M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri



Download 422,93 Kb.
bet81/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

2—0,3 m dan oshmasligi kerak.

Katta tezlikda yelvizakni his qilishga to‘g‘ri keladi. Binolarning zaxligi odamga yoqimsiz ta’sir qiladi. Zax, sovuq devorlar organizmni issiqlikni idora qilishining buzilishiga, shamollash kasalliklari avj olishiga, revmatizm, sil, buyrak kasalliklarining qo‘zishiga imkon beradi. Zax xonada devorlarida kulrang dog‘lar va mog‘or paydo bo‘ladi, yopishtirilgan gulqog‘ozlar ko‘chib tushadi, choyshab va yostiq jildlari namiqib qoladi, buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari mog‘orlaydi, tuz va qand nam bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, namlik binolarning yog‘och qismlarini yemiradigan va o‘ziga xos yoqimsiz hid chiqaradigan mahalliy zamburug‘lar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Xonadagi nam- likning sabablari turli-tuman: devorlarni tuproq namligidan yaxshi gidroizolatsiya qilmaslik, devorlarning issiqlikni o‘tkaz- maydigan xususiyatining yetarli emasligi, xonalarni noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilish.
Namlikka qarshi kurash choralari: poydevorni to‘l yoki se- ment qatlami yordamida gidroizolatsiya qilish, isitishni nor- maga solish, devorlarni qo‘shimcha issiq qilish (masalan, ularni suvash), xonalarni muntazam shamollatib turishdan iborat. G‘isht sement yoki ohak qorishmasi bilan terilganda binolarning devorlari ma’lum darajada namlanadi.
Shuning uchun binoni suvab chiqishdan oldin yaxshilab qu- ritish kerak.


  1. §. ISITISHGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR


Qish faslida normal mikroiqlimni saqlab turish turli isitish sistemalari yordamida amalga oshiriladi. Turarjoy va jamoat binolarini isitish xonada ma’lum temperatura darajasini saqlab turishni, temperaturaning gorizontal va vertikal bo‘yicha bir tekis bo‘lishini ta’minlashi kerak.
Isitkich asboblar xona havosining sifatini yomonlashtirmasligi lozim. Isitishning markaziy va mahalliy turlari mavjud. Hozirgi kunda markaziy isitishning turli tizimlari keng tarqalgan. Markaziy isitish mahalliy isitishga qaraganda bir qator afzal- liklarga ega: doimiy havo temperaturasini (tashqi temperatu- radan qat’iy nazar) saqlab turadi, bir me’yordagi temperaturani vujudga keltiradi, havo sifatini yomonlashtirmaydi. Markaziy isitishning bug‘, suv, panel bilan isitish turlari farqlanadi. Bug‘ bilan isitishda bug‘ issiqlik tashuvchi hisoblanib, u xonaga bosim ostida quvurlar orqali beriladi. Bunda isitkich asboblar (radiatorlar) yuzasidagi temperatura 100°C dan oshmaydi. Bu tizimning kamchiligi issiqlik uzatishni boshqarishning imkoni yo‘qligidir.
Past bosim ostida suv bilan isitish birmuncha keng tarqal- gan. Issiq suv issiqlik tashuvchi hisoblanadi. Bunday isitishning afzalligi shundaki, radiatorlar yuzasi ko‘pi bilan 80°C gacha qizdirilganda xonada zarur havo temperaturasini tutib turish imkoniyati yaratiladi. Bu tizimdan kasalxonalar, turarjoy va jamoat binolarini isitishda foydalaniladi. Panelli yoki radiatsion isitish eng gigiyenik isitish qatoriga kiradi. Devor, shift, pol issiqlik manbayi sifatida xizmat qilib, issiq suv aylanib yura- digan radiator shularning orasiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Devor panellari — 40—45°C temperaturagacha, shiftniki — 28—30°C gacha, polniki — 25—27°C gacha qizdirilganda eng maqbul is- siqlik sezgisi vujudga keladi.
Bu tizim komfort holatni birmuncha past havo tempe- raturalarida va issiqlikni nurlanish yo‘li bilan kamroq yo‘qo- tilganda ta’minlaydi. Xona shamollatilganda sovqotish ehtimoli kamayadi. Bundan tashqari, panel bilan isitish xonaning foydali maydonini kamaytirmaydi va yilning issiq faslida xonalarni sovitish uchun foydalanilishi mumkin. Hozirgi kunda binolar majmuyini isitishda issiqlik elektr markazlari (IEM) dan




foydalaniladi, bu uylarda maishiy maqsadlar uchun issiq suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish imkonini ham beradi. Mahalliy isitish issiqlik sig‘imi katta va kichik pechlar yordamida amalga oshiriladi. Katta sig‘imli pechlarga golland pechi va g‘ishtdan ishlangan devorlari qalin boshqa pechlar kiradi. Ular sekin qiziydi, biroq, issiqlikni uzoq saqlab, havo temperaturasini bir me’yorda tutib turadi.
Issiqlik sig‘imi kichik pechlarni kishilar vaqtincha bo‘ladigan xonalarni isitish uchun qo‘llaniladi. Ular xonani tez qizdiradi, lekin xona bir me’yorda isimaydi, tezda sovib qoladi va tez-tez yoqib turishni talab etadi, havoni chang, yonish mahsulotlari va yoqilg‘i gazlar bilan ifloslantiradi. Mahalliy isitishning kamchiligi quyidagilar: xona bir me’yorda isitilmaydi, havosi gazlar, yoqilg‘i bilan ifloslanadi, yong‘in chiqish jihatidan xavfli bo‘ladi va xonaning foydali maydonini kamaytiradi.

  1. §. TURARJOY VA JAMOAT BINOLARINING HAVO MUHITI VA VENTILATSIYASI

Kishilarning hayot faoliyati natijasida turarjoy va jamoat binolari havosining fizik-kimyoviy xossalari o‘zgaradi. Uning temperaturasi va namligi oshadi, chunki odam hatto tinch holatda bo‘lganida ham anchagina miqdorda issiqlik chiqaradi. Ishning intensivligiga bog‘liq holda odam havoga soatiga 40 dan 80 g gacha namlik chiqaradi. Odamning nafas olishi natijasida havoning kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Nafas olinadigan havoda kislorod 21%, nafas bilan chiqariladigan havoda 16,4% bo‘ladi; nafas olinadigan havo tarkibidagi 0,04% karbonat angidrid gazi miqdori nafas bilan chiqariladigan havoda 4,4% gacha ko‘payadi. Tana sathida terning, kiyimdagi organik changning parchalanishi tufayli havo badbo‘y hidli bo‘lib qoladi, havoga chang bilan birga turli-tuman mikroorganizmlar, jumladan, ularning patogen turlari ham tushib, ular gripp, skarlatina, qizamiq, sil kasalliklarini kuzatishi mumkin. Hozirgi kunda maishiy maqsadlarda tabiiy yoki sun’iy gazdan foydalaniladi. Gaz tarmog‘ining germetik emasligi, shuningdek gaz gorelkalarida chala yonishi natijasida gaz odamga zararli ta’sir qilishi va organizmning funksional holatini yomonlashtirishi mumkin.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish