Valyuta konvertirlanishi – milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish:
Tijorat banklari va birjalarda valyuta oldi – sotdi ope-ratsiyalari. Bu valyuta dilingi deyiladi. Hozirgi kunda opera-tsiyalarning asosiy qismi bir bankdan boshqasiga pul o’tkazish, vakillik schetlari orqali amalga oshiriladi. Banklararo amaliyotda LARO (siz bizda) va NOSTRO (biz siznikida) schetlari mavjud.
Tijorat banklarining depozit–kredit deb nomlanuvchi, valyu-ta mablag’larini jalb qilish va joylashtirish bilan bog’liq opre-tsiyalari. Bu operatsiyalar–o’zaro kreditlash, o’ziga jalb qilingan mab-lag’larni joylashtirish, kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring bilan bog’liq banklararo opretsiyalardir.
tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilin-gan turli shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmat ko’rsatish;
Oltin va fond qurollari (mulkchilik titullari, obligatsiya-lar, ikkilamchi moliyaviy qurollar (instrument) va h.k.) sotish yoki sotib olish maqsadida moliya bozorida amalga oshiriladigan opera-tsiyalar. Bu operatsiyalarning barchasi investitsiya maqsadlarida, shu-ningdek, chayqovchilik yoki xejerlash (sug’urta) maqsadlarida amalga oshiriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni o’z nomidan yoki mijoz topshirig’iga ko’ra amalga oshiradilar;
Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq operatsiyalar;
Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to’lovi, aliment, hadyalar, sayyohlarga xizmat ko’rsatish va h.k.) amalga oshirishdan iborat.
Haqiqatdan ham, integratsiya jarayonlari juda qiyin kechishini jahon tajribasi ko’rsatib turibdi. Buning sababi, mavjud inte-gratsion guruhlar doirasida mamlakatlarning o’zaro aloqalari zami-rida yotgan ichki ziddiyatlar va manfaatlarning turli xil darajada ekanligidir. Integratsiyalashning yagona qat’iy qonuniyati yo’q yoki u bilan mintaqaviy integratsiya oralig’ida o’tish avtomatizmi ham mavjud emas. Bular XIMning muayyan tarixiy sharoitiga, alohida olingan mamlakatlar va ularning iqtisodiy va siyosiy manfa-atlariga bog’liq. Buni jahonda mavjud bo’lgan integratsiya model-larining turli-tumanligi ko’rsatib turibdi. Bu modellar mam-lakatlar, mintaqalar hamda submintaqaviy iqtisodiy tizimlar, takror ishlab chiqarish mexanizmlari va rivojlanishning boshqa parametrlari differentsiallashuvida katta farqlar borligini ko’r-satdi. Integratsiya o’z mohiyatiga ko’ra, davlatning u yoki bu darajada XIM faoliyatiga aralashib, tartibga solish jarayoni hisoblanadi. Buning sababi muayyan integratsiya guruhlari doirasida bir-biriga moslashayotgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ji-hatdan o’rtalaridagi farq-
ayirmalarning kattaligidir.
Bozor munosabatlari yaxshi rivojlangan mamlakatlardagi iqti-sodiy integratsiya xususiy korporatsion (mikroiqtisodiy) integ-ratsiya jarayonlarini davlatlararo (makroiqtisodiy) jarayonlar bi-lan birga olib borishni ko’zda tutadi. Davlatlararo komplekslarda qo’shib olib borish turlicha bo’ladi G’arbiy Evropa mamlakatlarida integratsiya siyosiy- huquqiy tarmoqlar, davlatlararo va davlatlar ustidan tartibga solishning institutsional tizimlari ta’sirida o’tadi. Osiyo Tinch okean mintaqasida integratsiya slliq ko’rinishda kechadi. Shimoliy Amerika integratsiyasi trans milliy korporatsiya ta’siri ostida vujudga kelgan, bir necha o’n yildan beri amaliy jihatdan rasmiylashmagan.
Davlatlararo iqtisodiy birlashmalarning vujudga kelishiga, xususiy korporatsion integratsiya (mikro darajadagi) ning o’sib, davlatlararo (makro) darajaga ko’tarilishiga ko’p jihatdan sof siyo-siy xarakterdagi omillarning ta’sir etishi deb qarash kerak. Bunga misol qilib G’arbiy Evropadagi davlatlararo integratsiyaning ri-vojlanishini ko’rsatish mumkin. Bu urushdan keyingi yillarda mintaqada vujudga kelgan siyosiy vaziyatga bog’liq bo’lgan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |