Ijtimoiy ongni tarbiyalashda garmonik rivojlangan insonni shakllantirishda sanitariya maorifining roli katta. Sanitariya
maorifi kasallanishni kamaytiradigan, dardni yengillashtiradigan omillardan biridir, chunki sanitariya jihatidan savodli kishilargina kasallikka chalinganda o‘zlarini qanday tutishni, qanday chora ko‘rishni yaxshi biladilar.
Oliy va o‘rta tibbiyot hamda pedagogika o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlarida sanitariya-gigiyena tarbiyasi va sog‘lom tur- mush tarzini shakllantirish masalalariga katta e’tibor berilgan.
Sanitariya-gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish onalar, oila, maktabgacha, maktab yoshidagi bolalarni, aholining kelajak yosh guruhlarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Sanitariya maorifining jamiyatimizda tutgan o‘rni juda muhim. U sog‘liqni saqlashning bir bo‘limi, shifokorlarning muhim ish uslubi, tibbiyot fani va targ‘ibot ishining bir sohasi, madaniy-tarbiyaviy ishlar va xalq maorifining bir bo‘limi hamdir. Shuning uchun sanitariya maori- fining yetakchi prinsipi davlat ahamiyatiga egaligidir (sanitariya maorifi davlat organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari tomoni- dan boshqa davlat muassasalari bilan hamkorlikda olib boriladi). Bu ishda Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyati, ko‘pgina gazeta va jurnallar, radio va televideniye faol ishtirok etmoqda.
O‘tkaziladigan hamma tadbirlar uchun hukumatimiz tomo- nidan mablag‘ ajratiladi va bu tadbirlar aholini ijtimoiy rivojlan- tirishning umumdavlat kompleks rejasiga kiritilgan.
Sanitariya maorifining ilmiyligi uning barcha qonun-qoida- larini hozirgi zamon talabiga ko‘ra, ilmiy jihatdan asoslab berish- da ifodalanadi. Faqat fanda isbotlangan va rasmiy ravishda tasdiqlangan dalillarnigina ommalashtirish mumkin. Fan yutuq- lari oddiy, hammabop qilib bayon etilishi kerak. Sanitariya maorifining profilaktik yo‘nalishi uning asosiy tayanchi va eng muhim xususiyati hisoblanadi. Asosiy vazifa — aholiga sanitariya bilimlarini singdirish va sog‘liqni saqlash choralarini ko‘- rishga, kasalliklarning oldini olishga, demokratik jamiyat bergan afzalliklardan oqilona foydalanishga o‘rgatish, tibbiyot faolligini oshirishga, aholining o‘zini muhofaza qilish tuyg‘ularini oshi- rishga ko‘maklashish, tibbiy yordamga o‘z vaqtida murojaat qilishga o‘rgatishdan iborat.
Ommaviylik sanitariya maorifining prinsipi sifatida shaxsiy suhbatlar o‘tkazish zarurligini inkor etmaydi. Biroq, tashviqot va targ‘ibot uslublari ancha ustun turishi lozim, bu usullar ommaviy tus olgan bo‘lishi kerak. Aholini, jumladan, jamoat sanitariya faollarini uyushtirish yo‘li bilan uni sog‘lomlashtirish
tadbirlarini o‘tkazishga keng jalb ettirish juda muhim. Sanitariya faollarini Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlash mumkin.
§. SANITARIYA MAORIFINI TASHKIL ETISH
Mamlakatda sanitariya maorifi bo‘yicha maxsus muassasalar tarmog‘i tashkil etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi (tegishli sanitariya-epidemiologiya boshqarmalari orqali) umumiy rah- barlik qiladi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya maorifi markaziy ilmiy-tadqiqot instituti sanitariya maorifi bo‘yicha ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. Institutda refe- rativ ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi — bu plakatlar, metodik materiallar, diapozitivlar ishlab chiqadi va nashr etadi; leksiyalar, konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar tashkil etadi va hokazo.
Joylarda tashkiliy rahbarlikni sanitariya maorifi uylari amalga oshiradi. Bu uylar (Respublika, viloyat, shahar, tuman) o‘tgan asrning 1920-yilidan mavjud. Sanitariya maorifi uylari jamoa- sining maqsadi —sanitariya maorifi mazmunini sog‘liqni saqlash- ning umumiy va mahalliy vazifalariga muvofiqligini ta’minlashdir. Sanitariya maorifi uylari jamoasining vazifasi: mahalliy sog‘liqni saqlash sistemasida sanitariya maorifiga ma’muriy va maxsus tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish; aholi o‘rtasida bevosita sani- tariya-oqartuv ishlari olib borish; xizmat ko‘rsatiladigan hududda barcha sanitariya-oqartuv ishlarini rejalashtirish.
Keyingi vaqtlarda shahar poliklinikalari qoshida profilaktika bo‘limlari tarkibida sanitariya maorifi va gigiyenik tarbiya kabi- netlari tashkil etilmoqda. Ular metodik materiallar, radio quril- malar, proyeksion va tovush yozib oladigan apparaturalar, pla- katlar, esdaliklar to‘plami, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan jihozlangan. Sanitariya maorifi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan o‘rta maxsus tibbiyot xodimi kabinet instruktori qilib tayinlanadi. Instruktorlarning asosiy vazifalari: aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena va tibbiyot bilimlarini targ‘ib qilishning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish hamda sog‘lom turmush tarzi uchun kurashish; bemorlar va dispanser hisobida turadigan, kasalligi ancha xavfli kishilar o‘rtasida guruhli va yakka-yakka, shaxsiy tartibda sanitariya-oqartuv ishlari olib borish; aholini sanitariya-gigiyenik jihatdan tarbiyalash tadbir-
larini o‘tkazishga; tibbiyot xodimlarini tayyorlash uchun metodik, ko‘rgazmali va boshqa materiallar tanlash va saqlash; qilingan ishlarni hisobga olish, hujjatlarni yuritishdan iborat. Sanitariya maorifi uylari va kabinetlarining xodimlari dam olish joylarida targ‘ibot sifatida qiziqarli ko‘rgazmalar, viktorinalar, ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishga katta e’tibor beradi.
Sanitariya maorifining uslub va vositalari. Uslub deganda aniq ish yuritish usullari tushuniladi. Og‘zaki, bosma, ko‘rgazmali va aralash uslublar farq qilinadi. Og‘zaki usul (ma’ruza, munozara, konferensiya, suhbat va boshqalar) asosiy uslublardan biri hisoblanadi. Ma’ruzaga yaxshilab tayyorlanish, uning mazmunini yozma bayon etish kerak.
Ma’ruzaga tayyorlanganda uch xil asosiy hujjat: reja, tezislar va konspekt tuzish mumkin. Reja - bu leksiyada bayon etiladigan tartibda yoritiladigan keng hajmli savollar ro‘yxatidir. Tezislar - mavzudagi asosiy fikrlarning qisqacha bayoni. Konspekt - bu lektor uchun esdalik ko‘chirmalar, raqamlar, misollar, ko‘rgaz- mali qurollarga izohlar keltirilgan rejadir.
Ma’ruza yoki suhbatlarning mazmuni (konspekt yozish) va o‘tkazilishiga qo‘yiladigan talablar. Har bir leksiyaning kirish, asosiy qismlari va xulosasi bo‘ladi. Leksiya mavzusi va tinglov- chilar xilma-xilligi (yoshi, jinsi, kasb-kori, umumiy va sanitariya madaniyati darajasi va h.k.) ga qarab, lektor adabiyotlar va rasmlarni to‘g‘ri tanlashi lozim.
Bayonni o‘z leksiyasining qisqacha rejasi yoki mavzuning mohiyatini ochishdan boshlash mumkin. Leksiyaning asosiy qismida uning mazmuni yoritiladi; aniq, ancha muhim va ahamiyatli ma’lumotlar bayon etiladi.
Ma’ruza hammabop va ishonarli bo‘lishi lozim. Ma’lumotni izchil bayon etish va asosiy raqam hamda sitatalarni xotirada tiklash uchun konspektdan foydalanish kerak. Lektor tinglov- chilarga razm solib qarashi, leksiya ularga qanday ta’sir ko‘rsa- tayotganligini sezishi lozim. Jamoa hayotidan, badiiy adabiyot- lardan olingan misollar bilan boyitilgan yoki kinofilmlar na- moyish qilish bilan o‘tkaziladigan leksiyalar tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinadi.
Leksiya oxirida aytilgan fikrlarga yakun yasash, xulosalar chiqarish va tinglovchilarni lektorning tavsiyalariga amal qilishga chaqirish lozim. Xulosani qisqa va iloji boricha ko‘tarinki ruhda, ta’sirchan qilish kerak.
Suhbat — targ‘ibotning samarali vositasi bo‘lib, uni shifokor hamda tibbiyot hamshirasi o‘tkazishi mumkin. Suhbatlar rejali va rejadan tashqari bo‘lishi mumkin. Ular, odatda, 20 daqiqa- gacha davom etadi. Suhbatning qimmatli tomoni shundaki, u tinglovchilar bilan chambarchas aloqa o‘rnatishga, ularning bilim va tajribalaridan foydalanishga imkon beradi. Mavzuga doir rejali ravishda guruhli (25—30 kishigacha) suhbatlar o‘tkazish uchun auditoriyadagilarning bilimi bir xil bo‘lishi va tinglovchilarning yetarli darajada faollik ko‘rsatishi (savollar berishi, so‘zga chiqishi) juda muhim. Leksiyalarda quyidagi mavzulardan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |