^-g ru n tn in g dastlabki zichligi;
у - zichlangan gruntning zichligi.
Qumli qoziqlar yordamida zichlashtirilgan gruntning
yuk ko‘garish
qobiliyati 2-3 martta ortishi mumkin.
Portlatish yordamida lyoss
va lyossimon gruntlamimg
o'ta cho'kishini
kamaytirish maqsadida Abelev Y M. (1935 y .) taklif etgan usuli ham amalda keng
qo'llanadi. Mazkur usul orqali grunt quyidagi tartibda zichlanadi. Qurilish maydoni
ma’lum kvadratlarga bo’lib chiqiladi. Kvadratlaming o’lchami gruntning turiga,
portlatish
chuqurligiga, portlovchi moddaning turiga va b. bog’liq. Kvadratlaming
uchidan burg'i yordamida chuqurlar qaziladi.
Bu chuqurlarga zanjirsimon
jamlangan, har biri 50 g dan iborat portlovchi modda (ammonit) joylanadi.
Ammonitlar soni grunt turiga, uning zichlashish holatiga bog'liq bo'lib, amalda 1,0 m
masofaga 5 -lOdonadan to'g'ri keladi.
Portlatish natijasida burg'i chuqurligining eni ma’lum
miqdorga kcngayadi,
so'ng uni oz-oz miqdorda olingan mustahkam grunt bidan shibbalab to'ldiriladi.
Bunda bir vaqtda bir necha chuqurda ish bajarib bo’lmaydi, chunki biridagi portlash
yonidagilarga ta’sir ko'rsatib, devorlami o'pirib yuborishi mumkin.
Uzoq yillar davomida olib borilgan kuzatuvlar natijasi lyossimon gruntlami
portlatish yordamida zichlash hamma vaqt ham istalgan natijani beravermasligini
ko'rsatdi.
Bunga asosiy sabab
portlash vaqtida gruntning tabiiy tuzilmasining
buzilishi bo’lib, natijada erishilgan grunt g'ovakligini kamayishi 8-10%
dan
oshmaydi. Bu miqdor esa lyossimon gruntlaming mustahkamlik ko’rsatkichlarini
ko’zlagan maqsadda oshirmaydi.
Suv yordamida tilratib zichlash usuli qumli va yirik zarrali gruntlaming
bunday harakatlarga la’sirchanlik xususiyatiga asoslangan.
Ma’lumki. titrash jarayonida bunday gruntlaming
zarralari orasidagi
ishqalanish kuchi kamayadi. Natijada, ular o'zaro siljib, zarralaming sof og'irligi
ta’sirida zichlasha boshlaydi. Loyli gruntlarda (lyosslardan tashqari) bu usulni
qo'llab bo'lmaydi.
Titratkich sifatida yumshoq egiluvchan moslamadan foydalaniladi. Katta
tezlikda istalgan chuqurlikka tushish imkoniga ega bo'lgan bunday titratkichlar
grunt zarralari muvozanatini osongina buzadi.
Mazkur holatni yanada
jadallashtirish maqsadida 25 mm diametrli 2-2,5 m uzunlikdagi serteshik quvur
grunt qa’riga tushirilib, titrash jarayonida unga bosim ostida suv yuborib turiladi
(13.4-rasm).
Quvurdan yuborilgan suv yer sathiga ko'tarilgandan so'ng titratkich ishga
tushadi va o'z og'irligi ta’sirida cho'ka boshlaydi. Ma’lum
chuqurlikka yetgach,
titratkich teskari harakat bilan orqaga ko'tariladi. Natijada turg'unligi buzilgan
qumlar tebranish natijasida zich joylashib qoladi.
1 7 7
13.4-rasm. Serg’ovak qumlami titiratgich yordamida zichlash:
1-titratkich; 2-serteshik quvur; 3-guruntning o ’yilgan qismi.
Chuqurlar orasidagi masofani quyidagi ifoda yorlamida aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: