M. Mamadazimov


Eruptiv o‘zgaruvchan yulduzlar



Download 7,58 Mb.
bet55/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb

Eruptiv o‘zgaruvchan yulduzlar. Eruptiv o‘zgaruvchan yulduzlar nisbatan kichik yorqinlikka ega bo‘lgan yulduzlar (asosan, mitti yulduzlar) bo‘lib, ularning o‘zgaruvchanligi vaqt-vaqti bilan qaytalanuvchi chaqnash ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Bunday chaqnashlar mazkur yulduzlardan plazmaning uloqtirilishi (erupsiyasi) bilan tushuntirilgani uchun ham ular eruptiv o‘zgaruvchan yulduzlar deb yuritiladi. Eruptiv yulduzlardan biri yangi yulduzlar hisoblanadi.

Yangi yulduzlar. Yangi yulduzlar eruptiv o‘zgaruvchan yulduzlarning ma’lum bosqichini o‘zida aks ettirib, «yangi» degan nom ularga shartli ravishda berilgan. Bunday yulduzlar aslida eskidan mavjud bo‘lib, xiraliklari tufayli ko‘rinmay, o‘z evolutsiyasining ma’lum bosqichida chaqnash tufayli ravshanligi 10–13 yulduz kattaligigacha o‘zgarib, oddiy ko‘z bilan ko‘rinadigan ravshan yulduzga aylanadi. O‘z chaqnashlarining maksimumida ular absolut yulduz kattaliklarining o‘rta- cha 8,5 yulduz kattaligigacha borib, bunda ular A–F spektral sinflarga mansub o‘tagigant yulduzlar ko‘rinishiga juda o‘xshab ketadi.

Bunday yulduzlarni chaqnashdan oldin va keyin sinchiklab o‘rganish ular qo‘- shaloq yulduzlar degan xulosaga olib keladi. Bunda chaqnashning sababi ikki bir-biriga yaqin joylashgan yulduzlarning o‘zaro ta’sirlashishlari tufayli sodir bo‘ladi. Bu yulduzlardan biri kam zichlikka ega katta yulduz bo‘lib, ikkinchisi katta zichlikdagi oq mitti yulduz deb qaraladi. Katta zichlik va tortish quvvatiga ega bo‘lgan oq mitti yulduz ta’sirida gigant yulduzning moddasi unga oqib tushib, oq mitti sirtida qattiq qiziydi va ma’lum temperaturaga erishgach, kuchli termoyadroviy portlash sodir bo‘ladi.

Yangi yulduzlar chaqnash davrida to‘la nurlanish energiyasi 1038–1039 J ni tashkil etib, buni Quyosh bir necha o‘n ming yildagina berishi mumkin.

Yulduz sirtida portlash ro‘y berganda, uning sirtidan ulkan massali moddasi (taxminan 10–4–10–5 Mʘ) 1500–2000 km/s gacha tezlik bilan uloqtiriladi. Oqi- batda yangi yulduz atrofida tarqalayotgan gaz ulkan tumanlikni vujudga keltiradi. Kuzatishlar natijasida, nisbatan yaqinda joylashgan barcha yangi yulduzlarning atrofida haqiqatan ham kengayuvchi shunday gaz tumanliklar kuzatiladi.

To hozirga qadar fanga 300 ga yaqin chaqnagan yangi yulduz ma’lum bo‘lib, ularning 150 ga yaqini o‘zimizning galaktikamizda, 100 ga yaqini qo‘shni Andromeda tumanligida kuzatilgan.


Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish