M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Gaz chiqib turganda o‘tkir zaharlanish yuz berishi mumkin. Gazlashtirilgan xonadonlarda havo ifloslanishining oldini olish



Download 422,93 Kb.
bet82/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Gaz chiqib turganda o‘tkir zaharlanish yuz berishi mumkin. Gazlashtirilgan xonadonlarda havo ifloslanishining oldini olish




uchun maxsus choralar ko‘rish — gaz asboblarini to‘g‘ri ishlatish, qunt bilan shamollatish va boshqalarni amalga oshirish kerak. Xonalarda optimal havo muhitini yaratish uchun ventilatsiya — xonadagi ifloslangan havoni birmuncha toza tashqi havo bilan alishtirishdan foydalaniladi. Xona havosini bir soat mobaynida tashqi havo bilan necha marta almashtirish mumkinligini ko‘rsatuvchi son karrali havo almashinuvi nomini olgan. Xonaga vaqt birligida berish zarur bo‘lgan ventilatsion havo miqdori bir qancha omillarga — xona kubaturasi, kishilar soni, bajariladigan ish xarakteri, xona havosidagi zararli moddalar miqdoriga bog‘liq. Chunonchi, SNiP «Turarjoy binolari» Loyihalash normalari II- L. 1.-71 ga binoan turarjoy xonalarida har 1 m2 sath hisobiga 1 soat mobaynida 3 m3 havoni, gazlashtirilgan oshxonadan esa — to‘rt komforli plita bo‘lganda kamida 90 m3 havoni chiqarishni ta’minlashi kerak. Tabiiy va sun’iy shamollatish farqlanadi. Tabiiy ventilatsiya deganda xona havosining fortochkalar, framugalar, ventilatsion kanallar orqali tashqi havo bilan almashinuvi tushunilib, bu tashqi va xona havosi temperaturalarining farqi ta’siri ostida, shuningdek bosimning farqi natijasida amalga oshiriladi. Havoning qurilish materiallaridagi teshiklar, deraza- lardagi yoriqlar va shu kabilar orqali infiltratsiyasi tufayli bir soat mobaynida xonada taxminan bir marta almashinuvi amalda ta’minlanadi.
Tabiiy havo almashinuvi (shamollatish) uchun framugalar qurish g‘oyat maqsadga muvofiq. Ular deraza yuzasiga nisbatan 45° burchak ostida ochiladi, bu sovuq havoning oldindan ilib kirishiga imkon beradi. Bu hatto qishda ham framugalarni odamlar bo‘lgan paytda uzoq vaqtgacha ochiq qoldirish imkonini beradi. Yelvizak shamollatish, ayniqsa, yaxshi samara beradi, buning uchun binoning qarama-qarshi tomonlarida derazalar bo‘lishi zarur.
Bunda 3—5 minut ichida xona havosini tashqi havo bilan batamom alishtirish mumkin. Tabiiy havo almashinuvini ku- chaytirish uchun ichki devorlarda maxsus kanallar qilinadi. Isigan uy havosi yuqoriga ko‘tarilib, kanallar orqali tashqariga chiqadi, tashqi havo esa bemalol xonaga kiradi. Tortma teshiklar oshxo- nalar, hojatxonalar, vannaxona devorlarining yuqori qismida joylashadi. Tortma teshiklarni kuchaytirishga zarurat bo‘lgan hol- larda zarur karrali almashinuvini ta’minlaydigan maxsus mos- lamalar o‘rnatiladi.




Bunday moslama sun’iy tortma ventilatsiya deyiladi. Sun’iy ventilatsiya mahalliy (ma’lum xona, joy uchun) va markaziy (butun bino uchun) bo‘lishi mumkin. Tabiiy ventilatsiyadan farqli ravishda u tashqi havo temperaturasi va bosimining o‘zga- rishlariga bog‘liq bo‘lmaydi, doimiy va bir me’yorda ishlaydi. Markaziy ventilatsiya havo kiritadigan, tortma va kombinatsiya qilingan (kiritadigan-tortadigan) bo‘lishi mumkin. Havo kirita­digan ventilatsiya vositasida xonaga toza atmosfera havosi beri- ladi, ifloslangan havo esa fortochka va framugalar orqali chi- qariladi. Havo almashinuvini kuchaytirish uchun bunday sistema jamoat binolarida (kasalxonalar, teatrlar va boshqalarda) ishla- tiladi. Tortma ventilatsiya xonalardan havoni mexanik usulda chiqaradi, sof havo oqimi esa derazalar, yoriqlar orqali kiradi. Binoda havo kiritadigan tortma ventilatsiya bo‘lganda ayrim xonalar uchun yoki bab-baravar havo kiritadigan va tortadigan yoki biri ikkinchisidan ustunlik qiladigan moslamalar o‘rnatiladi. Chunonchi, masalan, havosi qo‘shni xonalarga kirmasligi kerak bo‘lgan xonalarda (oshxona, hojatxona, narsalar saqlanadigan omborxonalar) tortma moslama havo kiritadiganidan ustunlik qilishi lozim. Havoning sof bo‘lishiga alohida ahamiyat beri- ladigan xonalarda (operatsiya xonalarida) havo kiritish tortishdan ustunlik qilishi kerak. Havo kiritib, uni alishtirishni plyus belgisi bilan, tortishni esa minus belgisi bilan ifodalash rasm bo‘lgan. Sun’iy ventilatsiyaning eng takomillashgan turi konditsionerlash hisoblanib, uning yordamida xonada zarur mikroiqlim sharoitlari (temperatura, namlik, havo harakati) vujudga keltiriladi. Kon- ditsionerlardan havoni changdan tozalash, uni ozonlash va dezodoratsiya qilish (badbo‘y hidlarni yo‘qotish)da foydalanish mumkin. Shamollatishning bu turidan turarjoy va jamoat binolarida, davolash va bolalar muassasalarida, samolyot kabinalarida va boshqalarda foydalaniladi.

  1. §. QISHLOQDA TURARJOYLAR VA ULARNI LOYIHALASH

Qishloqlar ham xuddi shaharlar kabi sanitariya nazorati idoralari tasdiqlagan loyihalar bo‘yicha qurilmog‘i lozim. Yangi qishloq qurish yoki mavjud qishloqni kengaytirish ham xuddi shahar aholi mavzelari uchun joy ajratishdagi kabi gigiyenik talablarga asoslanadi. Maydonning qumtuproqli yoki soztuproqli


  1. - M.A. Azizov


113




bo‘lgani ma’qul. Bu loygarchilik va yog‘in-sochinlar davrida ortiqcha zaxlashning oldini oladi. Maydonning joy relyefiga ko‘ra yoki qum uyumlari ta’siridan tabiiy himoyalanadigan bo‘lgani yaxshi. Qishloq joylarda, asosan, kam qavatli uylarning devorlari sinchlardan yoki paxsa devordan tiklanadi. Ikkala tomoni suvalgan sinchlik devorlar (eni 20—25 sm) issiqlik o‘tkazmaydigan xossalarga ega.
Uy bilan ko‘cha o‘rtasida 6—7 metr masofa bo‘lishi hamda uy ko‘chadan qo‘rg‘oncha bilan ajratilishi kerak. Chang va shovqindan himoyalanish uchun ko‘chaning ikki tomoniga daraxtlar ekiladi. Qo‘rg‘onchaning toza (yashaydigan uy, quduq, yerto‘la va boshqalar) va ifloslanadigan (hovlidagi hojatxona, kir o‘ra va go‘ng yig‘iladigan joy) xo‘jalik qismlari alohida-alo- hida loyihalashtiriladi. Kanalizatsiya bo‘lmaganligi tufayli lyuft- klozet tipidagi issiq hojatxona qurish, isitishda issiqlik sig‘imi katta pech yoki yakka tartibda bug‘ bilan isitish vositalaridan foydalanish mumkin. Aholi yashaydigan mavzelar qurishda qulay va sog‘lom hayot tarzi nazarda tutiladi. 1970—80-yillar urba- nizatsiyasi ayni O‘zbekiston muhitida qurilishini oldindan tu- zilgan bosh rivojlanish loyihalarisiz olib borilishi ko‘pgina gigiyenik muammolarning keskinlashishiga olib keldi. Vodop­rovod suvining yetishmasligi, atmosfera havosining tobora ko‘p ifloslanib borishi, ko‘chada shovqin-suronning oshishi, shahar ichidagi transport qiyinchiligi va ko‘cha travmatizmining oshib borishi, ko‘kalamzorlar va faol dam olish joylarining yetishmasligi tufayli odamlarning asabi buziladi.

  1. §. SHAHAR QURILISHIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR


Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish