Misol: derazaning oyna solingan yuzasi
2,2 m2. Xonada 4 ta deraza bor. Oyna-
langan umumiy yuza: 2,2 • 4 = 8,8 m2. Pol
maydoni 48 m2.
w 8,8 ,
YK = —r-, ya’ni 1:5.
48
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti (TYK)
ni aniqlash. Tabiiy yoritilganlikni aniqlash
uchun hozirgi kunda sanitariya amaliyotiga
yorug‘likni sezuvchan fotoelement (selen
fotoelementi) va unga ulangan strelkali gal-
vanometrdan iborat obyektiv luksmetrlar
qo‘llaniladi (21-rasm). Yo‘rug‘lik nurlari fo-
toelementga tushganda fotoelektr toki paydo
A bo‘lib, u galvanometr strelkasini siliitadi.
21-rasm. Luksmetr: , , . . , , ,,
1 - strelkali Yoritilish qancha intensiv bo‘lsa, strelkaning
galvammetr- og‘ish burchagi shuncha katta bo‘ladi. Gal-
- fotoelement. vanometrning ko‘rsatishlari yoritilganlikning
Lampaning quvvati,
|
Tarmoqdagi
|
O‘lchanish, V
|
W
|
127
|
220
|
110 gacha
|
2,4
|
2,0
|
100 va bundan ortiq
|
3,2
|
2,5
|
Havo almashinuvi sonini aniqlash. Havo almashinuvi soni — xonadagi havo bir soat mobaynida necha marta to‘liq alma- shinuvini ko‘rsatadigan sondir. Tabiiy ventilatsiyada havo almashinuvi sonini bilvosita metod bilan aniqlash mumkin. Buning uchun xonadagi karbonat angidrid gazi miqdori, uning kubaturasi aniqlanadi, xonada bo‘lgan odamlarning soni sanaladi va formula bo‘yicha havo almashinuvi soni hisoblab chiqariladi:
P 22,6 • N
bunda: S — havo almashinuvi soni; 22,6 — katta yoshli odam bir soat ichida nafas oladigan havo tarkibidagi karbonat angidrid gazining litrlardagi miqdori; N— xonadagi kishilar soni;
p — xonadagi tekshirilayotgan karbonat angidrid gazining promilli hisobidagi konsentratsiyasi; K— xonaning kub metr hiso- bidagi hajmi.
Misol. N=12 kishi, K=250 m3, p=1,48%,
_ = 22,6 • 12 = 13
S (0,48-0,4) • 250 3,56 .
Sun’iy ventilatsiya bo‘lganda avval xonaga kirayotgan havo miqdori aniqlanadi. Buning uchun ventilatsion teshik maydoni quvurning ko‘ndalang kesimidagi havo harakati tezligiga ko‘pay- tiriladi. Havo harakati tezligini anemometr yordamida havo o‘t- kazgich kesimining bir necha nuqtalarida aniqlanadi, hisoblash uchun esa o‘rtacha tezlik olinadi. Bu holda havo almashinuvi soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda: S — havo almashinuvi soni; V — xonaga 1 soat ichida (kub metrlarda) kiradigan (yoki haydaladigan) havo miqdori; K — xonaning hajmi.
Kvartirani sanitariya jihatdan tekshirish kartasi
Manzil
Uy №
Kvartira №
Ijarachi familiyasi
Kimning ixtiyorida: turarjoy bo‘limi, turarjoy-qurilish ko- operativi, muassasa
Qavat . Kvartiradagi turarjoy xonalari soni .
Ulardan ko‘chaga qaragani , hovliga qaragani
. Qo‘shni binolarning soyasi tushadimi? — ha, yo‘q.
4. Kvartiraning umumiy maydoni _ m2, umumiy kubaturasi
m3.
5. Kvartirada yashovchi oila soni . Jami kishi,
ulardan 14 yoshgacha bo‘lganlar .
6. Har bir odam uchun turarjoy maydoni
odam uchun havo kubi m3.
Devorlari g‘ishtdan, yog‘ochdan. Ichki pardozi va uning ahvoli zaxlik bor, yo‘q. Uning sabablari .
Isitilishi markaziy , pechka bilan ,
bekam-ko‘stmi — ha, yo‘q; yetarlimi ha, yo‘q. Tekshirish
paytida turarjoy xonalaridagi havo harorati .
Ventilatsiya: markaziy — ha, yo‘q; ishlaydi — ha, yo‘q. Fortochkalar — bor, yo‘q. Ikkiyoqlama shamollatish — mumkin, yo‘q; qo‘llaniladi — ha, yo‘q.
Oshxona: tabiiy yoritilish — yetarli, yo‘q. Plita — gaz plita (gorelkalar soni), o‘t yoqiladi. Ventilatsion panjalar — bor, yo‘q; tortish kuchi — bor, yo‘q. Devorlari va polning ahvoli
. O‘tin, axlat qayerda saqlanadi , sanitariya
holati .
Kvartirada shovqin — bor, yo‘q, uning kelib chiqishi
Turarjoy xonalarida har xil hidlar, zaxlik bormi — ha, yo‘q, paydo bo‘lish sabablari .
Yashab turgan kishilarning shikoyatlari .
Qo‘shimcha ma’lumotlar.
Tekshiruv o‘tkazilgan kun .
Imzo
Nazorat savollari
1. Xonadagi tabiiy va sun ’iy yoritilganlik darajasi qanday omillarga bog‘liq?
2. Turarjoylar mikroiqlimi va ventilatsiyasiga qanday gigiyenik talablar qo ‘yiladi ?
Masala va mashqlar
Derazaning oyna solingan qismi maydoni 1,6m2, polmaydoni 14m2. Yorug‘lik koeffitsiyentini hisoblang, u odam yashaydigan xona uchun yetarlimi?
1200 kishiyashaydigan turarjoy binosida axlatyig‘ish uchun 2 ta konteyner bor, konteyner sig‘imi 0,5 m3. Bu yetarlimi?
TEZKOR SAVOLLAR
Turarjoylar qurishda havo yo 'nalishi hisobga olinadimi?
A «Ha». B. «Yo ‘q».
Yer osti suvlarining chuqurligi turarjoylar qurishda hisobga olinadimi?
A. «Ha». B. «Yo ‘q».
3. Shamolning yo 'nalishi ko 'proq shimoldan janubga bo 'Isa, aholi yashash joyi janubda bo'lsa, shimolga ohakzavodiqurish mumkinmi?
A «Ha». B. «Yo ‘q».
4. Turarjoy binolarida ikki tomonlama ventilatsiyaning ahamiyati bormi?
A «Ha». B. «Yo ‘q».
Yoritilish birligi vatt bilan belgilanadimi?
A. «Ha». B. «Yo‘q».
TEST SAVOLLARI
Yoritilish birligi nima bilan belgilanadi?
A. «Vatt». B. «Luks». C. «Volt».
«Amper». E. «Lumen».
Yoritilganlik qaysi asbob bilan aniqlanadi?
Luksmetr. B. Ampermetr.
Voltmetr. D. Termometr.
Eslab qoling!
Yorug‘lik koeffitsiyenti — derazalarning oyna solingan maydonining pol maydoniga nisbati.
Tabiiy yoritilish koeffitsiyenti — xona ichi yoritilganligining ayni vaqtda xonadan tashqaridagi yontilganlikka foizlarda ifodalangan nisbati.
BOB OVQATLANISH GIGIYENASI
Ovqatlanishining gigiyenik ahamiyati. Inson organizmining bekam-ko‘st rivojlanib yashashini ta’minlaydigan asosiy omil- lardan biri ovqatdir. Ovqat energiya manbayi hisoblanadi. Yeyil- gan bir gramm ovqatning organizmda ajratadigan issiqligiga qarab ovqatning quvvati aniqlanadi. Moddalar almashinuvi jarayonida organizm hayotini ta’minlovchi energiya hosil bo‘ladi, yo‘qotilgan suyuqlik miqdorining o‘rni to‘ladi (suyuqlik almashinuvi), mineral moddalarga bo‘lgan ehtiyoj qondiriladi (mineral almashinuvi), sintetik jarayon uchun sarflangan organik moddalar o‘rni ham to‘ladi (plastik almashinuv).
§. SOG‘LIQNI SAQLASHDA RATSIONAL OVQATLANISHNING AHAMIYATI
Ratsional ovqatlanish aholi sog‘lig‘iga, jismoniy rivojlanishga, kasalliklarga bardoshlilikka ta’sir qiladigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jismoniy rivojlanishning to‘la qimmatli ovqat- lanishga bog‘liqligiga mustamlaka mamlakatlarda yashovchi aholining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari yaqqol misol bo‘la oladi. Ovqat ratsionining yetarli emasligi mehnat qobiliyatiga ta’sir qiladi, bu tez charchash, ish qobiliyatining pasayishida o‘z ifodasini topadi. Bolalarning yetarlicha ovqatlanmasligi o‘sish va jismoniy rivojlanishning kechikishiga olib keladi. Ratsional va yetarli darajada ovqatlanish odamning turli kasalliklarga, tabiiy va orttirilgan immunitetni saqlab qolishiga imkon beradi. U organizmning energiyaga, plastik va boshqa materiallarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib, bunda zarur modda almashinuvi dara- jasini ta’minlashi kerak. Ratsional ovqatlanishning asosiy ele- menti, bu ovqatlanishning muvozanatlanganligi va to‘g‘ri ovqatlanish rejimi hisoblanadi. Muvozanatlangan ovqatlanish asosiy oziq-ovqat moddalari — oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalarning miqdor va sifat jihatdan
optimal nisbatda bo‘lishini ko‘zda tutadi. Bunda organizmda sintez qilinmaydigan, alishtirib bo‘lmaydigan aminokislota- larning muvozanatlanganligi alohida ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ovqatning kimyoviy tarkibi organizmning turli-tuman tok- sinli moddalar ta’siriga chidamini oshirishi va ularning orga- nizmdan chiqarilishiga imkon berishi aniqlangan. I.P. Pavlov va uning izdoshlari o‘tkazgan tadqiqotlarda ovqat xarakteri hazm xarakterini belgilab berishi isbotlangan. Shuning uchun ovqatlanishga eng muhim davo omillaridan biri sifatida qa- raladi. Taniqli gigiyenist G.V. Xlopin organizmning kasallik qo‘zg‘atuvchi ta’sirlarga bardosh berish qobiliyati, odamning aqliy va jismoniy rivojlanishi uning yaxshi ovqatlanishiga bog‘liq deb aytgan edi.
Ovqatga qo‘yiladigan asosiy gigiyenik talablar quyidagilardan iborat: ovqat odam mehnatining og‘ir-yengilligi, yoshi, sog‘lig‘i, holatiga muvofiq tarzda organizmning energiya sarflarini qop- lashi; plastik maqsadlar va barcha fiziologik jarayonlarning normal kechishi uchun zarur bo‘lgan barcha oziq moddalarni yetarli miqdorda saqlashi; ishtahani ochadigan, xushta’m, yoqimli hidga ega bo‘lishi, tashqi ko‘rinishi chiroyli, to‘yinish sezgisini qo‘zg‘atishi kerak; tegishli temperaturada bo‘lishi; bezarar bo‘- lishi, ya’ni toksinli moddalar va patogen bakteriyalar saqlamasligi kerak; ovqatlanish turli oziq-ovqat moddalar miqdori bo‘yicha muvozanatlangan bo‘lishi; ovqatning umumiy energetik qimmati kun mobaynida uni bo‘lib-bo‘lib qabul qilish bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi lozim.
Umumiy ovqatlanishning aholini ehtiyojlarini qondirishdagi rolini ko‘tarish, ishchilar, xizmatchilar va o‘quv yurtlari o‘quvchilarining ish va o‘qish joyida issiq ovqat bilan ta’min- lashni yaxshilash, aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish, parhez ovqat korxonalari tarmog‘ini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
guruh — asosan aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan xodimlar (korxonalarning rahbarlari, ilm-fan xodimlari, mehnati asab zo‘riqishini talab qiladigan turli kategoriyadagi xodimlar (boshqarish pultlarida ishlaydigan xodimlar, dispetcherlar va b.);
guruh — yengil jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan xo- dimlar (mehnati bir qadar jismoniy kuch talab qiladigan muhandis-texnik xodimlar, avtomatlashgan jarayonlarda ishlaydigan xodimlar, tibbiyot hamshiralari, sanitarkalar va b.);
Do'stlaringiz bilan baham: |