Yosh bolalar uchun ikki qavat ich kiyim kiyish tavsiya qilinadi: ip gazlamadan tikilgan ko‘ylak va paxmoq matodan tikilgan kamzulcha.
Emadigan bolalar kiyimiga tugmachalar o‘rniga bog‘ichlar tikiladi. Bolalar kiyimi dazmollab, dezinfeksiya qilib turiladi.
Yosh bola tanasining har bir kilogrammi 704 sm2 sathga,
yashar bolada 426 sm2, katta odamlarda esa bu ko‘rsatkich 291 sm2 ga teng. Bir yashar bola har bir kg vazniga 91,3 kkal issiqlik ajratadi, 2,5 yoshli bola — 71,5 kkal, katta odam esa bor- yo‘g‘i 42,2 kkal issiqlik ajratadi. Yosh bolalar organizmi hali yetarlicha takomillashmagani sababli, tashqi muhit sharoitiga (yuqori va past haroratga, yuqori namlikka, havo almashish tezligiga va h.k. larga) kattalarga nisbatan chidamsiz bo‘ladi. Shuning uchun ham teri o‘z faoliyatini to‘g‘ri bajarishi uchun ichki kiyim qulay va ustki kiyimlarni ifloslanishdan saqlashi lozim. 3 yoshdan 7 yoshgacha, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalarning ustki kiyimi uchun mo‘ljallangan matolarga 50 foiz miq- dorida sun’iy va sintetik tolalar qo‘shish mumkin. 3 yoshdan kichik bolalarga sun’iy tolali matolardan kiyim tikish mutlaqo mumkin emas.
Maktab kiyimini 10 foizgacha sintetik tola aralashtirilgan jun matodan, bahor va kuz fasliga mo‘ljallanganini esa paxta va lavsandan tikkan ma’qul. Bolalar kiyimlari bo‘yicha sanitariya nazorati mutaxassisi bolalar kiyimining yangi nusxalarini yara- tishda rassomlar kengashida ishtirok etishi hamda kiyimga gigiyenik nuqtayi nazardan baho berishi, kiyimlarning tayyor- lanishida zarur qoidalarning amaliyotini nazorat qilmog‘i lozim.
Poyabzalga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Baland poshna, tor poyafzal kishini tez charchatadi, oyoqda qadoq paydo qiladi, tovonning uzoq muddat qisilib turishi tufayli oldin panja, keyin oyoqning hamma yeri jabrlanadi. Oqibatda yassi oyoqlik paydo bo‘ladi, doimo qisilib turishi natijasida esa barmoqlar qiyshayib, shilinishi hamda bo‘g‘inlar yallig‘lanishi mumkin.
Poyabzal yengil, qulay, chidamli, yil fasli, ob-havo va mehnat sharoitiga mos bo‘lishi kerak. Paypoqsiz rezina kalish kiyish mumkin emas. Rezina poyabzal oyoqni terlatadi. Yog‘in-so- chinda va sovuq kunlarda oyoq sovqotadi, natijada oyoq og‘rig‘i va boshqa kasalliklarga chalinish mumkin. Yoz faslida, mumkin qadar, usti ochiq, tagi charm tufli kiygan yaxshi. Bunday poyabzal o‘zidan havoni va namni yaxshi o‘tkazadi.
Ayniqsa sandal oyoq uchun qulay va yengil. Sovuqda ichi jundan tikilgan, ustiga charm qoplangan poyabzal kiygan ma’qul. Bahor va kech kuzda charm etik, botinka (paypoq bilan) kiyish kerak. Poyabzalni har kuni tozalab, moylab turish kerak. Shunda u yumshoq bo‘lib, ko‘pga chidaydi. Poshnasi baland (ayollar) poyabzal tana og‘irlik markazining surilishiga olib keladi. Bu esa umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga, ichki a’zolarning o‘rnidan siljishiga sabab bo‘ladi (22-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |