OMchash diapazoni. Bu asosan ko‘p
diapazonli asboblarga
tegishli bo'lib, asboning ko‘rsatkichining boshlangMch nuqtasidan
(qiym atidan) oxirgi nuqtasi (qiymati)gacha boMgan oraliq
hisoblanadi.
Sezgirlik darajasi — bu tavsif tekshirilayotgan kattalikning
boshlangMch qiymati oMchov asbobining chiqish signaliga qanday
ta ’sir ko‘rsatishini bildiradi.
Xususiy energiya sarfi.
Bu tavsif ham muhim hisoblanib,
asbobning oMchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritish! mumkin
boMgan xatoliklarni baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kichik
quwatli zanjirlarda oMchashlami bajarishda bujudamuhimdir.
Asbobning ishonchliligi — uning belgilangan ko‘rsatkichlami
vaqt mobaynida saqlash xususiyatini bildiradi. Bu ko‘rsatkichlaming
chegaradan chiqib ketishi asbobning layoqatligi pasayib ketgan-
ligidan dalolat beradi.
OMchash asboblarining tavsiflari quyidagi tartibda tavsiya etiladi.
Asbob xatoligi. OMchash
asbobining xatoligi absolut, nisbiy
va keltirilgan boMadi.
OMchash asbobining aniqligi — bu tavsif asbob xatoligining
nolga yaqinlashishini ko'rsatadi.
Sezgirlik — bu oMchash asbobining
asosiy parametrlaridan
biridir. Asbobning chiqish signali o'zgarishini shu o'zgarishning
sababchisi — kirish signaliga nisbati oMchanayotgan kattalikka
nisbatan asbobning sezgirligini belgilaydi.
Sezgirlik absolut va nisbiy turlarga bo'linadi
Asbob shkalasining ikkita yonma-yon belgilari orasiga to'g'ri
keladigan kattalik qiymati bo'lak qiymali deb ataladi yoki asbob
doimiysi deyiladi. Bo'lak qiymati absolut
sezgirlikning teskari
qiymatidir:
C=l/Sa
OMchash asbobining barqarorligi asbob metrologik xususiyat-
larining vaqt bo'yicha o'zgarmasligini ko'rsatuvchi sifatidir. Asbob
xususiyatlarining vaqt bo'yicha o'zgarishi qo'shimcha xatolikka olib
keiadi.
Ortiqcha yuklanish qobiliyati — asboblami ma’lum vaqtgacha
ijozat etilgan yuklamadan ortiqrog‘iga chidamligini ko'rsatadi,
bunda asbobning konstruksiyasidagi o'zgarishlar qoldiq xarakterga
egabo'lmasligi kerak.
Asbob ko'rsatkichining o ‘zgaruvchanligi (variatsiyasi) —
o'zgarmas tashqi sharoitda o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy
qiymatiga to'g'ri keladigan asbob ko'rsatkichlari orasidagi eng katta
farq bilan aniqlanadi. Ko'rsatkichning o'zgaruvchanligi
asosan
asbob qismlaridagi ishqalanish va ishsiz oraliq, elementlardagi
mexanik va magnit gisterezislariga bog'liq bo'ladi.
Asbob ko'rsatkichining o'mashish vaqti yoki tinchlantirish vaqti
deb kattalikni o'lchash vaqtidan boshlab asbobning qo'zg'aluvchi
qismini tebranish amplitudasi absolut xatolik darajasidan kam bo'lgan
vaqtgacha o'tgan davriga aytiladi. Ushbu vaqt analogli asboblar uchun
asosan 4 sekund qilib belgilangan. Termoelektrik va
elektrostatik
asbolar uchun bu vaqt
6
sekund qilib belgilangan. Raqamli asboblarda
o'lchash vaqti deb o'lchanayotgan kattalikni o'lchashda turg'un
ko'rsatish vaqti yoki o'lchashni boshlash davridan yangi
natijani
olguncha o'tgan vaqtga aytiladi, bunda hisoblash qurilmasi natijani
me’yorlangan xatolikda ko'rsatishi kerak.
O 'lchash asbobining puxtaligi deb asbobning berilgan
tavsiflami m e’yorlangan sharoitda, belgilangan
vaqtgacha saqlay
olishiga aytiladi. Asbob puxtaligining asosiy mezoni uni o'rtacha
beto'xtov ishlash vaqtidir:
Do'stlaringiz bilan baham: