Десмургия ва боғлов турлари.
Desmurgiya ( grekcha “desmos”-bog‘, bog‘lash va “ergan”-ish) – bog‘lam qo‘yish to‘g‘risidagi ta’limot. Turli shikastlanishlar va kasalliklarda mahorat bilan to‘g‘ri bog‘lam qo‘yish tibbiyotda vujudga kelgan qadimiy ko‘nikmalardan biri hisoblanadi. Bog‘lash (bog‘lam qo‘yish) jarog‘at va terining kasallangan joylarini tashqi muhit ta’siridan himoya qilish va qon to‘xtatish va shikastlangan joyni immobilizatsiya qilish maqsadida qo‘llaniladigan mustahkamlash usuli hisoblanadi. Bog‘lam qo‘yish ikki qismdan tashkil topgan : jarohatga davolash maq sadida qo‘yiladigan materialdan va mustahkamlovchi bog‘lov materialidan. Mustahkamlovchi bog‘lov sifatida dokali, lentasimon bint ishlatiladi. Bintlardan tashqari bog‘lamlarni mustahkamlash uchun kley (kleol, kollodiy, rezina kleyi va boshqalar), leykoplastir, ip gazlamadan tayyorlangan uchburchak ro‘mollar(kosinka) ishlatiladi. Asosiy bog‘lov matariallari dokali bintlar bo‘lib, o‘lchamlari turlicha bo‘ladi: 5smX5sm, 10smX5sm, 14smX7sm, 16smX10sm. Bint bosh qismi (o‘ralgan)dan va bo‘sh tarafidan(uchidan) tashkil topgan.
Bintli bog‘lamlar. Bintli bog‘lamlarning turlari: sirkulyar – bintning yo‘llari (turlari) bir-birini to‘liq berkitadi; spiral – bintning har bir turi oldingisini ½ yoki 2/3 qismini berkitadi; krestsimon, sakkizsimon, boshoqsimon – bintning turlari bir-birini ko‘ndalangiga yoki qiyshiqroq kesadi. Boldir va bilakka bog‘lam qo‘yishda spiral bog‘lamning turlari notekis joylashadi. SHuning uchun har bir turdan keyin bintni aylantirib olinadi. Aylantirilib olingan joy to‘g‘ri chiziqda joylashishi kerak. Kaft va barmoqlarni bog‘lash uchun 5 sm., bosh, elka va bilakni bog‘lash uchun 7-9 sm., tana va sonni bog‘lash uchun esa 8-20 sm. kenglikdagi bintlar qo‘llaniladi. Bog‘lam qo‘yishdagi umumiy qoidalar: 1. Bemorga qulay sharoit beriladi. 2. Bog‘lam qo‘yiladigan joy fiziologik jihatdan qulay holatga keltirib olinadi. 3. Bemor tinch turishi, bog‘lanadigan joy mushaklari bo‘shashgan bo‘lishi kerak. 4. Bog‘lam tugatilgach, bemor bog‘lam qo‘yishda qanday holda bo‘lsa, shunday qolishi kerak. 5. Barmoqlar uzatilgan, kaft ochilgan, tirsak bukilgan, elka bo‘g‘imi qo‘lni tanadan bir muncha chetlatgan holda, chanoq-son va tizza bo‘g‘imlari oyoq uzatilgan holda bo‘lishi kerak. 6. YOrdam ko‘rsatilayotganda bemorning yuzini kuzatib borish kerak. 7. Bintning bosh qismi o‘ng qo‘lda, uchi chap qo‘lda bo‘lishi kerak.
Qo‘lga qo‘yiladigan bog‘lamlar. “Barmoqqa spiralsimon bog‘lam”- mahkamlovchi tur bilakdan boshlanadi, kaftning ustki sohasi orqali qiyshiq yo‘nalishda jarohatli barmoqning uchiga boriladi va shu erdan spiral turlar bilan barmoqni asosigacha yopib boriladi. Keyin kaftning ustki sohasi orqali bilakka boriladi va sirkulyar tur bilan tugatiladi. Hamma barmoqlarga qo‘yilgan spiralsimon bog‘lam “perchatka” ko‘rinishda bo‘ladi. “Qaytalanuvchi bog‘lam”- kaft barmoqlar bilan birgalikda bog‘lanadi. Avval bilak-panja bo‘g‘imi sohasida mahkamlovchi aylanma tur qilinadi. Keyin bint kaftning ichki qismi bo‘ylab kaft va barmoqlarga tushiriladi, barmoqlarning uchini o‘rab, kaftning ustiga o‘tadi. SHu tartibda 2-3 tur qilinib, bo‘g‘im sohasi aylanma tur qilib bog‘lanadi, so‘ngra o‘rmalovchi bog‘lam ko‘rinishda barmoqlarning uchiga borilib, u erdan spiralsimo tur ko‘rinishida bilakka olib kelib, bog‘lam tugatiladi. “Toshbaqasimon bog‘lam”- tirsak bo‘g‘imiga qo‘yiladi. 2 xil variantda bo‘ladi: yig‘iluvchi va yoyiluvchi. Yig‘iluvchida mahkamlovchi tur bilakning yuqori qimiga qo‘yiladi, so‘ngra bilak va elkaga navbatma- navbat tur qo‘yiladi va bog‘lam markazga yig‘ilib borib, jarog‘atni berkitadi. YOyiluvchi variantida mahkamlovchi tur tirsak bo‘g‘imi orqali o‘tadi. Bog‘lam tirsak bo‘g‘imidan bukilgan holda qo‘yiladi. “Elka bo‘g‘imiga boshoqsimon bog‘lam”- mahkamlovchi aylanma tur elka suyagiga qo‘yiladi. Keyin bint ko‘krak qafasining oldingi yuzasi orqali qo‘ltiq osti sohasiga, so‘ngra orqadan yana elka sohasiga o‘tkazilib, deltasimon muskul sohasida turlar kesishtiriladi, so‘ngra elkadan aylantirib, shu tariqa takrorlanadi. “Bilak-panja bo‘g‘imiga krestsimon bog‘lam”- bilakning pastki qismida mahkamlovchi tur qilinib, kaft tomonga qiyshiq yo‘nalishda boriladi, so‘ngra bitta aylana tur qilinib, kaftdan yana oldingi turga kesishgan holda bilakka boriladi, shu tariqa takrorlanadi va bilakda tugatiladi. Oyoqqa qo‘yiladigan bog‘lamlar. “Tovonga qaytalama bog‘lam”- mahkamlovchi tur to‘piqqa qo‘yiladi, so‘ngra bint tovonning yon tomonidan aylantirilib, barmoqlarning uchidan boshlab spiralsimon tur bilan berkitiladi va to‘piq sohasida tugatiladi. “Bosh barmoqqa spiralsimon bog‘oam”- mahkamlovchi tur to‘piqqa aylantiriladi. Tovonning ustki yuzasi orqali bint bosh barmoqni aylantirib o‘tkaziladi, uning uchidan boshlab spiralsimontur barmoqning asosigacha o‘rab boriladi va to‘piq atrofida mahkamlab qo‘yiladi. “Boldir-tovon bo‘g‘imiga krestsimon bog‘lam”- To‘piqdan yuqoriroqdan mahkamlovchi tur bog‘lanadi, so‘ngra tovon ustidan qiyshiq yo‘nalishda tushiriladi, tovondan aylantiriladi, tovon ustidan boldirga qarab ko‘tariladi, krest hosil qilinadi. SHunday turlar bilan tovonni yopiladi, to‘piq atrofida aylanma tur bilan tugatiladi. “Tizza bo‘g‘imiga toshbaqasimon bog‘lam”- tizza bo‘g‘imi yarim bukilgan holatda qo‘yiladi. Tizza qopqog‘i ustida mahkamlovchi tur bog‘lanib, proksimal va distal yo‘nalishda tarqab boradi. Tizza bo‘g‘imi ochilgan holatda sakkizsimon bog‘lam qo‘yiladi. Bo‘g‘im ustida va ostida aylanma tur tizza qopqog‘i ustida kesishtiriladi.
Bintsiz bog‘lamlar. “Kosinkali(uchburchak ro‘mol) bog‘lam”- standart kosinkalar 136x100x100 sm o‘lchamda chiqariladi. Kosinka bilan tananing turli sohalariga bog‘lam qo‘yish mumkin. Ko‘pincha qo‘lni osib qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Bunda kosinkaning o‘rtasi bilak ostidan o‘tkaziladi, bilak tirsak bo‘g‘imida buklangan bo‘ladi. Kosinkaning burchagi tirsakka yo‘nalgan bo‘ladi, uchlari bo‘yinda bog‘lanadi. Burchagi to‘g‘nog‘ich yordamida old tomondan to‘g‘nab qo‘yiladi. “Kleyli bog‘lamlar”- jarohatni bir necha qavat steril doka salfetkasi bilan berkitilib, jarohat atrofidagi teriga kley surtiladi(kleol, kollodiy). Kley qisman qurigach, dokani qo‘yib, chetini mahkamlanadi. Dokaning ortiqcha qismini qaychi bilan qirqib tashlanadi. “Leykoplpatirli bog‘lamlar”- kichik jarohatlarda boylov materiali leykoplastir bilan mahkamlanadi. Leykoplastir krest yoki paralel qilib yopishtiriladi. YUzaki kichik jarohatlarda bakteriotsid leykoplastirlardan foydalaniladi. “To‘r va naysimon bintli bog‘lamlar”- Davolovchi bog‘lamni tez mahkamlash uchun hozirgi vaqtda retilast – paypoq ko‘rinishdagi to‘rsimon material, turli o‘lchamli va oson cho‘ziladigan bintlar ishlatiladi. O‘lchami № 2-35gacha bo‘lgan to‘r-naysimon bintlar chiqarilgan. “Paypoqli bog‘lamlar”- jarohatni steril paxta va doka qilingan yostiqchalar bilan berkitilib, kiygizib qo‘yiladi. Qo‘l barmoqlarini bog‘lash uchun №2,3 ; kaft, bilak, tovon, boldirni bog‘lash uchun №5-7; elka va son uchun №10-15; bosh, tana va chanoq uchun №25-35 raqamli bintlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |