51-§. Spektr-yorqinlik diagrammasi
Yulduzlarning spektral sinflari va ularning temperaturalari orasida bog‘lanish borligi kuzatishlardan ma’lum bo‘lgan. Ularning yorqinliklari absolut yulduz kattaliklariga bog‘liqligi aniq bo‘lgach, olimlar bu ikki juft bog‘lanishlar orasida ham bog‘lanish bo‘lishi kerak degan gumon bilan uni qidirishga kirish- dilar. Bunday bog‘lanishni XX asrning boshlarida daniyalik astronom Gerssh- prung va amerikalik astrofizik Rassell aniqladilar. Ma’lum bo‘lishicha, agar koordinata o‘qlaridan biri bo‘yicha yulduzlarning spektral sinflari, ikkinchisi bo‘yicha esa ularning absolut yulduz kattaliklari qo‘yilsa, yulduzlarning bu para-
100
104
Yorqinlik (Quyosh yorqinligi birligida)
L 20000 K 6000 K 3000 K
0,0
1
O B A F G K M
93-rasm. Spektr-yorqinlik diagrammasi.
metrlari orasidagi bog‘lanishlari bir necha guruhga ajralgan holdagi diagramma ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunday bog‘lanishlarni ifodalovchi diagramma keyinchalik spektr-yorqinlik yoki Gerssh- prung-Rassell diagrammasi deb ataladigan bo‘ldi. Spektr-yorqinlik diagrammasida yulduzlarning absolut yulduz kattaliklariga parallel holda, yulduzlarning yorqinliklari (Quyosh yorqinligi birligida, Lʘ = 1), spektral sinflari o‘qiga parallel holda esa, ularning rang ko‘rsatkichlari yoki effektiv temperaturalari joylashadi (93-rasm). Gersshprung-Rassell diagrammasi umumiy fizik tabiatga ega bo‘lgan yulduzlarni turli guruhlarga ajratib, ularning temperaturasi, yorqinligi, spektral sinfi va absolut kat-
taliklari kabi parametrlari orasidagi bog‘lanishlarni aniqlashga imkon beradi.
Bu diagrammada yulduzlarning asosiy qismi bosh ketma-ketlik deyiluvchi egrilik bo‘ylab joylashib, uning tepa qismida yorqinliklari yuqori bo‘lgan bosh- lang‘ich spektral sinflarga tegishli yulduzlar joylashadi va o‘ng tomonga borgan sayin yulduzlarning yorqinliklari (binobarin, temperaturalari) pasaya borib, keyingi sinflarga tegishli yulduzlar joy oladi. Bosh ketma-ketlik egriligidan o‘ng tomonida, yuqorida nisbatan past temperaturali, biroq diametri juda katta va shuning uchun ham yuqori yorqinlikka ega bo‘lgan, absolut yulduz kattaliklari
–4m, –5m li o‘tagigant va gigant (absolut yulduz kattaliklari 0m atrofida) yulduzlar joylashadi. Diagrammaning quyi qismida chapda, asosan, A spektral sinfiga va nisbatan kam yorqinlikka ega bo‘lgan alohida guruh – mitti yulduzlar joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |