Afrika mintaqasi. Bu mintaqa mamlakatlari ko’p jihatlari-tabiiy iqlimi, tarixiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan ajralib turadi. Bu mintaqa davlatlari jahon xo’jaligidagi eng kam taraqqiy qilgan mamlakatlar qatorida turadi. Bu - mintaqa doi-rasidagi integratsiya jarayonlariga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qol-madi. XX asrning 60-yillarida integratsiyalash boshlangan edi. Bu jarayon rivoji hali hamon mintaqada o’z manfaatlarini saqlab qoli-shi uchun harakat qilayotgan ilgarigi metropoliya (monopolist-hukm-ron doiralar) kuchining ta’sirini sezib turibdi. 1960 yildan keyin mintaqada keng qamrovli integratsiyani rivojlantirish maqsadida 40 dan ortiq xalqaro iqtisodiy va moliyaviy yo’nalishdagi tash-kilotlar tuzildi. Dastlabki bosqichda mintaqadagi asosiy daryolar (Senegal, Gambiya, Katera va boshqa)ning tabiiy resurslarini o’zlash-tirishga, shuningdek, alohida monokultura (o’rmonlari, kakao, sho- li-guruch va boshqalari) ga qaratilgan edi. Integratsiya jarayon-larining rivojiga tovarlar oqimining bozorga kelib tushishidan tortib sotib bo’linishigacha nazorat qilib turuvchi TMK lar ham sal-biy ta’sir ko’rsatdi. XX asrning 80-yillarida MEOning ri-vojlanishi TMK larning hamkorlik qilishdagi ba’zi bir yondashuvlarini tartibga keltirishga imkon berdi.
jadval Jahon ishlab chiqarishida etakchi ishlab chiqaruvchi
mamlakatlarning ulushi %
|
1999
|
2000
|
2002
|
|
1999
|
2000
|
2002
|
Raqamli fotoapparatlar
|
|
|
|
Video magnitofonlar Xitoy Indoneziya Malayziya Yaponiya Konditsionerla r
Xitoy Yaponiya Janubiy Koreya
|
|
|
|
Yaponiya
|
|
64
|
52
|
|
22
|
33
|
Tayvan
|
|
18
|
21
|
|
18
|
21
|
Xitoy
|
|
6
|
11
|
|
17
|
21
|
Raqamli videopleyerlar (DVD – pleyerlar)
|
|
|
|
|
8
|
15
|
Xitoy
|
17
|
30
|
54
|
36
|
42
|
1
|
Malayziya
|
18
|
20
|
17
|
18
|
15
|
|
Yaponiya
|
53
|
20
|
10
|
5
|
14
|
|
Janubiy Koreya
|
3
|
11
|
9
|
|
|
|
Uyali telefon apparatlari
|
|
|
28
|
|
|
|
Xitoy
|
10
|
10
|
27
|
|
|
|
Evropa
|
36
|
40
|
18
|
|
|
|
Janubiy Koreya
|
13
|
13
|
12
|
|
|
|
Yaponiya
|
17
|
13
|
|
|
|
|
Kompyuterlar (Noutbuk)
|
|
|
|
|
|
|
Tayvan
|
47
|
55
|
48
|
|
|
|
Yaponiya
|
26
|
24
|
20
|
|
|
|
Xitoy
|
0,1
|
0,1
|
12
|
|
|
|
Janubiy Koreya
|
1
|
4
|
7
|
|
|
|
Kompyuterlar desk-top
|
|
|
|
|
|
|
Xitoy
|
|
21
|
30
|
|
|
|
Shimoliy Amerika
|
|
31
|
25
|
|
|
|
Tayvan
|
|
18
|
17
|
|
|
|
Yaponiya
|
|
5
|
2
|
|
|
|
Rangli televizorlar
|
|
|
|
|
|
|
Xitoy
|
27
|
26
|
26
|
|
|
|
Malayziya
|
10
|
9
|
10
|
|
|
|
Janubiy Koreya
|
8
|
8
|
8
|
|
|
|
Yaponiya
|
2
|
1
|
1
|
|
|
|
Prognoz. Nixon Seydzay simbui 13.08.2002 bo’yicha
Bir qator Lomay konventsiyalari Evrobirlashmaga a’zo mam- lakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilish shartlarini
«ishlab chiqish» imkonini berdi. Bu, o’z navbatida, Af-rika mintaqasida integratsion jarayonlarning kechishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
G’arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati /EKOVARS/ 1976 y, o’z ichiga 16 ta mamlakatni olgan.
Sharqiy va janubiy Afrika umumiy bozori /KOMESA/- 1994 y, o’z ichiga 20 ta davlatni olgan.
Markaziy Afrika bojxona va iqtisodiy birlashmasi /YuDEAK/ 1966 y. o’z ichiga 6 ta davlatni olgan.
Janubiy Afrika taraqqiyoti hamjamiyati /SALK/- 1992 y, o’z ichiga 11 ta davlatni olgan.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi d oirasidagi integratsiya
MDH 1991 yil 8–dekabr kuni Minsk shahrida Rossiya Fede-ratsiyasi, Belorusiya va Ukraina ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilish-dagi kelishuvga muvofiq tashkil etilgan 1991 yil 21 dekabrda MDH tuzish haqidagi Kelishuv protokoliga muvofiq, hamdo’stlik tarkibi-ga 8 ta davlt – Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston davlatlari a’zo bo’lib kirdi, 1993 yil dekabr oyida Gruziya ham hamdo’stlikka qo’shildi. Birinchi bosqich 1992-1993 yillarda hamdo’stlikning tash-kiliy strukturasi shakllantirildi: davlatlarning bosh Kengashi, hukumatlarning bosh Kengashi, MDH ning parlamentlararo assam-bleyasi tuzildi. Tashqi ishlar Ministrlar Kengashi, MDH davlat-lari mudofaa ministrlar Kengashi, tashqi iqtisodiy idoralar rahbarlari Kengashi, neft va gaz hamda boshqa sohalar bo’yicha dav- latlararo Kengash tashkil etildi.
1993 yilda Iqtisodiy ittifoq tuzish haqida shartnoma imzolan-di. Shartnomada integratsiyaning uzoq muddatga mo’ljallangan maq-sadlar o’z ifodasini topdi. Shartnomaga ko’ra tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlarining umumiy bozorini tashkil etish bos-qichma-bosqich amalga oshirish belgilandi. MDH mamlakatlarining umumiy bozoriga bosqichma-bosqich o’tib borish yo’llari aniqlandi: erkin savdo makoni- zonasini yaratish, bojxona, to’lovlar va valyuta birligiga o’tish. Bu muammoni hal etish jamoa tashkiloti bo’lmish davlatlararo iqtisodiy komitetga topshirildi. Umuman olganda, MDH doirasidagi integratsiya amaliy ko’rinishda emas, faqat qog’ozdagina qayd etilgan. Vaholanki, bunday integratsiya lozimligini va uni rivojlantirish kerakligini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi. MDH tuzilishi hali hamon o’zining haqiqiy vakolatiga ega emas. Dav-latlararo munosabatlar asosan ikkita yoki bir nechta mamlakatlar bi-langina intensiv rivojlanib bormoqda, vaholanki, bu jarayon barcha MDH doirasida ko’p qirrali bo’lishi kerak edi. Hozirgi vaqtda MDH doirasida yangi submintaqaviy integratsiya jarayon jo’shqinlik bilan rivojlanib bormoqda. MDH mamlakatlari transmilliy korporatsiya-lari tomonidan o’zlashtirilgan uchinchi mamlakatlar bilan alter-nativ xo’jalik aloqalariga kirishmoqdalar. Hamdo’stlik mamlakat-lari makonida o’zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi daraja-siga qarama- qarshi kuchga ega bo’lgan ikkita yo’nalish o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Bular–integratsiyalash tarafdorlari bo’lgan kuchlar va integratsiyaga qarshi turgan kuchlar. Bu kuchlarning ikkinchisi ob’ek-tiv muammolar va qiyinchiliklar bilan bog’liq.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining, iqtisodiy struk-turasining har xilligi
davlatlar boshidan kechirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz-ning doimiyligi
o’tkazilayotgan islohotlar yo’nalishlari, sur’atlaridagi katta farqlar
tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy yo’nalishlar bo’yicha muno- sabatlardagi farqlar
davlatlar va millatlararo ziddiyatlar tartibga solinmagan-ligi
sheriklarni texnologik manfaatdorlikdan bir-birlariga bo’l-gan qiziqtirish, yagona ilmiy-texnik makonning yo’qligi
infrotuzilmaning zaif rivojlanganligi
bojxona va transport tariflarida milliy tizimning bir-biridan farq qilishi
MDH davlatlararo tuzilishidagi mo’rtlik
1995 yilda Belorus, Rossiya va Qozog’iston Bojxona birlashmasi tuzish haqidagi Kelishuvga imzo chekdi. Bu kelishuv davlatlarning iqtisodiy ittifoqi sifatida yagona bojxona hududiga shakllan-tirishga asoslangan edi. 1996 yil mart oyida bu Ittifoqqa Qir-g’iziston, 1999 yil fevral oyida Tojikiston qo’shildi. Bojxona Ittifoqini rivojlantirish maqsadida 1999 yil fevral oyida ham-korlikning bosh yo’nalishini belgilab beruvchi Bojxona Ittifoqi haqidagi shartnoma va yagona iqtisodiy makon hamda boshqa bir qancha shartnomalar qabul qilindi:
erkin savdo makonini shakllantirish;
Bojxona Ittifoqining uchinchi mamlakat bilan o’zaro munosa-bati;
yagona bojxona hududini tashkil etish;
xizmatlar va umumiy xizmat va mehnat bozorini tashkil etish;
umumiy agrar bozorini tashkil etish;
yagona ilmiy-texnik va axborot makonini shakllantirish
Bojxona Ittifoqini shakllantirish ham yuqorida ko’rsatib o’tilgan integratsiya omillarini to’xtatib qo’yilishiga sabab bo’lgan bir qator qiyinchiliklar natijasida jilovlab qo’yildi. Eng jid-diy muammolardan biri bir vaqtning o’zida umumiy tashqi bojxona tarifini kiritmasdan va umumiy bojxona chegarasini aniqlamasdan oldin bojxona chegarasini to’xtatish edi. Bu Ittifoqqa a’zo mam-lakatlarning ichki bozorlarini izdan chiqarib yuborishi mumkin edi.
2000 yil oktyabr oyida Bojxona Ittifoqi qayta tashkil etilib, Evro- Osiyo iqtisodiy uyushmasi nomini oldi. Bundan maqsad beshta davlat hududida yagona iqtisodiy makonni shakllantirish edi. Uyushma oldida quyidagi vazifalar qo’yildi:
uyushmaga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini struktura jihati-dan isloh qilishni kelishib olish;
yagona transport strukturasi va yagona transport bozorini tash-kil etish;
yagona bojxona tarifni yo’lga qo’yish;
milliy qonunlarni bir-biriga yaqinlashtirish-uyg’unlashti-rish;
umumiy siyosiy yo’nalishni ishlab chiqish;
xalqaro tashkilotlarga munosabat.
Integratsion komitet markaziy tashkiloti hisoblanadi. Ta’sis hujjatlarida birinchi marta davlatlararo strukturalarni moliya-lashtirishda har bir mamlakat kvotalari va ovozlarni taqsimlash aniq belgilab berildi. Ana shu hujjatda ko’rsatilishicha, Rossiya 40%, Qozog’iston va Belarus 20% dan, Qirg’iziston va Tojikiston 10% dan oladi. Qaror uchdan ikki ovoz olish bilan qabul qilinadi. Uyushma hamma mamlakat uchun ochiq, uyushmaga qo’shilishni istaganlar bemalol unga a’zo bo’lishi mumkin.
1994 yil 30 aprel kuni Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi «Yagona iqtisodiy makon tuzish haqida shartnoma»ni imzoladi. 1998 yil 30 mart kuni shartnomaga Tojikiston ham qo’shildi. Bu hududiy birlashma Mar-kaziy Osiyo iqtisodiy uyushmasi nomini oldi. Yagona iqtisodiy ma-kon yaratishdan ko’zlangan asosiy maqsad:
kapital va ishchi kuchlarining erkin harakatlanishi uchun hu-quqiy, iqtisodiy va tashkiliy zarur shart-sharoitlarni yaratib be-rish;
transport va kommunikatsiya sohalarini rivojlantirish bo’yi-cha kelishilgan holda siyosat yurgizish, antimonopol mexanizmni ish-ga solgan holda halol raqobatlashish uchun sharoit yaratib berish;
o’zaro savdo-sotiqni olib borishda ichki bozorni integratsiya-lash hisobiga vujudga keladigan erkin /shartlashilgan/ narxni qo’l-lash va o’zining bozorlarida tariflar /xizmatlar/ni bir tomonlama cheklashga yo’l qo’ymaslik;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan to’g’ridan to’g’ri iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni ta’minlash va ishlab chiqarish korpo-ratsiyalarini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
qo’shma korxonalarni, muhim tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarish birlashmalarini, tijorat tarmoqlari va moliyaviy kredit muassasa-lari hamda tashkilotlarini tashkil etishga yordam berish;
o’zaro kapital investitsiyasi, chet el investitsiyalari va kredit-larini jalb qilishni hamda investorlarning huquqlarini va man-faatlarini himoya
qiluvchi mexanizmni yaratib berish bilan investi-tsiya siyosatini muvofiqlashtirish;
bojxona solig’ini bekor qilish va izchil ravishda soliqlarni, yig’imlarni va boshqa cheklashlarni bekor qilish;
bojxona rasm-rusmlarini soddalashtirish;
bojxona qonunchiligini uyg’unlashtirish;
tranzit erkinligi hamda tarif va notarif mexanizmlarini tartibga solishga rioya qilgan holda yuklarni va yo’lovchilarni ta-shish tariflarini bosqichma-bosqich yaqinlashtirish.
Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Tojikis-ton Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi «Markaziy Osiyo ham-korligi» tashkilotini tuzish haqida kelishilgan Shartnoma 2002 yilning aprel oyida O’zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi Qa-rori bilan ratifikatsiya qilindi.
1997 yil oktyabr oyida Strasburg shahrida Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldaviya Prezidentlarining uchrashuvi chog’ida maz-kur davlatlardan tarkib topgan davlatlararo birlashma tashkil etish ma’qullandi. 1999 yil aprel oyida O’zbekiston ana shu birlashmaga qo’shilishini rasmiy ravishda e’lon qilindi. Bu birlashma /GUAM/ nafaqat iqtisodiy masalalarni, balki, shu bilan birga a’zo mamlakatlarning siyosiy masalalarini ham xal etishga qaratilgan: etnik chiqishlarga, separatizmga, diniy ekstremizmga, terrorizmga qarshi kurash, yaratuvchanlik mehnat faoliyati, Evropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagini rivojlantirish, Evropacha struktura integ-ratsiyasi hamda NATO bilan «tinchlik uchun hamkorlik» dasturi doirasida hamkorlik qilish. 2002 yilda O’zbekiston GUAM tarki-bidan chiqib ketdi. Bunday qaror qabul qilinishining sababi bor edi. Chunki bu tashkilot to’rt yillik faoliyati davomida unga a’zo mamlakatlarning o’zaro munosabatlarida kutilgan mexanizm rolini bajara olmadi, integratsiya darajasi samaradorligini ta’minlashga qurbi etmadi. Shuning uchun O’zbekiston GUAM da ishtirok etishdan hech qanday foyda yo’q degan xulosaga keldi. O’zbekiston do’stlik va ikki tomonlama o’zaro foydali munosabatlarni Ukraina, Ozar-bayjon, Gruziya va Moldaviya bilan o’rnatishga qaratdi.
2002 yil oktyabr oyida Kishinyov shahrida Mustaqil davlatlar hamdo’stligi a’zolari davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvdagi suhbatlar chog’ida hamdo’stlik doirasidagi ishlar bilan bog’liq masalalar, MDH faoliyati, bundan keyingi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi. Shunday masala ham o’rtaga tashlandi: «MDH mamlakatlari o’rtasida turli sohalar bo’yicha
zamon talablariga mos keladigan hamkorlik qilish strukturasi vazifasini uddalay oladimi?»
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov bu savol yuzasidan bergan in- tervyusida quyidagilarni aytdi: «Keyingi vaqtlarga MDH faoliya-ti ancha zaiflashib ketdi. Agar ahvol bundan buyon shu zaylda davom etadigan bo’lsa, shunday savol tug’ilishi tabiiy: kelgusida bu strukturadan nimani kutish mumkin? Shunday ulkan bir hududda hamdo’stlik davlatlararo iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy aloqalarni, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilishni kengaytirish, chu-qur ildiz ottiruvchi birdan bir yagona tashkilot. Shuning uchun MDH faoliyati samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan foyda-lanish kerak».
Haqiqatan, har qanday xalqaro tashkilotlarning zarurligini unga a’zo mamlakatlarning manfaatiga xizmat qilgan taqdirdagina bilinadi. Keyingi vaqtlarda MDH doirasidagi ishlar etarli dara-jada olib borilmayotganligi tez-tez ko’rsatib o’tila boshlandi:
Kishinyov shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
erkin savdo makonni yaratish;
hamdo’stlik tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish;
jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurash olib borish;
giyohvandlik moddalari bilan noqonuniy savdo-sotiqqa qarshi birgalikda kurash olib borish;
MDH doirasida yagona axborot olish makonini yaratish.
Erkin savdo makoni /zonasi/ni yaratish doirasida har bir davlat bir qator tadbirlarini o’tkazishi ko’zda tutiladi. Erkin iqtisodiy makonda iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turuvchi mexa-nizmini ishlab chiqish belgilangan. Bu vazifani bajarish maqsadida erkin savdo makonda raqobatbardosh mahsulotlarning bemalol hara-katlanishini ta’minlash bo’yicha 2015 yilgacha bo’lgan dasturni ish-lab chiqish kerakligi uqdirildi. Bunda transport xarajatlarini qisqartirish, MDH mamlakatlari iqtisodiyotining ishlab chiqarish tarmoqlaridagi eskirgan texnikalarni yangilash ko’rsatib o’tildi.
Prezidentlar giyohvandlik, ruhiyatga ta’sir qiluvchi moddalar bilan noqonuniy savdo qilishga qarshi, kashandalikka qarshi kurash Kontseptsiyasini tasdiqladilar.
Sammitda ko’rilgan masalalar doirasi keng bo’ldi. Lekin ko’-rilgan masalalarning asosiy qismi davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Prezidentlar iqtisodiyot sohasidagi muhim
masalalarni muhokama qilib, ularni amalga oshi-rishning 2010 yilgacha bo’lgan rejasini ishlab chiqdilar. Bu hujjat hamdo’stlik hududida erkin savdo makoni tashkil etish, shuningdek, yonilg’i-energetika majmuasidagi, transport va boshqa sohalardagi hamkorlikni faollashtirishni ko’zda tutgan. Sammitda MDH tashkilotlari faoliyati haqidagi, sog’liqni saqlash,
insonparvarlik haqidagi masalalar muhokama qilindi.
MDH ning Yalta shahrida bo’lib o’tgan navbatdagi Sammiti shu-nisi bilan ahamiyatli bo’ldiki, bunda asosiy e’tibor iqtisodiy hamkorlik masalalariga qaratildi.
2000 yilda Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan «Shanxay beshligi» sammitida (bunga a’zo mamlakatlar Qozog’iston, Xitoy, Qirg’i-ziston, Rossiya va Tojikiston) birinchi marta O’zbekiston Prezi-denti I.A. Karimov kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Kuchlarni bir-lashtirish orqali hududiy xavfsizlikni ta’minlash nuqtai naza-ridan kelib chiqib, O’zbekiston bu tashkilot tuzilishini qo’llab-quv-vatladi. Natijada 2001 yil
15 iyun kuni sammitda Qozog’iston, Xi-toy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston boshliqlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tuzish haqidagi Deklaratsiyani, shuningdek, terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish haqidagi Konventsiyani imzoladilar. Shanxay hamkorlik tashkiloti (TIVK)-(SMID)ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlar Kengashi ning 4-5 sentyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan navbatdan tash-qari majlisi ShHTning doimiy amal qiladigan (faoliyat ko’rsata-digan) tizimi (strukturasi)ning tashkil topishida muhim bosqich bo’ladi. O’zbekiston prezidenti I.A. Karimov ShHTga a’zo mamlakat-lar tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv vaqtida TIVK (SMID) majlisi ahamiyatiga to’xtalib, ShHTni shakllantirish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan kun tartibidagi masala juda muhim-ligini ta’kidlab o’tdi.
Shanxay hamkorlik tashkilotining faol rivojlanayotganligi bu tashkilotga a’zo davlatlarning qarashlari va tutgan yo’llari mush- tarakligidan dalolat berib turibdi. Bu tashkilot o’z faoliyatini nafaqat xavfsizlik muammolarini echishga qaratish bilan cheklanib qolayotgani yo’q, shu bilan birga savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnika so-hasidagi xamkorlikni rivojlantirishning ko’p qirrali masala-larini ham hal etishga qaratilgan. ShHTning yaqin kelajakdagi rejasida integratsiyani yanada jipslashtirish turibdi, iqtisodiyot sohasida ham ana shu yo’nalish belgilangan. Sentyabr oyining birin-chi yarmida Bishkek shahrida
«OLTILAR» ning yig’ilishi bo’lib o’tdi, bu yig’ilish tashqi iqtisodiy faoliyat muammolariga bag’ishlandi, bu yig’ilishda tegishli vazirliklar va
idoralarning boshliqlari qatnashdi. Sankt-Peterburgda esa ShHT ga a’zo davlatlarning trans-port vazirlari uchrashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |