Hududiy valyuta tizimi – milliy va jahon valyuta tizim-larining oraliq elementlari bo’lib, u mamlakatlar hududiy guruhi integratsiyasiga xizmat qiladi. Bunga misol qilib, Evropaning valyu-ta-iqtisodiy ittifoqini keltirish mumkin.
Jahon valyuta tizimi – bu alohida olingan milliy iqtiso-diyotni jahon xo’jaligi bilan bog’lovchi mexanizmdir.
Milliy valyuta tizimi
|
|
Jahon valyuta tizimi
|
Milliy valyuta. Milliy valyutaning kon- vertirlanishi. Milliy valyuta pariteti. Milliy
valyuta kursining tartibi.
|
|
Xalqaro valyuta hisob-kitob birliklari valyuta zaxirasi. Valyutaning o’zaro
konvertir-lanish shartlari.
|
Valyutaviy chegaraning va nazoratining bor-yo’qligi. Mamlakatning
xalqaro valyuta likvid-ligini tartibga solish
|
|
Valyuta paritetining birxillashtirish
tartibi.
|
Xalqaro kredit ayirboshlash
vositalaridan foydalanishni tartibga solish.
|
|
Valyuta kursi tartibining reglamenta-
tsiyasi.
|
Mamlakatning xalqaro hisob-
kitoblarini tartibga keltirish
|
|
Valyuta chegaralarini davlatlararo
tartibga solish.
|
Milliy valyuta bozori va oltin
bozorining tartibi.
|
|
Xalqaro valyuta likvidligini davlat-
lararo tartibga solish.
|
Mamlakatning valyuta munosabatlari.
|
|
Xalqaro kredit ayirboshlash vositalari-
dan foydalanish qoidalarini yaxlitlashtirish.
|
|
|
Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy
shakl-larini yaxlitlashtirish.
|
|
|
Jahon valyuta bozori va oltin
bozorining tartibi
|
|
|
Davlatlararo valyutaviy tartibga solish-ni amalga oshiruvchi xalqaro
tashkilotlar
|
Xalqaro kelishuvlar, ikkiyoqlama va ko’pyoqlama shartnomalar va aktlar, jahon valyuta tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi – eksport va import uchun to’lovlarni tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish, shuningdek, xalqaro mehnat taqsi-motini rivojlantirish uchun mamlakatlar o’rtasidagi munosabat-larda qulay muhitini yaratishdan iborat.
Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga ko’chishi yoki aksincha, ushbu jarayonlar chegara-lanishi, milliy iqtisodiyot mustaqilligi cheklanishi yoki kengayi- shi, iqtisodiy muammolar (masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir mam- lakatdan boshqasiga «ko’chib o’tishi» mumkin.
Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida mexanizmlariga ega va jahon xo’jaligining global maqsad-larini ko’zlasa- da, u milliy pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chamcharchas bog’langan.
Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining tarixiy shakli bo’lib, u davlatlararo shartnomalar or-qali mustahkamlangan.
Jahon hududiy va milliy valyuta tizimlari doirasida quyidagi moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |