Assalomu alaykum Mavzu: Otlarda egalik, kelishik va ko’plik kategoriyalarining ishlatilishi. REJA: - Egalik shakllari.
- Kelishiklar haqida ma’lumot.
- Ko’plik shaklining ishlatilishi.
OT Eski o ‘zbek tilida ham ot turkum ichidagi so‘zlar ko‘plik, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga ega bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bu kategoriyalarni ifodalovchi shakllar maxsus affikslar yordamida hosil bo’ladi va bu affikslarning qo‘shilishida ma’lum tartib mavjud, ya’ni: ot (o‘zak-negiz)+ ko‘plik affiksi + egalik affiksi + kelishik affiksi (og’+ lar+ im + ni kabi). Ko‘plik, egalik, kelishik, affikslari ot turkumiga xos bo’lib, boshqa turkumdagi so‘zlarga qo‘shilganda bu so‘zlar otlashadi (substantivlashadi) va gapda ot vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |