Bosh o ‘qlarining yo'nalishi bo'yicha qoziqli poydevorlar oddiy va
eshkaksimon turlarga bo'linadi. Oddiy qoziqlaming o'qi tik yo'nalgan bo'ladi,
cshkaksimonlamiki esa ta’sir etuvchi yuk yo'nalishi bo'ylab
a burchak ostida
egiladi ( 1 1.3-rasm). Bunday qurilmalar tirgovich devorlar, gumbazsimon inshootlar,
qirg'oq turg'unligini ta’minlovchi inshootlar poydevorlari ostiga o'rnatiladi.
Qoziqli poydevorlar barpo etishda quyidagi ashyolardan foydalaniladi:
yog'och,
beton, temir-beton va temir. Ular
k o 'n d a la n g q ir q im i
bo'yicha: yumaloq, oval,
kvadrat, to 'g'ri to'rtburchak va ko'pburchak
shaklida;
b o 'y la m a q ir q im i
bo'yicha
esa: silindr, konussimon, ostki qismi kengaytirilgan holda yasalishi mumkin.
11 .З-rasm. Eshkaksimon qoziqlar
Qoziqli poydevorlar
q o q ib k iritish , suv y o rd a m id a titr a tis h ,
b o sim o stid a
qisish
va
b u ra s h
usullari yordamida o'rnatiladi.
Tayyorlanish sharoiti bo'yicha ham qoziqli poydevorlarning
y ig 'm a
va
q u y m a
turlari mavjud. Yig'ma qoziqlar korxonada yasalib, qurilish maydoniga tayyor holda
keltiriladi, quyma qoziqlar esa shu maydonning o'zida loyiha asosida tayyorlanadi.
11.2 Q oziqli p o y d e v o rn in g tu r la r i
Y o g 'o c h q o z iq la r
asosan qarag'ay, eman, tilog'och daraxtlaridan yasaladi.
Buning uchun to'g'ri va sog'lom o'sgan
daraxt tanlab olinib, po'stlog'lari archiladi.
Yog'och qoziqlar yahlit, ba’zan bir hil o'lchovli bir necha yog'ochni ulash
yordamida ham
tayyorlanishi mumkin. Yahlit qoziqning uzunligi 4,5-12 m,
ulanganlamiki esa 20-25 m gacha bo'lishi mumkin. Shu bilan birga ulaming
ko'ndalang qirqimi 18-20 sm dan kam bo'lmasligi kerak. Yog'och qoziqning uchi
15-25° oraliqda nayzalanadi ( 1 1.4-rasm). Uning o'lchami nayzalanish burchagiga
moslab olinadi:
a =15° da / =
2d ( d - qoziq diamelri') va
a = 25° bo'lganda esa
l=d.
Agar grunt qatlamlarida qoziq qoqishga qarshilik ko'rsatuvchi to'siqlar
uchrasa, qoziqning uchiga temir yoki cho’yandan yasalgan nayza kiydiriladi. Gurzi
1 S 4
natijasida qoziqning ustki qismini ezilishdan
saqlash maqsadida
b u t e l (qalpoq)
dan foydalaniladi.
Yog'och
qoziqlardan
nam
gruntlarda
foydalanish
maqsadga
muvofiq. Bunday holatda ular doimo
mustahkamligini saqlaydi.
Yog'och qoziqlardan foydalanish
quyidagi afzallnklarga ega:
- o'matishda murakkab uskunalar talab
etmaydi va mustahkam bo'lganligi
uchun tashishga qulay;
o'matish
vaqtida
uzaytirish
imkoniyati bor;
to'la namlangan gruntlarda,
yoki suv oslida benuqson va
uzluksiz ishlaydi v. b.
Shu bilan birga o'zgaruvchan namlik sharoitda
ulaming tez chirishi bois
foydalanish muddatining qisqarishi, yuk ko'tarish qobiliyatining nisbatan kamligi va
yog'och ashyosining kamyobligi ulami qo’llash darajasini cheklaydi.
Beton qoziqlar qurilish maydonining loyihada belgilangan sathlarida quyma
holda tayyorlanadi. Buning uchun ma’lum nuqtalarda qoqish, bosib kiritish yoki
burg'ilash usullaridan biri yordamida chuqurlar kavlanadi. So'ng
bu chuqurlar
shibbalash yordamida beton bilan to'ldiriladi.
Beton qoziqlami dastlab 1899 yilda rus muhandisi Straus A. E. amalda
qo'llagan. U taklif etgan usul bo'yicha burg'ilash jarayonida gruntga yahlit quvir
tushiriladi. Ma’lum chuqurlikka yetgach, quviming ichki bo'shlig'i oz-ozdan beton
qatlami bilan to'ldiriladi va quvir asta-sekin sug'urib olinadi. Beton qatlamining
qalinligi 1,0 - 1,5m atrofida bo'ladi. Quvir ichiga beton
yuborishdan oldin undagi
suvni so'rib olish lozim. Quvimi sug'urib olish jarayonida undagi beton chuqumi
to'ldirib boradi. Bunda grunt-qancha bo'sh bo'lsa, beton yotqiziqlari shuncha
kengroq joyni egallaydi (11.5-rasm). Quvimi sug'urish jarayonida uning ichki
bo'shlig'ida beton bo'lishiga ahamiyat bermoq darkor. Aks holda bo'shliqqa grunt
tushib qolib, betonlash sifatini va qoziqning yuk ko'tarish qobiliyatini pasaytirishi
mumkin.
Beton
qoziqlar ichida
davriy shibbalash usuli yordamida o'matiluvchi turlari
ham keng tarqalgan. Bunda maxsus cho'yandan yasalgan uchli quvirlami urib kiritish
yordamida chuqurlar kavlanadi. Belgilangan sathga yetgach, quviming ichiga kichik
qatlamlab beton to'ldiriladi. Quyilgan beton gurzilar yordamida shibbalanadi va bu
jarayonda quvir asta - sekinlik bilan tortib olinadi.
Davriy shibbalash usulida o'matilgan beton qoziqlaming yuk ko'tarish
qobiliyati ancha yuqori bo'ladi.
urilishi
*d-
*
Do'stlaringiz bilan baham: