M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


11-BOB. AFRIKA MINTAQASINING 0 ‘ZIGA XOS



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

146


11-BOB. AFRIKA MINTAQASINING 0 ‘ZIGA XOS
JIHATLARI
Darsning maqsadi:
• talabalarda Afrika mintaqasining xususiyatlari to‘g‘risida tu- 
shuncha shakllantirish;
• talabalarda Afrika mintaqasidagi siyosiy vaziyat yuzasidan 
tushunchalami shakllantirish;
• yoshlar orasida sog‘lom m a’naviy muhitni shakllantirish;
• talabalar Afrika davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish;
• talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda 
amaliyotda ulami qo‘llashni o‘rgatish;
• talabalarga Afrika davlatlarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlari 
borasidagi to‘la m a’lumotlami yetkazish hamda ushbu jarayonlar- 
ning o‘ziga xos jihatlarini singdirish;
• talabalarda davlatni har tomonlama rivojlantirish jarayonida 
o‘ta muhim, o‘ziga xos rol o‘ynovchi tashqi siyosat va uning maqsad- 
larini amalga oshirishda muhim omil hisoblangan xalqaro muzokara- 
lar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy mahoratni shakllantirish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Afrika Ittifoqi, Afrika Birligi
Tashkiloti, xalqaro nizolar, hududiy mojarolar, NEPAD, Addis-Abeba,
Gambiya, Zair, K o d -d ’Iuar, Niger, Ruanda, Serra-Leone, Durban.
11.1. Afrika mintaqasining o ‘ziga xos xususiyatlari
Hozirgi vaqtda Afrika jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Mazkur “uyg‘onayotgan qit’a” oldida bir qator 
murakkab geosiyosiy muammolar mavjud bo‘lib, ulaming ayrimlari 
uzoq, ko‘p asrli tarixga ega, masalan, mustamlakachilik, ish savdosi 
va hokazo. Ayrimlari yaqinda paydo bo‘ldi yoki kuchayib ketdi va 
bu jarayon nisbatan kichik davmi o‘z ichiga oladi, chunki SSSRning 
parchalanib ketishi bilan jahon geosiyosiy kuchlarining muvozanati 
o ‘zgardi, bu esa shak-shubhasiz, mazkur qit’adagi hayotning ijti-
147


moiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarida namoyon bo‘ldi. Afrika 
xalqlari nisbatan kechroq siyosiy mustaqillikka erishishdi, biroq iqti­
sodiy va ijtimoiy jihatdan ulaming ko‘pchiligi hamon haqiqiy ijobiy 
o‘zgarishlami his etishganlaricha yo‘q.
Afrika mamlakatlari mustamlakachilik zulmidan xalos bo‘lgach, 
ulaming ko‘pchiligida G ‘arb, xususan, AQSHning ijtimoiy institutlari, 
huquq etalonlari oriyentatsiyasi va vestemizatsiya (g‘arblashtirish) 
konsepsiyasi qo‘llab-quvvatlanmadi. Biroq bir vaqtning o ‘zida Afri- 
kaning Yevrosiyoga, xususan Sobiq Sovet Ittifoqiga boigan geosiyo­
siy moyillik g‘oyasi ham keng taraqqiy etmadi.
Afrika - sayyoraning eng nizoli geosiyosiy nuqtasi degan nom ay­
niqsa XX asming so‘nggi choragida tobora mustahkamlandi. So‘nggi 
o‘n yil mobaynida qit’ada 35 ta yirik qurolli nizolar sodir bo‘lganligi 
qayd etilgan bo‘lib, ularda o ‘n milliondan ortiq kishi vafot etgan, shu- 
lardan 90 foizini - shahar aholisi tashkil etadi. Jahondagi qochoqlar 
sonining qariyb yarmi, (turli baholarga ko‘ra - 7 mln. kishidan 10 
mln. kishigacha) hamda ko‘chirilgan shaxslaming 60 foizi (qariyb 
20 mln. kishi) aynan shu qit’ada yashaydi. Jahon miqyosida bolalar 
o iim i ko‘rsatkichi qit’ada eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi: yiliga 
8 mln. kishi97.
Bu turli konfliktogen, ya’ni ixtilofli omillar: etnik va qabilaviy 
qarama-qarshiliklar, konfessional kelishmovchiliklar, ijtimoiy-iqti- 
sodiy va siyosiy xarakterdagi ziddiyatlar va boshqalaming murakkab 
chigallashuvi bilan izohlanadi. Ayniqsa G‘artfda, ba’zida Afrikaning 
rivojlanishini siyqa chizmaga keltirgan va bu muammoni sezilarli da­
rajada ko‘pgina ishlar soddalashtiradi. Bu haqda S.Xantington shun­
day yozadi: “Siyosatga massaning kirib kelishi keskinlikning yuzaga 
keltiradi, bu esa siyosiy beqarorlik natijasida rivojlanish uchun xavf- 
xatar tug‘dirishi mumkin”.
Afrika geosiyosiy holatining tahlili mavjud bo‘lgan biror-bir 
chuqur izlanmalar (ishlar) SSSR, Rossiya, G‘arb mamlakatlari, Afri­
kaning o‘zidagi ilmiy adabiyotlarda deyarli mavjud emas. Geosiyo- 
sat va siyosatshunoslikning alohida yo‘nalishlarini anglab yetishga 
bo‘lgan intilishlar mavjud:

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish