M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik


  Terrorizmga  qarshi  kurashda  Misr tajribasi



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/63
Sana01.01.2022
Hajmi2,94 Mb.
#288339
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bog'liq
Diniy ekstremizm, missionerlik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash

5. 
Terrorizmga  qarshi  kurashda  Misr tajribasi.  Arab-musulmon 
davlatlari  ichida  terrorizm  muammosi  bilan  birinchi  to‘qnash  kelgan 
davlat  Misr  hisoblanadi.  Qayd  etib  o ‘tilganidek,  aynan  shu  yerda  1928 
yilda «Musulmon birodarlar» tashkiloti tuzilgan edi.  Shu tariqa bu havfli 
hodisa  bilan  kurashda  Misr  katta  tajriba  to‘pladi.  Shu  m a’noda 
musulmon  davlatlarining  terrorizmga  qarshi  kurashini  Misr  misolida 
tahlil qilish o'rinli.
«Musulmon birodarlar» tashkiloti  1940-yilga kelib o ‘z  faoliyatlarida 
ishontirish  usullaridan  voz  kechib  radikal  terrorchilikka  o'ta  boshladi. 
Davlat  tomonidan  1950-1960-yillarda  olib  borilgan  chora-tadbirlar 
natijasida  «Musulmon  birodarlar»  tashkiloti  faqatgina  yashirin  ish  olib 
borishga o'tishga majbur bo‘ldi.
1970-yilda Jamol Abdul Nosiming o ‘lmidan keyin Misrda hokimiyat 
tepasiga  Anvar  Sadat  chiqishi  bilan,  mamlakatning  ichki  va  tashqi 
siyosatida  keskin  o'zgarishlar  sodir  b o id i.  Sadat  va  uning  hukumati 
o ‘zlarini  din  va  diniy  qarashlaming  himoyachisi  sifatida  ko‘rsatishga 
harakat  qilib,  dinni  kuchaytirish  orqali  so‘l  kuchlarga  qarshi  kurashni 
asosiy maqsad qilib  quyishdi.  Bu  xayrixohlik yangi radikal  guruhlaming 
paydo  bo'lishiga  olib  keldi:  «At-takfir  val-hijra»  («Dahriylikda  ayblash 
va jamiyatdan  chiqish»),  «Al-Jihod  al-Muqaddas»  («Muqaddas jihod»).
1980-yillar  boshlarida  islomchilar  ommaviy  harakatlami  amalga  oshira 
boshladilar. 
1981-yilning 
sentyabrida 
hukumat 
konvensiyalararo 
to‘qnashuvlar  kelib  chiqishining  oldini  olish  maqsadida  keskin, 
kechiktirib  bo‘lmaydigan  choralami  ko‘ra  boshladi.  Barcha  muxolif 
siyosiy,  diniy  tashkilotlar  va  oqimlaming  vakil larini  hibsga  ohsh 
boshlandi.  Lekin bu choralar muvaffaqiyat keltirmadi.
Yuzaga  kelgan  vaziyatdan  islomchilar  zudlik  bilan  foydalanadilar. 
Olib  borilayotgan  g‘arbparastlik  siyosati,  Isroil  oldidagi  taslimchilik 
siyosati  («Kemp-Devid  shartnomasi»),  iqtisodiyotga  XVJ  mablag‘larini 
investitsiya  sifatida  jalb  etishga  urinish  qattiq  tanqid  ostiga  olinib
65


arablaming 
huquqlarini 
qayta 
tiklash 
uchun 
kurashga 
chaqira 
boshladilax.  1981-yilning 6  oktyabrida  harbiy parad vaqtida Anvar Sadat 
«Jihod»  tashkiloti  a ’zolari  tomonidan  o ‘ldiriladi.  Sadatning  o ‘limidan 
keyin  «Jixod»  tashkiloti  a’zolari  o ‘rta  asr  islom  xalifaligiga  o ‘xshagan 
islom  davlatini  tashkil  etish  maqsadida,  Asyut  shahri  ustidan  nazorat 
o ‘matishga  harakat  qiladi.  Lekin  ulaming  bu  rejasi  amalga  oshmadi.
1981-yil  14  oktyabrda prezidentlik  lavozimini  egallagan Husni  Muborak 
oldingi prezident siyosatini davom ettirdi.
Misr  boshidan  kechirgan  iqtisodiy  va  ijtimoiy  qiyinchiliklar 
(Misming  arab  dunyosida  yakkalanib  qolishi,  neft  va  paxta  narxining 
tushib ketishi, ulkan miqdordagi tashqi  qarz)  islom fundamentalizmining 
tiklanishiga olib keldi.  Bunga,  shuningdek,,  39  ming kishilik Misr harbiy 
kontingentining  AQSh  tomonida  turib  lroqqa  qarshi  o ‘tkazilgan 
«Sahrodagi  bo‘ron»  operatsiyasida  ishtirok  etishi  ham  turtki  berdi. 
Terrorchilik  harakatlari  faollashdi.  1993,  1995  va  1999-yillarda  Husni 
Muborakka  bir  necha  bor  suiqasd  amalga  oshirildi.  Ayni  paytda 
fundamentalistlar  kurashning  yangi  shakllarini  o'zlashtira  boshlashdi. 
Ular kasaba uyushmalarida rahbarlikni egallashdi, ochlik,  ish tashlashlar, 
kompyuter  tizimida  buzilishlami  amalga  oshirishdi.  Hukumat  bunga 
javoban  yana  ommaviy  qatog‘onlar bilan javob  berdi.  1996-yilda  Islom 
guruhi  yangi  siyosiy  partiya  -   Markaz  Partiyasini  tashkil  etdi.  U 
terrorizmdan voz kyechishini,  kurashning tinch  usullariga  o ‘tishini  e’lon 
qildi. Faqat Islom jihodi ilgarigi usullaridan voz kechmadi.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish