boshi ikkinchi eshituv suyakchasi sandonchasiga tegib turadi. Sandoncha ham, o‘z navbatida, uchinchi eshitish suyakchasiga - uzan- gichaga tegib turadi. Uzangicha esa ichki quloqning labirinti teshigini yopib turadi.

Shunday qilib, tovush to‘lqini quloq nog‘ora pardasiga tegib uni tebratadi, natijada eshituv suyakchalari orqali tebranish ichki quloq labirintiga keladi. Ichki quloq labirintida eshitish nervi boshlanadi, eshituv nervi oxirlari ta’simi eshitish yo‘li orqali miya po‘stlog‘idagi eshitish markaziga olib boradi.

Ichki quloqda eshituv nervlaridan tashqari, muvozanatni ta’minlay- digan nervlar ham joylashgan.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish