M. Mamadazimov


MAVZU. 61-§. Koinotning kengayishi. Xabbl qonuni *



Download 7,58 Mb.
bet63/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb

MAVZU. 61-§. Koinotning kengayishi. Xabbl qonuni *


Yerdan turib osmonga qaralganda, uning barcha tomonidagi galaktikalarda qizilga siljishni kuzatib, bizning galaktikamiz Koinotning markazidan o‘rin olgan ekan-da, deb xulosa qilishga shoshilmaslik kerak. Ixtiyoriy tashqi galaktikadan

turib osmonga qaragan faraziy kuzatuvchi tashqi galaktikalarga qarab, ularda ham qizilga siljishni kuzatgan bo‘lar edi.

Bordi-yu qadimda ham galaktikalarda kengayish xuddi shunday sur’atda bo‘lgan deb faraz qilsak, u holda bugun ularning kengayishi qachon bosh- langanligining hisob-kitobini chiqarish mumkinligini tushunish qiyin emas. Aynan shunday hisoblashlar natijasida olimlar Koinotda kengayish bundan 15– 20 mlrd. yil oldin boshlanganligini bildiradi. Qizig‘i shundaki, o‘tgan asrning 1922–1924-yillarida taniqli rus olimi A.A. Fridman Eynshteynning umumiy nis- biylik nazariyasi asosida, Koinotning modeli statsionar (muqim) bo‘lmay, u kengayishga yoxud siqilishga moyil bo‘lishini aniqladi. Ko‘p o‘tmay Koinotning kengayishiga oid dalillar aniqlandi. Bu jarayonni to‘g‘ri talqin qilish orqali uning muhim ahamiyatidan ogoh bo‘lamiz. Turli idealistik va teologik qarashlardan xoli bo‘lgan ilmiy-materialistik qarashga asos bo‘luvchi, Koinotning tabiiy va real kengayish jarayonining ochilishi, qadimda katta ehtimol bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan «qaynoq portlash»ning oqibati deyishga asos bo‘ldi.

Bugun «qaynoq portlash» gipotezasini tajriba misolida tasdiqlaydigan asos bormi, degan savol tug‘iladi. Gap shundaki, 1965-yili bu sohaga tegishli katta kashfiyot qilindi. Ma’lumki, kosmik fazo qadimda na yulduz, na galaktika, na tumanliklar yo‘q paytida rivojlanish davrining «elchilari» sanalmish elek- tromagnit to‘lqinlarga boy bo‘lgan. Bu to‘lqinlar birlamchi yoki reliktiv (qoldiq) nurlanish deb ataladi. Eslatilgan kengayishda faqat galaktikalar sistemasi ish- tirok etmay, relikt nurlanish ham ishtirok etganligi sir emas. Oqibatda, bunday reliktiv nurlanishning izidan tushgan amerikalik astronomlar uni favqulodda tez aniqladilar.

Qizig‘i shundaki, bu nurlarning topilishi favqulodda sodir bo‘lganiga qara- may, qoldiq nurlarning mavjudligi astrofizik olimlar tomonidan nazariy asosda oldindan aniqlangan edi. Bunday nurning mavjudligi haqidagi bashorat va uning kosmik fazoda topilishi – dunyoni va uning qonuniyatlarini bilishning ishonchli dalili sifatida bugun namoyon bo‘ldi. Metagalaktikaning (Koinotning ko‘rinadigan qismi) kengayish jarayonida kuzatiladigan materiya, sifat o‘z- garishlarining barcha ko‘rinishlari – saqlanish qonunlariga hech qanday xilof- siz kechadi va uni tushuntirishda hech qanday g‘ayritabiiy kuchlarga ehtiyoj qoldirmaydi. Metagalaktika evolutsiyasining kashf etilishi inson aqliy faoliyati- ning buyuk yutug‘i hisoblanadi. Bu yutuq insonning aql-zakovati, Koinotning yaqin ichki qismi va uzoq o‘tmishiga kirib bora olganini ko‘rsatib, inson

tomonidan atrof olamni bilishi chegaralanganligi to‘g‘risidagi afsonani puchga chiqardi. Koinot haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari faqat tabiat fanlarigagina asoslanib qolmay, uning evolutsiyasi haqidagi mantiqiy va falsafiy mushohada- larga ham tayanadi.

Bunda empirik yo‘l bilan topilgan «qizilga siljish» logarifmi va galakti- kalarning ko‘rinma yulduz kattaliklari orasidagi chiziqli bog‘lanish, ya’ni m va


lgυr orasidagi ushbu lgυr  lg c 

munosabat, galaktikalarning masofalari va





uzoqlashishlari orasidagi quyidagicha υrc  Hr



bog‘lanish mavjudligini



bildiradi, bu yerda: υr – nuriy tezlik; c – yorug‘lik tezligi; Δλ – qizil siljish; H – Xabbl doimiysi; r – tashqi galaktikagacha masofani xarakterlaydi.




Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish