2006 yil 25 yanvarda O’zbekiston Respublikasining Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shildi. Mazkur hamjamiyatni ta’sis etish shartnomasiga qo’shilish to’g’risidagi bayonnoma hamda mazkur shartnomaga muvofiqlashtiruvchi o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish haqidagi bayonnomani hamjamiyat a’zolari imzoladilar. Shu tarzda O’zbekiston Respublikasi Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilishining siyosiy qismi yakunlandi va endi O’zbekiston to’laqonli ravishda hamjamiyat faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
Markaziy Osiyo hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari majlisida Markaziy Osiyo hamkorlik tashkilotining Evroosiyo iq-tisodiy hamjamiyatiga qo’shilishi haqida qaror qilingan edi. 2005 yil 7 oktyabrda qabul qilingan ushbu qaror O’zbekiston Respub-likasining Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilishini ta’min-ladi. Biroq O’zbekistonni Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatida mav-jud xalqaro huquqiy hujjatlar qo’shilishini to’liq yakunlash uchun yana bir yil yoki undan ko’proq vaqt talab etadi. Hozirda 80 dan ortiq bunday bitimlar bor. O’zbekiston Respublikasi Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining xalqaro shartnomalariga Evroosiyo iqtisodiy ham-jamiyati davlatlararo kengashining 2006 yil 25 yanvardagi 263-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan ro’yxatga muvofiq qo’shiladi.
Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, bu fao-liyati ko’p tomonlama xususiyatga ega bo’lgan va a’zo mamlakatlarning o’zaro harakatini shartnoma va bitimlar bilan tartibga soluvchi tashkilotdir.
Bunday hujjatlar ichida iqtisodiy, savdo munosabatlarini tar-tibga soluvchi shartnomalar muhim o’rin egallaydi va hamjamiyat faoliyatining asosini tashkil etadi. Shunday hujjatlarga Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hudud to’g’risidagi shartnomalar ki-radi.
Bu hujjatlar Evroosiyo hamjamiyatiga kiruvchi talablar o’rta-sida o’zaro aloqalarini chuqurlashtirish, Yagona iqtisodiy hududni shakllantirish, buning uchun zarur normativ asosni yaratish.
EI, ASEAN, NAFTA va boshqa xalqaro hamjamiyatlar tajri-basi Yagona hududiy bozorni yaratish a’zo mamlakatlar o’rtasidagi savdo iqtisodiy aloqalarni tez va barqaror o’sishini ta’minlashga qodir ekanligini ko’rsatmoqda.
Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hudud to’g’risidagi shart-nomaga bizning mamlakatimiz qo’shilishi avvalo O’zbekistonni ham-jamiyat a’zolari bilan savdo iqtisodiy munosabatlarini rivoj-lantirish, qulay investitsiya sharoitini yaratishda umumiy yondashuv-larni shakllantirish milliy huquqiy me’yor va andozalarni muvo-fiqlashtirishni ko’zda tutadi.