Xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi bo’lib, u 1944 yili Bretton-Vuds-da (AQSh) quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan.
Bu bankka a’zo davlatlarning hududidagi ishlab chiqarishni qayta
tiklash va rivojlantirishga ta’sir o’tkazish maqsadida, rag’-batlantirish yo’li bilan kapital mablag’larni jalb etish.
Xususiy chet el kapital mablag’larini jalb etishni rag’bat-lantirish.
Xalqaro savdoning uzoq muddatli balanslashtirilgan o’si-shini ta’minlash va to’lov balansi muvozanatini ushlab turishda yordam berish.
Xalqaro bankning huquq organlarining ma’lum bir qarorga kelishida ko’pchilikning ovozi hisobga olinadi. AQSh etakchi aktsi-oner sifatida barcha masalalar bo’yicha veto huquqini yo’qotdi. Chunki eng yirik ixtisoslashgan boshqa aktsionerlar ko’pchilikni - 80%ni tashkil qiladi.
Aktsionerlik kapitali 14 milliard dollarni tashkil etadi. Bir yilda o’rta hisobda 15 milliard dollar kredit taqdim etadi. To’lanadigan kapital 9%ni tashkil etadi. 9%i esa yozilish yo’li bilan tashkil toptiriladi va kafolatli fond sifatida xizmat qiladi. Xalqaro taraqqiyot va tiklanish aktsionerlik Bankining aktsionerlik kapitalining uchdan bir qismi AQSh ulushiga to’g’ri keladi. Bank boshqaruvchilar kengashida umumiy ovozning 50%-AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Kanada, Ita-liya davlatlariga tegishli.
Qarzlar Bankka a’zo mamlakatlar hududlarida joylashgan va ularning siyosiy birligini tashkil etuvchi xususiy savdo korxona-lariga beriladi. Bank o’zining kreditlari bilan ob’ekt narxining faqat 30%ni qoplaydi. Odatda, uzoq muddatli, 20 yillik kredit-lar hukumat kafolati ostida beriladi. Bank qarzga mablag’ berish bilan birga, texnik yordam bo’yicha keng ko’lamdagi xizmat ham ko’r-satadi. Bank 1980 yildan buyon muayyan dasturni qo’llab-quvvatlash va investitsion islohotlar o’tkazish uchun qarzlar berib kelmoqda.
Bank funktsiyalarida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. U se-kin asta sof moliyaviy muassasadan rivojlanish strategiyasini ishlab chiquvchi va aprobatsiya qiluvchi jahon markaziga aylanib bordi. Chunki milliy iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy va siyo-siy ahvolini hisobga olmasdan, uning rivojlanish xususiyatlari-ni bilmasdan turib texnik loyihalarni amaliyotga tatbiq etib bo’lmaydi. Bank, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzlari bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal qilish uchun ham kreditlar ajratadi. Odatda, narx siyosatini olib borish, moliya-viy tizim, ichki mablag’ni ko’paytirishni rag’batlantirish, xusu-siylashtirish, ichki savdo-fondlarini rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Kreditlar, asosan, iqtisodiy va ijtimoiy infrastrukturani, shuningdek,
qishloq xo’jaligini rivojlantirishga yo’naltiriladi.
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) birorta bankka tegishli bo’lmagan o’zining xususiy pul mablag’lariga ega bo’lib, 1956 yil-dan boshlab mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. U o’z boshqaruvchilariga va ishchilariga, pul mablag’lari-ga ega. XMK yuqori rentabelli xususiy korxonalarga hukumat tomonidan kafolatlanmagan kreditlarni berish bilan xususiy sektorni rivojlantiradi.
Paydo bo’lish maqsadlari.
Hukumat tomonidan kafolatlanmagan mablag’ni jalb qilish yo’li bilan xususiy korxonalarni rivojlantirishda moliyaviy yor-dam ko’rsatish.
Ichki va tashqi kapital investitsiya imkoniyatlarini boshqa- rishning ilg’or usullari bilan uyg’unlashtirish.
Bu tashkilotga a’zo-mamlakatlar xususiy mablag’larni ishlab chiqarish korxonalariga kapital mablag’larni jalb qilish uchun xususiy mablag’ oqimini rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |