M. Mamadazimov


-§. Radiogalaktikalar va kvazarlar *



Download 7,58 Mb.
bet62/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb


60-§. Radiogalaktikalar va kvazarlar *


Radiogalaktikalar. Radionurlanish u yoki bu darajada deyarli barcha ga- laktikalarga xos xususiyat hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligida radionurlanish, nurlanish quvvatining arzimas qismini tashkil etadi. Biroq shunday galak- tikalar borki, ularning radionurlanishi galaktikaning optik nurlanish quv- vati bilan solishtirarli darajada yuqori, ayrimlariniki esa undan minglab, hatto millionlab marta ko‘plik qiladi. Bunday galaktikalar radiogalaktikalar deyila- di. Shunday katta quvvatli, bizga yaqin joylashgan radiogalaktikalardan biri Oqqush yulduz turkumida yotuvchi «Oqqush A» deb ataladi. Spektridagi qizilga siljishga (z = 0,057) ko‘ra aniqlangan uning masofasi taxminan 200 Mpk ga teng. U bir-biridan 80 kpk masofada joylashgan radionurlanishning ikkita yorug‘ komponentasidan tashkil topgan. Eng yaqin radiogalaktikalarning vakili «Ken- tavr A» esa bizning galaktikamizdan taxminan 4 Mpk masofada yotadi. Ularning radionurlanishlari noissiqlik xarakter kasb etib, magnit maydonlarida relativistik (yorug‘lik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanuvchi) elektronlarning keskin tormozlanishi oqibatida vujudga kelgan nurlanishlari bilan tushuntiriladi.

Kvazarlar. Radiodiapazonda burchak o‘lchami 1″ va undan kichik, biroq juda katta quvvat bilan nurlanadigan, galaktikamizdan tashqi – eng uzoqda joylash- gan yulduzga o‘xshash obyektlardan biri kvazarlar deb ataluvchi obyektlardir. Birinchi kvazar 1963-yilda 13-yulduz kattaligidagi bizga eng yaqin (~630 mln. Mpk) radioobyekt sifatida Sunbula yulduz turkumida topilib, u 3-Kembridj katalogida 3C273 nomi bilan qayd etildi. Barcha diapazondagi uning nurlanish quvvati 1046–1047 erg/s ga teng.

Uzoq vaqtga qadar bu obyektlarning spektrlarini tahlil qilish mushkul bo‘ldi. Va nihoyat, ularning spektrida aslida ultrabinafsha qismda joylashgan kuchsiz chiziqlar qaysi atomlarga tegishli ekanligi topilgach, ularning «qizilga siljish» kattaliklari aniqlandi. So‘ngra Xabbl qonuni asosida, ularning masofalari va yorqinliklari hisoblandi. Natijada ular bizning galaktikamizga daxli bo‘lmagan


9–Astronomiya, 11-sinf

va milliardlab yorug‘lik yili masofalarda yotuvchi o‘ta quvvatli radioobyektlar bo‘lib chiqdi. Ayni paytda bir necha yuzlab kvazarlar kashf etilgan bo‘lib, ulardan aksariyatigacha masofa 10 milliard yorug‘lik yilidan ham ko‘p.



Kvazarlarning nurlanish quvvati hayratga soladigan darajada yuqori bo‘- lib, yorqinliklari, eslatilganidek, 1039–1040 W ni tashkil etadi. Bu kvazarlar yuz milliardlab yulduzi bo‘lgan eng quvvatli galaktikalarning yorqinligidan 100, hatto 1000 marta ko‘p quvvat bilan nurlanadigan osmonning noyob obyektlari deganidir. Shu xususiyatlariga ko‘ra kvazarlar Koinotning eng sirli obyektlaridan hisoblanadi. Spektrida energiyaning taqsimlanishi, kichik burchak o‘lchami, ayrim hollarda esa, optik va radionurlanishlarining o‘zgaruvchanligi bilan kvazarlar ko‘p jihatdan galaktikalarning aktiv yadrosini eslatadi. Kva- zarlar spektrlaridagi emission chiziqlarining intensivligi va kengligiga (tezlik 3000 km/s gacha boradigan) ko‘ra Seyfert galaktikasining yadrosiga ham o‘xshab ketadi. Shu bois olimlar hozircha kvazarlarni galaktikalar evolutsiya- sining uncha uzoq davom etmaydigan bir bosqichi bo‘lsa kerak, deb taxmin qil- moqdalar. Shuningdek, ba’zan ular kvazarlarni gravitatsion siqilishni boshidan kechirayotgan va shu tufayli katta energiya bilan nurlanayotgan milliardlab Quyosh massasiga ega bo‘lgan ulkan gaz buluti quyilmasi ko‘rinishida ko‘z oldilariga keltiradilar.




  1. Download 7,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish