M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova



Download 1,05 Mb.
bet136/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Muvofiqlashuv. O`zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog`lanishning alohida turini tashkil qiladi. Bunda so`zlardan birini hokim, birini tobe deb qarash qiyin, chunki qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo`lak qaratqich kelishigi shaklini oladi, o`z navbatida, qaratuvchining talabiga ko`ra qaralmish egalik affiksini qabul qiladi: bolalarning quvonchi, mening

kitobim, sening daftaring, ularning vazifasi kabi. Bunda munosabatdorlik (o`zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi.
Aslida moslashuv deyilganda, tobe so`z shaklining hokim so`z shakliga mos kelishi nazarda tutiladi. Bu holat rus tiliga xos, negaki moslashuv yo`li bilan tuzilgan qurilmalarda, jumladan, aniqlovchili birikmalarda tobe so`z hokim so`z bilan grammatik shaklda moslashib, hokim so`z bildirgan xususiy grammatik ma`nolarga ega bo`ladi. Masalan, interesnaya kniga birikmasida kniga hokim so`z bo`lib, bosh kelishik, birlik, jenskiy rod (jins) kabi xususiy grammatik ma`nolar anglatgan; tobe so`z (interesnaya) hokim so`zning aynan shu shakliga moslashib, xuddi shunday grammatik ma`nolarni ifodalaydi.
O`zbek tilida qaratuvchi va qaralmishning munosabati yuqorida qayd etilgan birikma qismlarining munosabatidan farq qiladi. Shuning uchun bunday bog`lanishni moslashuv deb emas, muvofiqlashuv deb izohlash lozim bo`ladi.
Demak, o`zbek tilida qaratuvchi va qaralmishning birikishi muvofiqlashuv asosida voqe bo`ladi.


      1. §. So`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvi


Gapda so`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvi quyidagi vositalar orqali bo`ladi:

  1. Affikslar. O`zbek tilida so`zlarning o`zaro sintaktik munosabatga kirishuvida turlovchi va tuslovchi affikslarning xizmati katta. Masalan: Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to`ladi (O`.H.). Bu gapdagi so`zlar o`zaro kelishik affikslari (-ning, -ga), egalik affiksi (-i) va shaxs- son affiksi (-di) orqali sintaktik aloqaga kirishgan.

  2. Yordamchi so`zlar. Ko`makchilar, bog`lovchilar gapda so`zlarning o`zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi. Masalan: Xalqning ulug`vorligi uning soni bilan o`lchanmaydi, yagona o`lchov uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir. («Tafakkur gulshani»). Bu gapda ot (soni) fe`lga (o`lchanmaydi) bilan ko`makchisi orqali bog`langan; kamoloti, barkamolligi so`zlari teng aloqaga kirishib, uyushgan ot kesim vazifasini bajargani holda va bog`lovchisi yordamida sintaktik munosabatga kirishgan.

Ba`zi hollarda yuklamalar ham bog`lovchi vazifasida kelib, gaplar, so`zlar orasidagi sintaktik munosabatni ko`rsatib keladi: Bugundan boshlab yotoq joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi. (P.Q.).

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish