Yulduzlar osmoni tushirilgan fotorasmlarda yulduzlar fazoda bir tekis taq- simlanmaganini sezish mumkin. Buning asosiy sababi, ayrim yulduzlar kam kuzatiladigan sohalarda ularning nurlanishlarini kuchli yutadigan yirik chang materiyaning borligidandir. Galaktikamizda nurlanishni kuchli yutuvchi bunday materiyaning borligini yuz yilcha oldin astronom Y.V. Struve bashorat qilgan edi.
Galaktikamizda bunday chang muhitining borligiga Janubiy but yulduz tur- kumida proyeksiyalanadigan «Ko‘mir qopi» va Orion yulduz turkumida joy- lashgan «Ot boshi» tumanliklari yorqin misol bo‘la oladi (106-rasm).
«Ko‘mir qopi» qora tumanligi bizdan 150 parsek masofada joylashgan, o‘lchami 8 parsekka yaqin Somon Yo‘lidagi tumanlik bo‘lib, uning burchak o‘lchami 3° ni tashkil etadi. Teleskop bilan kuzatilganda uning ko‘rish chegarasida kuzatiladigan xira yulduzlarning soni, tumanlikdan tashqarida shunday maydonda kuzatiladigan yulduzlar sonidan taxminan 3 martacha kam chiqadi. Bunday yutilish, yulduzlarning ko‘rinma kattaligini Δm = 1,2m kattalikka o‘zgarishiga (xiralashishiga) olib keladi. Galaktikada bunday tumanliklar ko‘p bo‘lib, xususan, Oqqush yulduz turkumidan boshlanib, Burgut, Ilon, Qavs va Aqrab yulduz turkumlarigacha cho‘zilgan chang tasmasi, Somon Yo‘lining bu qismida yulduzlarni bizdan «yashirib», unda ulkan qora ayrilikni vujudga
keltirgan. Ayniqsa, galaktika markaziga tomon yo‘nalishda (Qavs yulduz turkumi tomonida) qora tumanlik juda quyuq bo‘lib, biz uchun qiziq sanalgan galaktikamizning markaziy quyilma qismini o‘rganishga xalaqit qiladi.
Gazsimon (diffuz) tumanliklar. Tim qo- rong‘i osmonda hatto qurollanmagan ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin bo‘lgan eng mashhur gaz tumanlik Orion yulduz turku- mida (Orion tumanligi) joylashgan bo‘lib, uning eni 6 parsekkacha cho‘zilgan (107- rasm). Shuningdek, Qavs yulduz turkumida Laguna, Omega va Uchtarmoqli, Oqqush
yulduz turkumida Shimoliy Amerika va Pelikan, Yakkashox yulduz turkumida Rozetka (108-rasm) kabi gaz tumanliklar mavjud. Galaktikamizda bu xildagi jami obyektlarning soni 400 ga yaqin. Bu tumanliklarning spektrlari, vodorodning Hα, Hβ va ikki qayta ionlashgan kislorod (OIII), azot va boshqa elementlarning emission chiziqlaridan tashkil topib, tutash spektri juda xira fonda ko‘rinadi. Aksariyat hollarda bu diffuz tumanlikning ichida yoki uning yon atrofida qaynoq O yoki B sinfiga tegishli yulduz uchraydi. Bunday yulduzlarning quvvatli ultrabinafsha nurlanishi, ularning yaqinida joylashgan tumanlik gazining atomlari tomonidan yutilib, ionlanishiga va qayta nurlanishga majbur qiladi.
Ionlashgan gazda erkin elektronlarning atom bilan bog‘langan holatga o‘tishi bilan kechadigan rekombinatsiya hodisasi kuzatilib, bunda atomlar, dastlab yutilgan qattiq ultrabinafsha nurlarning kvantlari o‘rniga, ko‘zga ko‘rinadigan diapazonda, nisbatan kam energiyali bir necha kvantlarda nurlanadi, boshqacha aytganda, fluoressensiya hodisasi ro‘y beradi. Tumanlikda bu jarayon tufayli qaror topgan 104 °C ga teng temperatura mazkur tumanlikning kuzatilgan issiqlik radionurlanishi orqali tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |