Davlatimiz qarorlarida sog‘liqni saqlash masalalari.
Sog‘liqni saqlash sohasida respublikamizda erishilgan yutuqlar.
Hushyor turmush tarzi. Ichkilikbozlikni tugatish.
Bolalar infeksion kasalligi va uning oldini olish.
Yurak-tomir kasalliklari va ularning oldini olish.
Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garovi.
Shikastlanish va uning oldini olish.
Uzoq umr ko‘rish asoslari.
Giyohvandlik — asr vabosi. «Tibbiyot» mavzusida o‘tka- ziladigan savol-javob kechalari juda ommalashgan. Tinglovchilar savollar berishadi, turli ixtisosdagi shifokorlar va kechani tashkil etgan tibbiyot hamshiralari javob berishadi. Ular ko‘rinarli joyga oldindan e’lon, afisha va savollar yozilgan xatlar tashlanadigan quticha osib qo‘yishadi. Sexlar, oshxonalar, klublarda o‘tkazi- ladigan kechalar to‘g‘risida eslatishadi, savollar yig‘ib, javoblar tayyorlashadi, kechada ham savollar beriladi.
Matbuot — aholi bilan ishlash uchun juda qulay va ancha oson usuldir. Uning eng keng tarqalgan shakl-xillari: broshura, kitob, jurnal, kalendar, varaqa, sanitariya bulleteni, esdalik, shior, buklet, gazeta (markaziy, mahalliy, devoriy), savol-javoblar taxta- si va boshqalar. Ularning ko‘pchiligini aholi matbuotdan, kitob do‘konlaridan sotib olishi, kutubxonalar, o‘quv zallarida o‘qishi, obuna bo‘lib olishi mumkin. Davolash muassasalarida bemorlar stollar ustiga yoyib qo‘yilgan nashrdan chiqqan har xil ma’lu- motlarni o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar va h.k.
Sanitariya devoriy gazetasi va sanitariya bulleteni keng tarqalgan. Sanitariya bulleteni gazeta matnidan ancha qisqa bo‘lib, biror muhim mavzuni (donorlik, grippning oldini olish, ko‘cha-
dagi shikastlanishlar, raxit va boshqalarni) yoritadi. Xabar, ma- qola, surat va boshqa rasmlar katta taxta, vatman qog‘ozga montaj qilinib, ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi. Devoriy gazetalar mavzulari muassasa profiliga qarab aniqlanadi, odatda gazeta ilmiy-ommabop planning kompleks masalalariga bag‘ishlanib, bunda kundalik axborotlar, o‘quvchilarning xabarlari, hayotdan olingan dalillar, tushunarli qilib bayon etilgan yumor, asoslangan maslahatlardan foydalaniladi.
Sanitariya maorifining muhim metodi - ko‘rgazmali metod (modellar, mulyajlar, maketlar, diagrammalar, diafilmlar, suratlar, diapozitivlar, sxemalar, rasmlar va boshqalarni ko‘rsa- tish) hisoblanadi. U ma’ruzalar, suhbatlar, dokladlar vaqtida va mustaqil qo‘llanishi mumkin.
Targ‘ibot va tashviqot plakatlari farq qilinadi. Tashviot plakati ochiq rangli bo‘lishi lozim, unda kishilar salomatligiga tegishli biror muhim masala to‘g‘risida qisqacha tushuncha beriladi. Masalan, «Tozalik - salomatlik garovi». Qiz bola yoki yigitcha- ning suv muolajasi qabul qilayotgan vaqtdagi sog‘lom va xushchaqchaq qiyofasi katta qilib tasvirlangan bo‘lishi mumkin. Targ‘ibot plakati oqilona va sermulohaza munosabatda bo‘lishni talab etadi.
Ko‘rgazmalar - gigiyena va tibbiyot fanining biror sohadagi eksponatlarni ommalashtirish maqsadida ularni namoyish qilish uchun har xil tartibda qo‘yilgan namunalar to‘plami sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘rgazmalar statsionar yoki ko‘chma bo‘lishi mumkin.
Statsionar ko‘rgazmalar sanitariya maorifi uylari, tibbiyot muassasalarida tashkil etiladi. Bir xil mavzudagi, mantiqan bog‘langan, gruppalari aniq ajratilgan har xil eksponatlar bo‘- lishiga rioya qilish juda muhim. Ko‘chma ko‘rgazmalar vagon- ko‘rgazmalar, santarg‘ibot avtomobillar va kichikroq yig‘ma- ko‘chma ko‘rgazmalar bo‘lishi mumkin.
Sanitariya-oqartuv ishlarini olib borishda tibbiyot hamshirasi katta rol o‘ynaydi. U bemorning uyiga borganida, poliklinika, kasalxonalarda sog‘ayib borayotgan bemorlar va ularning oila a’zolari bilan har kuni yakka tartibda suhbatlar o‘tkazib turadi.
Tibbiyot hamshiralari shifokorlar rahbarligida ishlaydilar. Shi- fokor suhbat o‘tkazishda yordam beradi: adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollar, rasmlar tavsiya etadi, konspektni ko‘rib chiqadi, zarur bo‘lganda yozma nutqini tasdiqlab beradi. Malaka oshirish
maqsadida tibbiyot hamshiralarining sanitariya maorifi meto- dikasi bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar, tibbiyot hamshiralari kengashlarida namunali suhbatlar o‘tkaziladi va hokazo. Shifo- korlar va o‘rta tibbiyot xodimlari oyiga 4 soat sanitariya-oqartuv ishlari bilan shug‘ullanishlari; vaqt-vaqti bilan o‘z ishlariga yakun yasab turishlari kerak.
Sanitariya maorifining samaradorligiga quyidagi mezonlar yordamida baho berish mumkin: sanitariya madaniyati, ayniqsa bolalar sanitariya madaniyatining darajasi, gigiyena bilimlari (uning qay ahvolda ekanligi, atrof-muhitning sanitariya holati, oiladagi turmush tarzi va maktabning gigiyenik jihatdan ta’sir darajasi)ni aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |