M. Mamadazimov


-§. Yulduzlarning spektri va spektral sinflari



Download 7,58 Mb.
bet50/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb


50-§. Yulduzlarning spektri va spektral sinflari


Astronomlar yulduzlarga tegishli muhim ma’lumotlarni ularning spektrlarini tahlil qilib qo‘lga kiritadilar. Yulduzlarning spektri, xususan, Quyoshning spektri ham chiziqli yutilish spektri bo‘lib, yorug‘ tutash spektrining fonida atomlar, ionlar va molekulalarga tegishli yutilish (Fraungofer) chiziqlaridan tashkil topadi.

Yulduzlarning spektrlari bir-biridan, ularda to‘lqin uzunligi bo‘yicha nur- lanish energiyasining turlicha qiymat bilan taqsimlanishiga ko‘ra farqlanadi. Shuningdek, bu spektrlar ularda atmosferaning kimyoviy tarkibini aks etib, turli elementlarga tegishli chiziqlari va shu chiziqlarning intensivliklari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Temperaturalari bir-biriga yaqin yulduzlarning kimyoviy tarkibi bir-biridan keskin farq qilmaydi. Yulduzlar spektrida eng ko‘p tarqalgan elementlar vodorod bilan geliydir. Bu elementlarning yulduz spektrida kuzatilgan intensivlik darajasi mazkur yulduz atmosferasining fizik holatini belgilab, ko‘p jihatdan uning temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi. Yulduzlarning spektrlari yettita asosiy spektral sinflarga guruhlangan. Ular lotin alifbosida ifodalanib, quyidagi tartibda joylashadi:

O–B–A–F–G–K–M. Ma’lum sinfga guruhlangan spektrlar, o‘z navbatida, yana o‘ntadan sinfchalarga ajratilgan. Masalan, A sinf yulduzlari A0, Al, A2, ..., A9 sinfchalarga bo‘lingan (Quyosh o‘z spektriga ko‘ra G2 sinfga kiradi).

Sinflar ketma-ketligi, eng avvalo, yulduzlarning temperaturasi va ranglari ketma-ketligida o‘z aksini topadi. Nisbatan sovuq – qizil yulduzlarning spektrida neytral atomlarning va hatto molekular birikmalarining chiziqlari ko‘p uchragani holda, qaynoq havorang yulduzlarning spektrida ionlashgan atomlarning chiziqlari ko‘p uchraydi. O sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida ionlashgan geliy, uglerod, azot va kislorodning intensiv yutilish chiziqlari, shuningdek, spektrning ultrabinafsha qismida ayrim kimyoviy element atomlarining ko‘p marta ionlashgan chiziqlari ham uchraydi. Havorang yulduzlarning temperaturasi 25000–50000 °C gacha boradi.



B sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida neytral geliy chiziqlari juda intensiv bo‘ladi. Oq-ko‘kish rangdagi bunday yulduzlarning temperaturasi ~17000 °C atrofida.

A sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida vodorodning yutilish chiziqlari, ion- lashgan Ca chiziqlari intensiv bo‘lib, temperaturasi ~11000 °C bo‘ladi. Rangi oq.

F sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida vodorod chiziqlari kuchsizlanib, kal- siyning ionlashgan chiziqlari intensiv bo‘ladi. Och sarg‘ish rangli. Temir, titan kabi elementlarga boy, temperaturasi ~7000 °C.

G sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida (jumladan, Quyoshnikida) metallarga tegishli neytral va qisman ionlashgan kalsiy atomlarning chiziqlari intensiv va keng tarqalgan. Vodorodning chiziqlari ancha kuchsizlangan (inten- sivligi pasaygan) bo‘ladi. Temperaturasi ~6000 °C. Rangi sariq.

K sinfga kiruvchi yulduzlar spektrida metallarning yutilish chiziqlari bilan birga molekular birikmalarning ham chiziqlari kuzatiladi. Rangi qizg‘ish, temperaturasi ~3500 °C.

M sinfga kiruvchi yulduzlar spektrida esa metall chiziqlari kuchsizlanib, mole- kulalarning spektral tasmalari (ayniqsa, titan oksidiga tegishli) intensiv tus oladi. Qizil rangli, temperaturasi 2500 °C.

Yulduzlar spektrining turlicha bo‘lishi ularning atmosferasidagi fizik sharoit, kimyoviy tarkibining turli-tumanligi va eng muhimi, turli xil temperaturaga ega ekanligi bilan tushuntiriladi. Yulduzning temperaturasi ortgan sayin uning atmosferasidagi molekulalar atomlarga parchalanadi. Yanada yuqori tempe- raturada atomlar ham parchalanib, elektronlarini yo‘qotadi va ionlarga aylanadi. Bu narsa yulduzlarning spektral sinflari tahlilidan oson ko‘rinadi.


Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish