Mazkur ifodaga binoan qurilish maydonining seysmik mustahkamligi asosan
ikki
miqdorga, yani zilzila jarayonida vujudga keladigan tezlanish
( a s) va
muvozanat tezlanishi
( a m) ga bog’liq.
Zilzilaning tezlanishi
as tabiiy sharoitda hosil bo’lishi bois,
uning asosiy
ko'rsatkichlari: tebranish amplitudasi
A va davri
T ga inson deyarli ta’sir ko'rsata
olmaydi. Buning aksicha,
muvozanat tezlanishi
am zamin gruntlarining hossalari va
inshootdan ta’sir etuvchi yukning miqdoriga bog'liq bo'lgani uchun, uning
qiymatini istagancha o'zgartirish yo'li bilan zamin mustahkamligini oshirish
mumkin.
Zaminlaming zilzilaga nisbatan mustahkamligini oshirishga yo'naltirilgan
tadbirlar turlichadir. Ulaming ba’zilari gruntning mustahkamlik ko'rsatkichlarini
( p ,
c) oshirishga oid bo’lsa, boshqalari inshootning og’irligi,
yoki uning
qurilmalarini tanlashga qaratilgan.
Gruntning mustahkamlik ko'rsatkichlarini oshirish tadbirlarL Gruntning
mustahkamlik ko'rsatkichlari
(
ni oshirish bevosita muvozanat tezlanishi
a mva zaminning mustahkamlik koeffitsiyenti
miqdorini ko'paytirishga olib
keladi. Ushbu maqsadda quyidagi tadbirlami amalga oshirish mumkin:
- bo'sh va g'ovakli gruntlami butun qatlam bo'yicha zichlash;
- grunt zarralari aro bog'lanish kuchini kimyoviy usullar yordamida oshirish;
- grunt zarralari aro bog'lanish kuchini issiqlik ta’sirida oshirish;
- sizot suvlarini zamin atrofidan chetlatish va boshqalar.
Inshoot loyihasiga bo‘g’ liq tadbirlar. Ushbu tadbirlaming eng oddiysi
inshoot atrofini qo'shimcha yuklash va bo'sh g'ovak gruntlar qatlamini qisqartirish
bilan bog’liq.
Inshoot atrofini q о 'shimcha yuklash usulining mohiyali harqanday gruntning
tashqi yukdan hosil bo’luvchi tik zo’riqish ta’sirida
mustahkamligi oshishi
xususiyatiga asoslangan. M a’lumki poydevor uchun qazilgan xandaq ko'pincha shu
joydan olingan grunt bilan to'ldiriladi. Deyarli zichlashtirilmagan bunday to'kma
gruntlar bo'sh va g'ovak holida joylashuvi oqibatida, zilzila ta’sirida cho’kishga
moyil bo'ladi. Agar ular zilzilaga qadar nam holatda bo'lsa, zichlashuv jarayonida
aks bosim ta’ siriga uchrab, inshoot ostidagi gruntni yuksizlantirishga olib kelishi
mumkin.
Shuning uchun avvalo poydevor atrofiga to'kilgan gruntlar yetarli darajada
zichlanishi, uning ustidan esa zilzilaga chidamli ashyolar bilai yuklanishi
maqsadga muvofiq. Mazkur tadbir to'kilgan gruntlaming muvozanat tezlanishini
a m oshirish bilan birga, zaminning mustahkamligini ta’minlaydi.
Inshootga
taqab joylashtiriladigan qo’shimcha binolar, yoki zichlab
joylashtirilgan yirik toshlar qo’shimcha yuk o’ming bosishi mumkin.
G runt qatlam ini kamaytiruvclii tadbir sifatida poydevor chuqurligini
oshirish, yoki qoziqli poydevorlar qo'llash kabilami aytish mumkin.
Chuqur poydevorlar har qanday inshoot: sanoat va jamoat, ko'prik ustuni, suv
inshootlari va boshqalar uchun ham qo'l keladi. Bunda chuqur
poydevorlar
yordamida qo'shimcha yertlalar hosil bo'lib, ular keltiradigan foydani nazarda
tutilsa ushbu tadbimi beqiyosligiga ishonch hosil qilish mumkin..
Chuqur poydevorlar qo‘llanganda inshootdan
tushayotgan bosim zaminning
mustahkam, ko'p
yuk
ko'taruvchi qatlamlariga uzatilib, binoning
umumiy
turg'unligi ta’minlanishi shubhasisdir.
Shu bilan birga grunt qatlami bo'ylab chuqurlashgan sari uning mustahkamlik
ko'rsatkichlari
8>
Do'stlaringiz bilan baham: