Annotation
The textbook is intended for students on speciality 5111700 – of primary education and sport, educational work. It is considered theoretical knowledge of mother tongue, its phonetics, script, orthography, orthoepy, lexicology, lexicography, phraseology, knowledge of morphemes, word- building and grammatical structure of Uzbek language, grammar, morphology and syntax system. This textbook explain independent parts of speech: the noun, the adjective, the numeral, the pronoun, the verb, the adverb, form – words, the sentence, the types of sentence, the parts of sentence and others.
Taqrizchilar:
|
SH. YO`LDOSHEVA, Nizomiy nomidagi TDPU BTM kafedrasi dotsenti
A.RAFIYEV, filologiya fanlari nomzodi
|
Muharrir:
|
Jamoatchilik asosida dotsent M.HAMRAYEVning tahriri ostida chop etilgan
|
Oliy ta‘lim jonkuyari, chin inson, marhuma Ra’no opa Ikromovaning porloq xotirasiga bag`ishlaymiz
SO`ZBOSHI
Mazkur darslik Nizomiy nomidagi TDPU professorlari D.Muhamedova, D.X.Shodmonqulova hamda dotsent M.A.Hamrayevlar tomonidan tuzilgan “Ona tili” dasturi (2009-yil) asosida yozildi. Bu darslik oily o`quv yurtlarining boshlang`ich ta`lim, defektologiya, pedagogika-psixologiya, maktabgacha ta`lim kabi nofilologik (ya`ni ona tili chuqur o`rganishga ixtisoslashmagan) mutaxassislik talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, umumiy tilshunoslikdan hamda ona tili fanining barcha bo`limlari bo`yicha shu mutaxassisliklar o`quv rejalarida ajratilgan soat hajmida ma`lumot beradi.
Bu darslikni yozishda “Ta`lim to`g`risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi davlat ahamiyatiga ega bo`lgan hujjatlar va jahon hamda o`zbek tilshunosligi bo`yicha keyingi yillarda yaratilgan ilmiy ishlar dasturulamal bo`lib xizmat qildi. Darslikda umumiy tilshunoslikka oid masalalar, o`zbek tilining fonetikasi, Lug`at boyligi, lug`atshunosligi, grammatik qurilishi, uslubiyati, ishorat qoidalari haqida batafsil ma`lumot beriladi. Darslik an`anaviy tilshunoslikning boy tajribasidan hamda system-struktur tilshunoslikning keyingi yillarda qo`lga kiritgan ijobiy yutuqlaridan unumli foydalangan holda yaratildi.
Darslikning “Fonetika”, “Orfografiya”, “Orfoepiya”, “Sintaksis” bo`limlari prof. D.A.Muhamedova tomonidan, “Tilshunoslikdan umumiy ma`lumot”, “Leksikologiya”, “Uslubiyat”, “Ishorat qoidalari” bo`limlari, “Morfemika”, “So`z yasalishi”, “Grammatika”, “Olmosh”, “Yordamchi so`zlar”, “Alohida guruh so`zlar” mavzulari dots. M.A.Hamrayev tomonidan, “Ot”, “Sifat”, “Son”, “Fe`l”, “Ravish” mavzulari prof. D.Shodmonqulova tomonidan yozildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |