«Akromiylar» - islomdagi diniy-siyosiy harakat. 1997-1999-
yillarda Farg‘ona vodiysida paydo boigan. Uning asoschisi 1960-yilda
Andijonda tug‘ilgan Akrom Y o‘ldoshevdir. U vahhobiylik oqimiga
tayanib 1992-yilda 12 darsga m o‘ljallangan «Imonga yo‘l» deb
nomlangan dastumi ishlab chiqqan. Bu harakat vakillari faqat
Allohgagina e’tiqod qilib, Payg‘ambarimizga imon keltirmaydilar. Ular
bugungi mavjud tuzumni tan olmaydilar. Harakat a ’zolari davlat, qonun,
ota-onaga etnas, faqat oqim sardorlariga bo‘ysunish lozim deb
hisoblaydilar. Ulaming pirovard maqsadi islom davlatini qurishdir.
Akromiylar
siyosiy
hokimiyatga
erishishning
5
bosqichini
rejalashtirganlar: 1. «Sirli» yoki «maxfiy»; 2. Moddiy. 3. M a’naviy.
4. «Uzviy maydon»; 5. To'ntarish. Dasturda diniy taassubga moyilligi
bor shahs tanlab olinishi, uning moddiy hayoti yaxshilanishi,
ekstremizm, terrorchilik ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtirilishi,
boshliqning topshiriqlarini so‘zsiz bajarishi va, nihoyat, mavjud
konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, o ‘z hokimiyatlarini o ‘matishi
bayon etilgan. Akromiylar hozirgi kunda musulmonlarga namoz, ro‘za,
zakot, haj amallari farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamoqdamiz,
deb da’vo qiladilar. Toki islom davlati qurilmaguncha, mazkur
ibodatlami bajarish shart emas deb hisoblaydilar.
0 ‘zbekiston
musulmonlari bu oqimni islomga yot oqim deb baholadi. Oqim xalqning
keskin qarshiligiga uchrab, faoliyati barxam topdi.
«Nur»chilar diniy-siyosiy oqimi g ‘oyalarining mamlakatimizga
kirib kelishi 1992-yillardan boshlab kuzatilgan. Bu oqim asoschisi
turkiyalik Said Nursiy bo‘lib, maqsadi mavjud hokimiyat uchun qarshi
chiquvchi o ‘ta diniy-mutaassib, fanatik kishilami tarbiyalashdan iborat.
Dastlab oqim g ‘oyalari turkiyalik ekstremistlaming moddiy va
m a’naviy yordamida yoshlarimiz ongiga etkazilgan. Oqim ayniqsa
Termiz va Denov shaharlarida keng tarqalgan bo ‘lib, ko‘rilgan choralar
natijasi o ‘laroq ulaming payi o ‘z vaqtida qirqildi. Hozirgi kunda ular
mahfiy tarzda harakat olib bormoqdalar.
«Nur» chilar diniy bilim berish yo'li bilan islom aqidaparastligini
avj oldirish yo‘lini tutadilar.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida 0 ‘zbekistonda faoliyat
ko‘rsatgan ekstremistik ruhdagi harakatlardan biri «Tavba» sanaladi.
Unga Ozarbayjonda Xoji Abdullo asos solgan. 0 ‘zbekistonda bu
84
harakatga namanganlik Abduvali YoMdoshev va Isxoq Jabborovlar
rahbarlik qilgan.
Harakatning maqsadi «vahhobiylik»ni qo‘Ilab-quvvatlash, aholi
o‘rtasida mavjud tuzumga qarshi targ‘ibot ishlari olib borish, jangarilami
tayyorlash, ulami moddiy jihatdan rag‘batlantirib turish, pirovardida
hokimiyatni terror yo‘li bilan egallashdir. Ular turli talon-taroj va terror,
qo‘rqitish, bosim o ‘tkazish yo‘li bilan mablag‘lar topib o‘z moddiy
ehtiyojlarini qondirganlar. Bu yoMda Farg‘ona vodiysi hokimiyat
organlari xodimlariga va aholiga bir qator og‘ir aziyatlar etkazganlar.
Mazkur harakat davlatimizning tezkor harakati natijasida o‘z vaqtida
tugatildi.
1989-1991-yillarda 0 ‘zbekistonda «Islom uyg‘onish partiyasi»
faoliyat ko‘rsatgan. Bu partiyaning asosiy maqsadi - musulmon davlati
barpo etish. Ana shu partiya ayni Tojikistonda tartibsizliklami keltirib
chiqarib, ko‘plab kishilaming hayotlariga zomin bo‘idi.
«Islom lashkari», «Adolat» kabi oqimlar 1990-1992-yillarda
Namangan
viloyatida Abdulla O'taev,
Toxir YoMdoshev
kabi
vatanpurushlar boshchiligida faoliyat ko‘rsatgan. Ular 100-120 kishidan
iborat 60 dan ortiq guruhlar tashkil etgan. 0 ‘sha kezlari «Adolat»
harakati faollari drujinalar tuzib, kechki payt o ‘z mahallalaridan
tashqarida yurgan erkaklarni to‘xtatib ularga nisbatan tajovuzlar
qilishgan. Ichkilikka qarshi kurash bahonasida begunoh odamlarni
masjidlar oldidagi ustunlarga bog‘lab qo‘yishdek bedodlikka borishgan.
Bu harakat faoliyati 1992-yil mart-aprel oylarida tugatilgan.
Yuqorida Islom dinidagi «Vahhobiylik», «Hizbut - tahrir»
oqimlari, «Akromiylar», «Nur»chilar, «Tavba», «Islom lashkarlari»,
«Adolat», «Islom uyg‘onish partiyasi» va boshqalaming mohiyati,
mazmuni va maqsadlari haqida baholi-qudrat fikr yuritdik. Islomda
yuzaga kelgan bunday oqim va harakatlar qanday ko‘rinishda bo‘lmasin
ulaming asl maqsadi nimalardan iboratligini umumlashtirib quyidagilarni
aytish mumkin: «Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, g ‘animlarimizning
asosiy
niyati
-
O'zbekistonda
hukm
surayotgan
tinchlik
va
osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo
etayotgan farovon va osuda hayotini buzish, tobora kuchga kirayotgan
davlatimizni
ag‘darish,
tanlangan
yoMimizdan
qaytarishdir.
Odamlarimizning yuragiga vahima va qo‘rquv solish hisobidan ulaming
85
ertangi kunga boMgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo'yish,
yurtimizda, mintaqamizda o‘z manfaati. o‘z siyosatini o'tkazishdan
iborat».
Bizning vazifamiz hamisha ogoh va sergak boMishdan iborat. Hech
qachon Islom dini ota-bobolarimiz dini ekanini, u biz uchun ham imon,
ham axloq, ham diyonat, ham m a’rifat ekanini yoddan chiqarmasligimiz,
uni yuksak qadrlashamiz lozimligini esdan chiqarmaylik. Dinga hurmat
va e ’tiqod biz uchun oMmas qadriyat boMib qolmogM lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |