M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik


  Misrning  kurash  strategiyasi



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/63
Sana01.01.2022
Hajmi2,94 Mb.
#288339
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
Bog'liq
Diniy ekstremizm, missionerlik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash

6. 
Misrning  kurash  strategiyasi.  Misr  hukumatining  diniy 
ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi  kurash  strategiyasi  bevosita  va 
bilvosita  qarshilik  ko‘rsatish  usullarini  o ‘z  ichiga  oladi.  Bevosita 
qarshilik  ko ‘rsatish  o ‘z  ichiga  huquqni  muhofaza  qilish  organlari 
tomonidan  ko‘riladigan  chora-tadbirlami  o ‘z  ichiga  olib  u  haqda 
yuqorida  to‘xtalib  o ‘tildi.  Kurashning  bu  usuli  qabul  qilingan 
aksilterrorchilik  qonunlarining  huquqiy  asoslaridan  keng  foydalandi. 
Bilvosita  choralarga  esa,  hukumatning  muaassasalami  o ‘z  tarafiga 
og‘dirishga,  shuningdek,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy-ma’rifiy  chora- 
tadbirlami amalga oshirishga yordam beradigan dastak va tizimlar kiradi. 
Bugungi  kunda  bu  kurash  qurolli  qarshilik ko'rsatish  va  qatog‘onlardan 
tortib,  hozircha  samara  bermagan  murosaga  kelishga  urinishdek  xilma- 
xil uslublardan foydalangan holda olib borilmoqda.
66


Radikal  islom gumhlari  bilan muloqotlar  Mufitiyat  va  Vaqf vazirligi 
boshchiligidagi  rasmiy  diniy  muaassasalar  tomonidan  olib  borildi.  Bu 
guruh  vakillari  radikal  islom  gumhlari  faol  bo‘lgan  hududlarga  borib 
uchrashuv  va  bahslar  o ‘tkazishardi.  Lekin  bu  yo‘sindagi  xatti- 
harakatlarlar zo'ravonliklarning kamayishiga olib kelmadi.
Q o‘poruvchilik  xatti-harakatlarlarining  oldini  olish  va  unga  qarshi 
kurashda  hukumat  asosan  repressiv  choralardan  foydalandi:  favqulodda 
holat  e ’lon  qilish;  favqulodda  sudlar  tashkil  etish  va  amalga  oshirish; 
siyosiy  ishlar  bo'yicha  o'lim  jazosini  qo‘llash;  sud  qarorisiz  m a’muriy 
qaiorlar  yordamida  ayrim  shaxslami  hibsga  olish  va  sh.k.  Shuningdek,, 
terrorchilik  hurujlari  va  zo‘ravonliklaming  oldini  olishda  hukumat 
armiya  qismlaridan  faol  foydalandi. 
Misrda  qabul  qilingan  va  kuch 
ishlatishga  asoslangan  choralar  doirasida  profilaktik  hibsga  olish, 
qamoqda  saqlash  hamda  harbiy  tribunallar  faoliyati  alohida  o ‘rinni 
egallaydi.  Bunday  amaLiyotda  «Favqulodda  vaziyatlar  to 'g ‘risida»  gi  va 
«Harbiy 
tribunallar 
to‘g ‘risida» 
gi 
qonunlarga 
amal 
qilinadi. 
Shuningdek,  diniy  asosda  partiyalar  tuzish  taqiqlandi.  Bundan  tashqari, 
noqonuniy  ravishda  qurol  saqlaganlar,  zo‘ravonlikni  targ‘ib  etuvchilar, 
radikal  islomni  moliyaviy  qo‘llab-quvvatlovchilarga nisbatan  m a’muriy- 
jinoiy  choralar  belgilandi.  Shu  tarzda  Misr  hukumati  kuchli  repressiv 
choralar bilan bir qatorda kurashning huquqiy choralaridan ham  samarali 
foydalandi.
1990-yillarda  terrorchilik  aktlarining  kuchayishi  sababli,  Misr 
hukumati  «Terrorizmga  qarshi  kurash  to‘g'risida»  gi  qonunni  qabul 
qilishga  majbur  bo‘ldi.  Bu  qonunning  qabul  qilinishi  xavfsizlik 
idoralariga  ko'proq  imtiyozlar  berish  bilan  birga  ular  faoliyatining 
samaradorligini  ham  ta’min  etish  bilan  bog‘liq  edi. 
«Favqulodda 
vaziyatlar  to‘g ‘risida»  gi  qonun  mahbuslarga 
oliy  sud  va  uning 
bo‘linmalariga  30  kunlik  muddatda  appelyatsiya  bilan  murojaat  etish 
huquqini  berardi.  Bu  muddat  xavfsizlik  idoralariga  ashyoviy  dalillami 
to ‘plash uchun etarli  emas edi.  Hukumat shundan kelib chiqib, zo‘rlik va 
terror  bilan  bog‘liq  fiiqarolik  ishlarini  ham  harbiy  tribunallarda  ko^nb 
chiqishga  o'tkaza  boshladi.  Bu  qadamning  huquqiy  asosini  yaratish 
uchun  maxsus  farmon  ham  e’lon  qilindi.  1993-yilda  qabul  qilingan 
«Kasaba  uyiishmalariga  saylov to‘g ‘risida» gi qonun ham  1980-yillardan 
kasaba uyushmalarini  qo'lga olgan  islomchilarga qaratilgan edi.
67


0 ‘z  faoliyatining  dastlabki  davrida  Husni  Muborak  diniy  muxolifat 
bilan  kurashning  differensial  yondashuvga  asoslangan  strategiyasini 
ishlab  chiqdi.  Bu  siyosat  hukumatning  islom  harakatining  m o“ tadil 
qismiga  chidamli  munosabati  va  radikal  qismiga  keskin  javobida  o ‘z 
ifodasini 
topdi. 
M a’lumki 
Anvar 
Sadat 
davrida 
boshlangan 
liberallashtirish  siyosati  natijasida  Misrda  ko'ppartiyaviylik  tizimi 
yaratilgan  bo‘lsa-da,  islom  muxolifati  siyosatda  qatnasha  olmas  edi. 
Husni  Muborak  tomonidan  ishlab  chiqilgan  strategiyaga  asosan  islom 
guruhlari  parlament tarkibiga kirish  imkoniga  ega bo‘lishdi.  1987-yilda 
galdagi  saylovlarda  parlamentdagi  kuchlar  nisbati  dunyoviy  kuchlar 
foydasiga  hal bo‘lmadi.  Muxolifatning  m o“ tadil va  radikal  qismlarining 
o ‘zaro  birikib  ketishini  k o ‘zlagan  va  shu  yo‘l  bilan  diniy  va  dunyoviy 
qanotlaming  muvozanatiga  erishishga  qaratilgan  hukumat  strategiyasi 
amalga oshmadi.
Husni  Muborak  o ‘z  oldiga  milliy  birlikning  keng  asosini  yaratishni 
maqsad  qilib qo‘ygan edi.  Rasmiy  hukumat asosiy havf bo‘lmish radikal 
islom  harakatiga  qarshi  kurash  maqsadida,  turli  siyosiy  oqimlar  va 
harakatlar,  shu  jumladan,  m o‘tadil  islom  kuchlarini  birlashtirishga 
harakat  qildi.  Bu  kuchlarga  keng  imtiyozlar  yaratilgan  holda,  radikal 
islomni  yo‘q  qilishga  qaratilgan  murosasiz  kurash  olib  borildi.  Biroq 
radikal  islom  guruhlari  mamlakat  ichida  ham,  tashqarisida  ham 
terrorchilik  harakatlari  sodir  etishning  yuqori  sur’atini  saqlab  qolishga 
intildilar.
Radikal  islom  guruhlari  faolligi  va  ular  amalga  oshirayotgan 
harakatlaming  xavfi  о ‘sib  borayotgani  hamda  ilgari  qabul  qilingan 
choralaming  yetarli  samara  bermayotgani  bois,  Misr  hukumati  bu 
kuchlarga qarshi kurashga jiddiyroq yondashishga majbur bo‘ldi.
Maxsus  ishlab  chiqilgan  ilmiy  dasturga  ko‘ra,  Misr  hukumati  diniy 
ekstremizm va terrorizm bilan ham ichki,  ham tashqi jabhada kurash olib 
bora boshladi.  Davlat tomonidan  ishsizlik,  kam ta’minlangan oilalaming 
yashash  darajasining  pastligi,  savodsizlik,  uy-joy  yetishmasligi  kabi 
muammolami  yechishga  qaratilgan  tadbirlar  belgilandi.  Terrorchi 
tashkilot  a’zolarining  mutloq  ko ‘pchiligini  jamiyatdagi  o ‘m ini  aniq 
belgilab  olmagan  yoshlar  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham,  dunyoning 
deyarli  barcha  mamlakatlarida  aholining  qashshoqlashuviga  terrorizmni
68


oziqlantiruvchi  omillardan  bin  sifatida  qaralmoqda  va  uni  keltirib 
chiqaruvchi  sabablami  bartaraf etishga alohida e ’tibor berilmoqda.
Bu  borada  Misr  hukumati  qator  dasturlarni  amalga  oshirmoqda. 
Radikal 
islom 
tashkilotlarining  qashshoqlik, 
ishsizlik, 
aholining 
tabaqalashuvi  kabi  asosiy  tayanch  nuqtalaridan  va  mazkur  muammolar 
uchun  javobgarlikni  hukumat  bo'yniga  yuklash  imkoniyatidan  mahrum 
qilishga harakat  qilmoqda.  Shuningdek,,  davlat aholi  uchun  asosiy  oziq- 
ovqat  mahsulotlari,  neft  mahsulotlari,  elektr  energiyasi,  maoshga 
qo'shimcha to’lovlar,  suvdan bepul foydalanish kabilami  dotatsiyalashda 
davom etmoqda.
7. 

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish