Evropa mintaqasi. Bu mintaqada integratsiya jarayonlari juda yaqqol ko’zga tashlanadi va uning o’ziga xos shakli namoyon bo’ldi. Bu mintaqada uch xil integratsiya guruhi faoliyat ko’rsatmoqda.
Evropa birlashmasi – 1951/1957-1993/1999 yillar (EOUS/EES-ES/
«Evrozona») 15 davlatni birlashtirish asosida tashkil etilgan. Buyuk Britaniya (1973 y), Finlyandiya (1995 yilda), Shvetsiya (1995 y), Daniya (1973 y), Belgiya (1951 y), Niderlandiya (1951 y), Lyuksemburg (1951),
Frantsiya (1951 y). Germaniya (1951 y), Italiya (1951), Avstriya (1995 y),
Ispaniya (1986 y), Portugaliya (1986 y), Gretsiya (1981 y), Irlandiya (1973 y).
Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi – EAST-1960 yilda tuzilgan bo’lib, unga 4 mamlakat a’zo hisoblanadi: Norvegiya, Islandiya, Lix- tenshteyn, Shveytsariya.
Markaziy Evropa erkin bozor makoni (zonasi) – (CEFTA yoki TsEI)- 1992 yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga 7 ta davlat kira-di: Vengriya (1992 y), Polsha (1992 y), Slovakiya (1992 y), Chexiya (1992 y), Sloveniya (1996 y), Ruminiya, Bolgariya.
Integratsion jarayonlar rivojining barcha bosqichlari 1951 yilda Evropa ko’mir va po’lat sanoati birlashmasi tuzilgach (EOUS), rivojlanib Evropa birlashmasiga aylanishi misolida yaqqol ko’zga tashlanadi. G’arbiy Evropa integratsiyasi bir me’yorda kechmadi, u nisbatan ziddiyatlarni boshidan kechirdi. Shunday bo’lsa ham, EIB (EES), tashkil etilayotgan paytda qo’yilgan maqsad va vazifalarni izchil va muvaffaqiyatli amalga oshirib bordi. 1994 yildan boshlab Maastrixt shartnomasi asosida EES Evropa birlashmasi, deb atala boshlandi. Bu birlashma doirasida yagona ichki bozorni tashkil etish amalga oshirilmoqda. Bundan buyon ham, integratsion hamkorlikni davom ettirish maqsadlari e’lon qilindi. Bunga ko’ra evroga yagona valyuta emissiyasi huquqini berish bilan yagona Evropa banki tashkil etish ko’zda tutilgan edi. Shunday qilindi ham, ichki chegaralarsiz yagona G’arbiy Evropa makonini yaratish ham rejada bor. Hozirgi vaqtda Evropa birlashmasi mahsulot ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yicha jahondagi eng yirik markazlardan biri bo’lib qoldi. Dunyo bo’yicha eksportning 57% va importning 55%i uning ulushiga to’g’ri keladi. Bu mintaqa aholisi dunyo aholisi umumiy sonining 7%ini tashkil etadi. YaMMning jon boshiga to’g’ri keladigan miq-dori, xarid qilish qobiliyati paritet bilan hisoblab ko’rilganda o’rtacha 17,3 ming EKYuni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |