Qatnashuvch i mamlakatlar ning yagona iqtisodiy siyosati
Erkin savdo-
sotiq zonasi
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Bojxona
birlashmasi
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
Umumiy
bozor
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
Iqtisodiy
ittifoq
|
+
|
+
|
+
|
+
|
-
|
To’liq iqtisodiy
integratsiya
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Erkin savdo-sotiq zonasi (ESZ) iqtisodiy kelishuvning shunday turiki, bunda kelishuv qatnashchilari savdo sohasida bir-birlariga nisbatan bojxona va tovarlarga bo’lgan miqdor cheklovlarini bekor qiladilar. Har
ikki kelishuvchi tomon uchinchi mamlakatga nisbatan o’zining tashqi savdo siyosatini olib borish huquqiga ega. (EAST, NAFTA, ASEAN, MERKOSUR). ESZ tuzish haqidagi kelishuv, qoidaga binoan, boj to’lovini Standstil oshirishning o’zaro moratori tamoyiliga asoslanadi. ESZ ni tuzish birinchi navbatda sanoat tovarlari savdosini uyushtirishni ko’zda tutadi. Qishloq xo’jalik tovarlariga nisbatan erkin bozor cheklangan xarakterga ega, bojxona nomenklaturasida bo’lgan ba’zi bir pozitsiyalarni qamrab olishi mumkin. Buning ijobiy tomoni shundaki, erkin sado zonasi qatnash-chilari-mamlakatlarning savdo siyosati ancha barqaror xarakterga ega bo’ladi. ESZ ni tashkil etish alohida milliy struktura ustidan boshqaruvni shakllantirishni ko’zda tutmaydi. Barcha qarorlar qoida-ga muvofiq, qatnashchi – mamlakatlarning oliy darajadagi shaxslari tomonidan qabul qilinadi va qaror qabul qilingan kundan boshlab uni bajarish majburiy xarakter kasb etadi, bu - tomonlarning olgan majburiyatlari va bajaradigan ishlarini muvofiqlashtirish imko-nini beradi. ESZ ni tashkil etish va ishlab turishi bir qator kamchi-liklardan ham xoli emas. Ichki bozorda raqobatning keskinlashuvi har doim ham milliy sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsu-lotning sifatiga va texnik darajasiga ijobiy ta’sir etavermaydi. Importni erkinlashtirish milliy ishlab chiqarishni xavf ostida qoldiradi, bankrotlik holatiga tushirib qo’yish xavfi tug’iladi. Bu o’z navbatida milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun davlatning aralashuviga olib keladi. Shuningdek, chet el kompaniya-lari
«kirib kelgan mamlakatlari» sanoat tizimlarida mahkam o’rnashib olishlari xavfi ham tug’iladi.
Bojxona Ittifoqi - (BI) Davlatlarning bir-biriga nisbatan savdoda bojxona boji va kvota solig’ini bekor qilish hamda uchinchi bir mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosatini o’tkazish haqidagi kelishuviga asoslangan. GATTning 24–moddasiga binoan, bojxona ittifoqi bir necha hududiy bojxonalarni umumiy bojxonaga birlashtirib, ittifoq ichida bojxona bojini butunlay bekor qilishni va yagona tashqi bojxona tarifini joriy etishni ko’zda tutuvchi tashkilotdir. Integratsiyaning bu shakli tovarlar oqimini tubdan o’zgartirishni, kelishuv qatnashchisi – mamlakat im-portga qarab ish tutish, ishlab chiqarishda hamda mahsulotlarni iste’molida o’zgarish qilishni ko’zda tutadi. Agar qandaydir bir tovarga tashqi chegaralarda o’rnatiladigan BI tashqi tarifi o’rtacha miqdordagiga nisbatan ortiq bo’lsa (mazkur tizim tashkil etilmasdan oldin mavjud bo’lgan tashkilot davridagiga), bu holda BIga a’zo mamlakatlar arzonga tushuvchi tashqi manbalar ta’minoti resurslaridan voz kechib, qimmat bo’lsa ham birlashmaning ichki resurslaridan (birlashma foydasiga
bo’ladigan) foydalanishga yuz tutadilar. Agar tashqi tarif past o’rnatilgudek bo’lsa, narxning qoniqtirilishi natijasida uchinchi mamlakat tashqi savdo bozoriga e’tiborni qaratdilar. Bunday tadbirlar tashqi va ichki ishlab chiqaruvchilar raqobatini kuchaytirishi uchun qo’llaniladi. B.B. bir- lashma tarkibida yirik davlatlarning bo’lishi katta ahamiyatga ega. B.B. faoliyati integratsion jarayonlarni boshqarishga bo’lgan muno-sabatlarni o’zgartirishni va milliy boshqarish ustidan tashkilot tuzishni ko’zlaydi.
Birinchidan, yagona bojxona bojiga o’tish va muvofiqlashtirish (koordinatsiya) tadbirlarini birgalikda amalga oshirish, bu har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining ko’p tarmoqlarini rivojlanti-rishni qayta ko’rib chiqishda jiddiy yondashuvni talab qiladi.
Ikkinchidan, ayrim tarmoqlar rivojlanishini makroiqtisodiy darajada muvofiqlashtirishning zarurligi. Bu ham uning faoliya-tida xilma-xil yangi muammolarni keltirib chiqaradi.
Uchinchidan, nafaqat bojxona tarifi bo’yicha kelishib olish uchun muzokara olib borish talab etiladi, balki umum manfaatidan kelib chiqib, ichki bozorni koordinatsiyalash va moslashtirish haqida ham kelishib olish kerak bo’ladi.
BI faoliyati ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan barcha tovarlar spektri uchun bojxona tarifi siyosatini unifikatsiya-lashni (bir xil qolinga tushirishni) ko’zda tutmaydi. Integratsiya va-lyuta-moliyaviy sohada ham yuz beradi, lekin bu bosqichda (inte-gratsiyalash) bunday hamkorlik xizmatini o’tash rolidan iborat bo’la-di, asosiy rol vazifasini o’tamaydi. Mudofaa sanoati, energetika va shunga o’xshash sohalar bojxona birlashmasi sohasi doirasiga kirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |