Quyoshda chiniqish. Badanni oftobda, yaxshisi soat 9 dan
gacha va kunning ikkinchi yarmida, soat 17—18 orasida issiq qaytib, quyosh yog‘dulari yerga og‘ib tushadigan mahalda chiniqtirgan ma’qul. Quyosh nuri ta’sirida badan terisida alohida
aktiv moddalar va D vitamini hosil bo‘ladi, bular organizmning himoya kuchlarini oshirib, kalsiy va fosfor tuzlarini o‘zlashtirishga yordam beradi. Me’yori oshirib yuborilsa, quyosh nurlari organizmga ziyon yetkazishi (terida xavfli o‘simta hosil bo‘ladi) mumkin. Quyosh nuridan bilib va to‘g‘ri foydalanish esa, badan terisini bir tekisda qorayib, chiniqib borishiga yordam beradi. Badan terisining qorayishi yuza qatlamlarda melanin pigmenti to‘planib borishi bilan kechadi. Ana shu pigment ultrabinafsha nurlarning ichkariga chuqur kirishiga yo‘l qo‘ymaydi va shu bilan organizmni quyosh nurlarining zararli ta’siridan qisman saqlab boradi. 1,5 soatdan ortiq davom etadigan quyosh vannalari salomatlik uchun zararli bo‘lib, yurak tomirlari, asab sistemasi ishini izdan chiqaradi.
Oftobda ko‘p turganda ko‘p terlab, tomir urishi tezlashadi, yurak o‘ynaydi, bosh og‘riydi, ko‘ngil aynib, bosh aylanadi. Bunday o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlasa, muolaja muddatini kamaytirish yoki uni birmuncha salqin paytga ko‘chirish kerak.
Yozda o‘t ustida yoki toza qumda, taqir yerda yalang oyoq yurish organizmning shamollash kasalliklariga ko‘rsatadigan qar- shiligini kuchaytiradi. Och qolish yoki mudom to‘yib ovqatlan- maslik organizmning sovuqqa, yuqumli kasalliklarga va tashqi muhitning turli ta’sirlariga sezgirligini oshiradi.
Ish qobiliyatini va ijodiy kuch-quvvatni uzoq yillargacha saqlash uchun organizmni yoshlikdan chiniqtirish, sog‘liqni mustahkamlab borish uchun qayg‘urish kerak.
§. KIYIM-KECHAKKA BO‘LGAN GIGIYENIK TALABLAR
Kiyim-kechak va poyabzal gigiyenik jihatdan hamda estetik talablarga javob berishi, yaxshi kayfiyat uyg‘otishi bilan birga, ish qobiliyatini pasaytirmasligi kerak. Kiyim va poyabzal kiygan kishi unda o‘zini erkin his qilishi lozim. Shu sababli, kiyimbosh va poyabzallar qanday matodan tikilishi va kim kiyishidan qat’iy nazar, hamisha yaxshi sifatli, davr talabiga va gigiyena talablariga javob berishi lozim. Kiyim-kechak kishi organizmini tashqi muhitning har qanday ta’sirlari (issiq, sovuq, qor, yomg‘ir, sha- mol va h.k.)dan muhofaza qilishi, shuningdek, har qanday ob- havo sharoitida ham tana haroratini bir me’yorda tutib turishiga yordam berishi zarur. Kiyim tikiladigan matolarga nisbatan fizik
va gigiyenik talablar qo‘yiladi. Uning og‘irligi, qalinligi, havo o‘tkazish xususiyati, namlikni o‘tkazish-o‘tkazmasligi kabi xusu- siyatlari e’tiborga olinadi. Bundan tashqari, kiyim tikiladigan matoning nurni o‘zidan qaytarishi, yumshoqligi, yuvganda va dazmollaganda dastlabki ko‘rinishini yo‘qotmasligi, tez kirdan tozalanishi, chang yutishini ham hisobga olish lozim. Kiyim organizmni yozda issiqdan, qishda sovuqdan va har xil tashqi ta’sirlardan asrashi lozim.
Gigiyena jihatidan bekam-u ko‘st libos tanada o‘ziga xos mikroiqlim hosil qiladi. Bu esa kishining salomatligini yaxshilash bilan birga kayfiyatiga ham ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi.
Kiyimlar issiqlik o‘tkazishiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. Hayvon terisi va parranda patlaridan tayyorlangan kiyim issiqlikni juda kam o‘tkazadi. Ip, zig‘ir tolasi va shohi matolar issiqlikni ko‘proq o‘tkazadi. Jun va ip-gazmollardan tikilgan kiyimlar issiqlik o‘tkazish jihatidan o‘rtacha hisoblanadi.
Faslga qarab ham har xil kiyimlar kiyiladi, ya’ni qishda bir necha kiyim ustma-ust kiyiladi. Bunda kiyimlar orasidagi havo issiqlikni kam o‘tkazadi. Ayni vaqtda organizmni tashqi muhit haroratining o‘zgarishidan himoya qiladi. Kiyimni faslga qarab to‘g‘ri tanlash salomatlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyo iqlimi quruq va keskin kontinentalligi bilan farq qiladi. Yoz faslida kunlar juda isib ketadi, namlik juda kam bo‘ladi. Bahor va kuz faslida havo harorati ancha o‘zgaruvchan bo‘lib, kuchli shamol esadi, namlik yuqori bo‘ladi. Qish faslida esa havo harorati past va oqimi kuchli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |