O‘rtachamaydalashuchun silliq valli maydalovchi vallardan foydalaniladi. Maydalash oralig‗i belgilangan holda tartibga solinuvchi vallar orqali nozik materialni o‗tqazish orqali amalga oshiriladi. Bunday vallar orasiga uzatiladigan bo‗laklarni dastlabki o‗lchami o‗larning tuzilishi va elektrodvigatellarning quvvatiga bog‗liq holda 3dan 50mm gacha bo‗lishi mumkin.
Materiallarni qurutish. Mayda qilib maydalashdan avval bir qator materiallar namlikni yo‗qotish uchun qurutishdan o‗tkazilishi kerak. Nam material maydalanganda u bujmayishi, tegirmon futerovkasiga yopishib qolishi, transport tizimlarida to‗planishi mumkin. Namlangan materiallarni saralashda (elashda) va sinflarga ajratishda elakning to‗rlarini to‗ldirib qo‗yadi. Namlangan materiallarni qo‗llagan holda elektrodlarning preslanganligi qobiliyati ancha yomonlashadi. Qurutish harorati materialning xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi: masalan,marmarni uning dissotsiatsiya bo‗lmasligi uchun 650 °C dan yuqori bo‗lmagan haroratlarda qurutish lozim.
Maydaqilibmaydalash. Mayda qilib maydalash qurilmalarida foydalaniladigan maydalovchi jismlarning turiga bog‗liq holda sharli va sterjenli tegirmonlar farqlanadi. Sharli tegirmonlarda maydalovchi jism sifatida po‗lat sharlar, sterjenli tegirmonlarda esa metall sterjenlar xizmat qiladi.
4.6-rasm. Mayda qilib maydalash uchun uzluksiz ishlaydigan sharlitegirmon. 1 - yuklash voronkasi; 2 va 5 - korpusni valga maxkamlash uchun gupchaglar; 3 - devorlar; 4 va 13 - himoyalovchi plitalar; 6 - val; 7 - saqlagich elak; 8 -ventilyasiya patruboki; 9 - elak; 10-plitalar; 11 - kojux; 12 -yuksizlantiruvchi voronka.
Ayrim ferroqotishmalarni maydalashda, asosan ferromarganetsni mayda qilib maydalashda havoda muallaq bo‗lgan mayda changning portlashidan extiyot bo‗lish kerak. Buning uchun yuklanayotgan materialga odatda inert materiaaaaalnning tayyor pudrasi qo‗shiladi, u keyinchalik shixtovkalashda hisobga olinadi. Jumladan, УОНИ-13/45 turidagi qoplamalar uchun ferromarganetsni maydalashda unga eritiladigan shpat qo‗shiladi.
Kukunlarni tasniflash, agar bu ularga daslabki ishlov berish shartlari uchun zarur bo‗lsa, uni ishchi xonalarda chang tarqatmasdan amalga oshirish zarur bo‗lgan operatsiya hisoblanadi. Bu operatsiya titratma elaklar bilan amalga oshiriladi. Maydalangan material to‗r tortilgan titrovchi romga kelib tushadi.