M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


10.2. Yaqin Sharqdagi so ‘nggi siyosiy jarayonlar



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

136


10.2. Yaqin Sharqdagi so ‘nggi siyosiy jarayonlar
Yaqin Sharqda strategik muvozanatning shakllanishida davlatlar­
aro munosabatlar bir qator tomondan o‘rganilgan. Xususan, Ros- 
siyadagi nodavlat Strategik bohalash va istiqlolni belgilash markazi 
eksperti L.E.Popova tahlilicha, Yaqin Sharqda davlatlar o ‘rtasidagi 
munosabatlaming murakkabligiga tarixiy, siyosiy, diniy, ijtimoiy, et- 
nik, geografik va iqtisodiy xususiyatlarga ega omillar ta’sir o ‘tkazadi 
va vaziyatni murakkablashtirmoqda.
1. Tarixiy omil bevosita Yaqin Sharqning mustamlakachilik tarix- 
iga bog‘liq. Buning natijasida Usmoniy imperiyasi parchalanganidan 
keyin va mandat ostida bir qator davlatlaming mustaqillikka erishishi 
natijasida bir qator jiddiy hududiy muammolar yuzaga keldi. Kurdlar 
masalasi, Falastin davlatini tashkil etish masalasi va boshq.
2. 
Mintaqa davlar o ‘rtasidagi mintaqaviy yetakchilik uchun 
kurash. Yaqin Sharqda bir qator davlatlar o‘rtasida jiddiy ravishda 
yetakchlik uchun raqobat yuz bemioqda. Buni turli davrlarda turli 
davlatlar o ‘rtasida yuz berganligini kuzatish mumkin. D a’vogar diniy 
davlatlar (Saudiya Arabistoni, Eron), dunyoviy davlatlar (Suriya, Is­
roil, Misr, Turkiya).
3. Yetakchi davlatlaming geosiyosiy manfaatlari va ulaming mint­
aqaviy jarayonlarga ta’siri. “Sovuq urash” davrida Yaqin Sharq ikki 
lagerga ajralib qolgandi, undan keyingi davrda AQSHning mintaqa­
dagi ustunligi kuzatildi, natijada mintaqada muvozanat buzilishiga, 
beqarorlikka, xalqaro terrorizmning kuchayishiga va boshqalarga olib 
keldi.
4. Yaqin Sharqda shia va sunniylar o ‘rtasidagi qarama-qarshi- 
likning mavjudligi;
5. Mintaqada transchegaraviy daryolar va suv resurslarining taqsi- 
moti yuzasidan murakkab vaziyatning shakllanishi: Iordan daryosi 
bo‘yicha Suriya va Isroil o‘rtasida, Dijla va Furot daryolari bo‘yicha 
Suriya va Turkiya o ‘rtasida.
6. Demografik vaziyat. Mintaqada bolalar ulushi yuqori bo‘lib, u 
aholining davlatlarda qariyb 2(M-0%ini tashkil etadi. Shuningdek, 
yoshlaming aholining katta qismini tashkil etishi turli tahdidlardan 
ulaming himoyalanganlik muammosini vujudga keltiradi.
137


7. 
Mintaqaning turli davlatlarida terroristik tashkilotlaming faol- 
ligi va ularga nisbatan yordam ko'rsatilayotganligi. Bugungi kunda 
ular Yaman, Suriya, Iroq va Liviyada hukumatga qarshi jiddiy kurash 
olib borishmoqda
Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda Ya­
qin Sharqda ro‘y berayotgan siyosiy voqeliklar va kuchlar konfigu- 
ratsiyasidagi tez-tez o‘zgarishlar mintaqada tinchlik va barqarorlikni 
ta’minlashda mintaqaning istiqbolini bashorat etish bir qadar mu- 
rakkabliklarga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, mintaqada geostrategik 
muvozanatning ta’minlanishida quyidagi asosiy tendensiyalami hi- 
sobga olish zarur:
• “Arab bahori”ning ta’siri mintaqada to‘liq bartaraf etilmagan- 
ligi: Sinay yarim orolidagi beqarorliklar, Yaman va Suriya inqirozi, 
turli radikal kuchlaming faoliyati saqlanib qolishi; ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolar;
• Yaqin Sharqda din omilining davlatlar ichki va tashqi siyosati- 
ga ta’sirining kuchli ekanligi. Namoyon bo‘lish shakllari - a) diniy 
va dunyoviy (sekulyar) boshqaruv o‘rtasidagi kurash Misr, m a’lum 
m a’noda Suriya; b) islom dinidagi sunniy va shia oqimlari o‘rtasidagi 
diniy-mafkuraviy raqobat o‘rtasidagi kurash, Eron-Saudiya Arabis- 
toni munosabati; d) diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlaming 
faollashuvi va ulami chetdan qo‘llab-quvvatlash - IShID, “Jabhat an- 
Nusra”, “Axror ash-Shom”, XAMAS, Xizbulloh va boshq.
“Arab bahori”dan keyingi eng muhim amaliy natijalardan biri 
islom rolining va diniy harakatlaming avj olganligini kuzatishimiz 
mumkin. Bunda ikki holat ko'zga tashlanadi:
Birinchidan, Misrdagi singari diniy ekstremistik tashkilotlar va 
hukumat qo‘shinlari o‘rtasidagi kurash emas, aksincha, diniy va dun­
yoviy boshqaruv tarafdorlari o ‘rtasida kurash yuz berdi. Bir qator 
G ‘arb va milliy ekspertlar tomonidan inqilobiy chiqishlarda diniy 
tashkilotlaming faol ishtroki kutilgan boisa-da, lekin asosiy qarshilik 
kuchlari sifatida yosh misrlik sekulyarlar chiqishdi. Chiqishlaming 
kulminatsion nuqtasi 2013-yil Tahrir maydonidagi mashhur juma 
namozi vaqtida sodir bo‘lib, bunda duoni amalga oshirayotgan mu- 
sulmonlami politsiyadan qibtiy xristianlar himoya qilgan bo‘Isa, xris-
138


tianlaming yakshanba kunidagi duosini amalga oshirayotganlarida 
esa ulami musulmonlar himoya qilishgan. 2013-yil 3-iyulda M.Mursi 
prezidentlik lavozimidan chetlashtirilib, namoyishni bostirishda 
qurolli kuchlami qo‘llaganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Natijada 
Misming islomiy-boshqaruv shaklidagi hukumatiga qarshi millionlab 
norozilaming namoyishlari oqibatida ro‘y bergan so‘nggi harbiy dav­
lat to ‘ntarishi dunyoviy (sekulyar) konstitutsionalizmni saqlab qolish 
imkonini berdi.
Ikkinchidan, islom dinining ikki oqimi sunniylar va shialar 
o‘rtasida kurash kuchaydi, ya’ni Saudiya Arabistoni Qirolligi va 
Eron hamda ular tarafdorlari o‘rtasidagi defakto kurash, 1979-yilgi 
Erondagi inqilobdan keyin Fors ko‘rfazi davlatlariga nisbatan “shia 
ekspansiyasi” xavfi vujudga keldi. Tabiiyki, Saudiya Arabistoni to­
monidan bunga muntazam to ‘sqinlik qilib kelinadi. Yaqin Sharqda 
shialar uchta davlat aholisining katta qismini tashkil etadi: Eron 
(80%), Iroq (60%) va Baxrayn (taxmanan 60%), shuningdek, Li- 
van, Saudiya Arabistoni, Yaman, BAAda yirik shialar jamiyatlari 
mavjud.
Rossiyalik sharqshunos tadqiqotchi Boris Dolgov tahliliga 
ko‘ra, Fors ko ‘rfazi arab monarxiyalari Liviya va Suriyada turli 
diniy radikal harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Taxminan Su­
riyada Saudiya Arabistoni 40 mingga yaqin muxolifat va radikal 
kuchlami Pokiston lagerlari orqali tayyorlagani ayrim manbalarda 
keltiriladi.
Yaqin Sharqdagi terroristik tashkilotlardan biri “Iroq va Shorn 
islom davlati” (IShlD)dir. 2006-yil oktabrda Iroqda Al-Qoida ter­
roristik guruhining bo‘linmalaridan hisoblangan «Islomiy davlat» 
nomli gumh vujudga keldi. «Islomiy davlat» gumhi Suriyada «Jab- 
hatun-Nusra» ekstremistik guruhi bilan qo‘shilib, (IShID) terroris­
tik guruhini tashkil etadi. Abu Bakr B ag‘dodiy “xalifa” deb e ’lon 
qilinadi.
2006-yil dekabrida Al-Qoida gumhining rahbari Ayman al-Za- 
vohiriy tomonidan bu ikki guruhning birlashishlari bekor qilinishi 
haqida buyruq beriladi. Ammo Abu Bakr Bag‘dodiy ushbu jarayonni 
davom ettirib, IShID guruhini, ya’ni “Iroq va Shorn islomiy davlati”ni
139


tashkil etdi. Bu guruh tashkil etilgandan so‘ng, Suriya va Iroq mam- 
lakatlarida terroristik amaliyotlarni amalga oshirishni, qon to‘kish, 
qotilliklar, aholi yashaydigan uy-joylami vayronalarga va xarobalar- 
ga aylantirishni o ‘z oldiga maqsad qilib oldi. Hozirda ushbu fojeali va 
qo‘rqinchli amaliyotlarni vahshiylarcha amalga oshirishmoqda.
IShID qurollangan terroristik guruh b o iib , bu guruh salafiylik 
jihodi, ya’ni ekstremistik g ‘oyalar va qarashlar bilan yo‘g ‘rilgandir. 
IShID guruhi asoschilarining maqsadlari «Islomiy xalifalik va shariat 
ijrosi» nomini qaytadan tiklashdir. Ushbu maqsadlariga yetishlari 
uchun o ‘zlariga Iroq va Suriya yurtlarini tanlab olib, ushbu mam- 
lakatni terroristik amaliyot o‘tkazadigan maydonga aylantirishdi.
Bugungi kunda ba’zilar ulaming tahdidi tufayli, ayrimlar esa turli 
aldovlar sababidan ulaming so‘zlariga ishonib, gumh faoliyatlarini 
qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Xususan, yoshlarimizni ulaming g ‘arazli 
g ‘oyalaridan asramog‘imiz va ulaming kirdikorlarini fosh qilishimiz 
muhim ishlardan hisoblanadi. Hozirda IShID poytaxti Raqqa shahri 
hisoblangan davlat sifat tuzilmani tashkil etib, keng ko‘lamli harbiy 
va mafkuraviy kurashni amalga oshirmoqda. Hozirda tashkilot 7-8 
million aholi yashaydigan hudud ustidan nazorat o‘matgan.
• 
Qurolli nizolaming davom etayotganligi va qochoqlar muammo- 
si- Yaman va Suriyadagi inqirozlar.
Yamanda Eron tomonidan qoilab-quvvatlanayotgan xusiylar 
(“Ansor Alloh”) guruhi 2014-2015-yillarda asta sekin Yaman о ‘z ta’sir 
doiralarini kengaytirishga erishdilar. 2015-yil 21-mart kuni Xusiy- 
laming Oliy inqilobiy kengashi Yamanda hfikumat ag‘darilganini 
e’lon qildi. Xusiylaming bunday harakatiga qarshi Saudiya Arabis- 
toni chegara tomon o ‘z qo‘shinlarini joylashtirdi. Xusiylar yetak- 
chisi Muhammad al-Xuti Saudiya Arabistoni tomonidan amalga 
oshiriladigan har qarday agressiyaga javob qaytarish bilan ogoh- 
lantirildi.
2015-yil 25-mart kuni Yaman prezidenti Abd Rabbux Mansur 
Xodi Saudiya Arabistonidan mamlakatga qo‘shin olib kirishini so‘rab 
murojaat qildi. Jami o ‘nta davlatdan iborat koalitsiya tashkil etildi. 
Saudiya Arabistoni 100 ta harbiy samolyot va 150 ming qo‘shin 
ajratgan bo‘Isa, Birlashgan Arab Amirliklari (30 ta ), Kuvayt (15
140


ta), Baxrayn (15 ta), Qatar (10 ta), Iordaniya (6 ta) harbiy samolyot) 
ajratdi. Misr va Pokiston ham koalitsiyaga jalb etildi. Shuningdek 
Marokash, Iordaniya, Sudan samolyotlari ham harbiy operatsiyalar- 
da ishtirok etdi. Harbiy operatsiya 

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish