Maydalangan materiallar tasnifi. Tasniflarning vazifasi materialni bo‗laklarga ajratilgandan va maydalangandan so‗ng yirikligiga ko‗ra ajratish hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun maydalagichlardan (bo‗lakli materialni bo‗lish uchun), mayda material uchun esa – turli tuzilishga ega elaklar yoki havo tasniflagichlari (separatorlari) ko‗llaniladi.
Mexanik va vibratsion (titragichli) elaklar eng keng qo‗llaniladi. Odatda elaklar yordamida saralashda ikki xil sinf olinadi – to‗r usti sinfi, unda zarralarning o‗lchami elak katagi o‗lchamidan katta bo‗ladi va to‗r osti sinfi, unda zarralarning o‗lchami elak katagi o‗lchamidan kichik bo‗ladi. Elakning unumdorligi to‗rning tavsifi bilan belgilanadi. Odatda jezdan yoki zanglamaydigan po‗latdan tayyorlangan elaklar qo‗llaniladi.
4.7-rasm.Titragichelak: 1 - to‗rli quti; 2 - elakka materialni uzatuvchi quvur; 3 - yaroqli maxsulotning chiqishi; 4 - chiqitni chiqarish quvuri; 5 - elektromagnit uzatma.
Ayrimmateriallarniqaytaishlashningxususiyatlari. Ayrim materiallarning, jumladan, metall marganets, kam uglerodli ferromarganets kabi materiallarning changsimon fraksiyalari havo qo‗shilib portlash xavfini yuzaga keltiruvchi aralashmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega. Bunday portlash-yong‗in chiqish xavfi mavjud materiallar uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
inert gazlar (ko‗pincha azot) muhitida maydalash;
inert qo‗shimchalar bilan maydalash.
Kukunmateriallarningfaoliyatinipasaytirishusullari(passivlashtirish). Elektrodlar qoplamasi komponentlari sifatida qo‗llaniladigan ko‗pchilik materiallar ishqorli reaksiyaga ega bo‗lgan suyuq shisha eritmalari bilan o‗zaro ta‘sirlashadi. Birinchi navbatda bu ayrim metallarga va ferroqotishmalarga tegishlidir. Ferrosilitsiy, kam uglerodli va o‗rtacha uglerodli uglerodli ferromarganets, metall marganets, mayda dispersli alyuminiy, kremniyli mis va boshqa shu kabi materiallar vodorodni ajratgan holda suyuq shisha bilan aks ta‘sirlashadi. Sanab o‗tilgan materiallarning faolligi ularning kimyoviy tarkibiga bog‗liq. Masalan, ferrosilitsiyda Si miqdorining oshishiga ko‗ra uning faolligi orta boradi. Si miqdori 25 – 30% bo‗lganda u butunicha FeSi temir seletsidlari ko‗rinishida bo‗ladi. Shuning uchun bunday ferrosilitsiyning faolligi uncha katta emas. Si miqdori ortib borgani sari ferroqotishmaning faolligi uzluksiz ortadi va Si miqdori ortib borgani sari ferroqotishmaning faolligi uzluksiz ortadi va Si va miqdori 75% ga etganda (ФС75 markasi) undan amalda foydalanib bo‗lmadi.
Suyuq shisha va faol materiallar o‗rtasida kechadigan reaksiyalar natijasida moylovchi massa ishchi xossalarini yo‗qotadi, sterjenga yuritilgan qoplama esa shishadi. Shu munosabat bilan qotishmaning mustaxkamligi keskin pasayadi va standart talablariga javob bermay qoladi.
O‗zaro ta‘sirlashuv darajasi qo‗llanilayotgan materialning faqat kimyoviy tarkibiga bog‗liq bo‗lmaydi; u ko‗proq darajada uning granulametrik tarkibi bilan, shuningdek, qo‗llanilayotgan suyuq shisha moduli bilan belgilanadi. Maydalangan material qanchalik yupqa bo‗lsa, u holda uning suyuq shisha bilan o‗zaro ta‘sirlashuv sirti shunchalik rivojlangan bo‗ladi. Suyuq shishaning moduli qanchalik past bo‗lsa, uning ishqorligi shuncha katta bo‗ladi va binobarin, uning kimyoviy
faolligi yuqoriroq bo‗ladi. Haroratning ortishi xam tegishli kimyoviy reaksiyalarning rivojlanishiga imkon beradi.
Kukunli materiallarga dastlabki ishlov berish bilan ularning suyuq shisha eritmalari bilan o‗zaro ta‘sirlashuvidagi faolligini pasaytirish mumkin. Ishlov berishning bunday usullariga quyidagilar kiradi:
passivlashtirishning suvli usuli, bunda kukun shaklidagi materialga suv bilan yaxshisi kuchli oksidlovchilarning (KMnO4 kaliy permanganat yoki K2Сr3O7 xrompik) suvdagi eritmasi bilan ishlov beriladi;