M. Mirsaidov


BMTning tashkil etish maqsadlari



Download 0,66 Mb.
bet20/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

BMTning tashkil etish maqsadlari


  1. Dunyoda xalqaro xavfsizlikni saqlash.

  2. Millatlararo do’stona aloqalarni rivojlantirish;

  3. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy muammolarini hal etishda ko’p tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish.

BMTga a’zo davlatlarning 1945-2006 yillardagi dinamikasi quyidagicha bo’ldi: 1945 yil – 51; 1950 yil – 60; 1955 yil – 76; 1965 yil –
117; 1975 yil – 144; 1990 yil – 159; 2000 yil - 189; 2003 yil - 190 va 2006
yilda – 194 ta a’zo bo’lgan.
O’zbekiston Respublikasi bu tashkilotga 1992 yili a’zo bo’lib kirgan.

BMT faoliyatining asosiy tamoyillari


    1. Barcha a’zo davlatlarning teng huquqligi;

    2. BMT Nizomini vijdonan bajarish;

    3. Xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan echish;

    4. Tashkilotning barcha tadbirlariga har tomonlama yordam ko’r- satish;

    5. A’zo davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik (tinchlikka xavf solish, tinchlikni buzish va agressiya aktlaridan tashqa-ri) holatlarda.

BMTni moliyalashtirish


BMTning asosiy moliyaviy manbai unga a’zo bo’lgan davlatlar-ning a’zolik badallaridan tashkil topgan badal to’lovlaridir. Badallar Bosh Assambleya tomonidan tasdiqlanadigan daraja bo’yicha to’lanadi.
To’lovning hajmi mamlakat milliy daromadining hajmiga nisbatan belgilanadi. Bunda boshqa omillar ham hisobga olinadi. Masalan, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM miqdori, maksi-mal to’lov - 25% va minimal to’lov - 0,001%. BMT a’zo bo’lgan dav-latlar badal pulini to’lash bilan birga, sarf-xarajatlarini ham qoplashi kerak. Bu sarf-xarajatlar BMTning harbiy kuchlarida yuz bergan favqulodda holatlar bilan bog’liq bo’ladi.
BMTga davlatlarning a’zolik badallarining ulushi 2001 yilda quyidagicha taqsimlangan: «Kuchli Ettilik» mamlakatlaridan – AQSh – 22,0% yoki 266943 ming dollar, Buyuk Britaniya – 5,6% yoki 67561 ming
dollar; Italiya – 5,09% yoki 61809 ming dollar, Kanada – 2,5% yoki 31550 ming dollar, Germaniya – 9,8% yoki 119214 ming dollar, Frantsiya – 6,5% yoki 78906 ming dollar, Yaponiya – 19,6% yoki 238175 ming dollarni tashkil etgan.
O’zbekiston Respublikasining a’zolik badali 0,011 yoki 133472 dollarni tashkil etgan.
BMTning umumiy badallari hajmi 1213381 ming dollarga teng bo’lgan.
Bugungi globallashuv jarayonida davlatlarda hamda xalqlarda xalqaro hakam – Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning Kotibi-yatiga, BMT ning muassasalari, jamg’armalari va dasturlariga talab oshib bormoqda. Keyingi to’qqiz yilning o’zida BMT vakolati bilan tenglikparvar missiyalarda qatnashgan xodimlar soni 20 ming nafar-dan qariyb 80 ming nafarga o’sgan. Ayniqsa, huquqni himoya qilish va insonparvarlik yordami ko’rsatish bilan bog’liq vazifalar soni keskin oshgan. Ana shu davrda Kotibiyat boshqaradigan moliyaviy re-surslarning umumiy hajmi ikki hissa ortib, jami 18 milliard AQSh dollariga etgan. Eslatish joizki, hozirgi paytda BMTning yillik byudjeti faqat badallar hisobiga to’ldiriladi. Ayni paytda byudjetni qariyb chorak qismini AQSh qoplaydi.
Ba’zi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar o’z faoliyatida mustaqil hisoblanadigan hukumatlararo tashkilotlardir (IHTT, EH, ETTB, XHB va boshqalar), biroq ulardan ko’pchiligi BMT ning ixtisos-lashgan muassasalaridir. Ulardan eng yiriklari 3-chizmada ko’rsa-tilgan.
BMT ning asosiy tashkiloti Bosh Assambleya hisoblanadi. U BMT ga a’zo barcha davlatlardan tashkil topgan. Ular BMT Nizomi doirasida barcha harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, huquqiy masalalarni muhokama qilish huquqiga egadirlar.
Bosh Assambleya bilan bir qatorda va uning boshchiligida xal-qaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik uchun javobgarlikni BMT ning muhim
tashkiloti - Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) o’z zimmasiga oladi. U Bosh Assambleya tomonidan saylanadi va tash-kilotning 54 mamlakatidan iborat. Uning bevosita tashkilotlari quyidagilar:

  • sessiya tashkilotlari;

  • funktsional tashkilotlar;

  • EKOSOS qo’mitalari va komissiyalari;

  • ekspertlar tashkilotlari;

  • hududiy komissiyalar: EKE, EKA, ESKATO va boshqalar.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish