M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri



Download 422,93 Kb.
bet157/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

5 mm ko‘tarib joylashtiriladi.

Elektr asboblarning xavfli qismlari to‘sib qo‘yiladi, qolgan qismlari yashil bo‘yoq bilan bo‘yaladi.
Ustaxonani tozalash paytida elektr asboblari tokdan uziladi, chiqindi, axlat, changni tozalash uchun uzun dastali ilgak cho‘tka va boshqa asboblardan fovdalaniladi. Mashg‘ulot vaqtida mehnat




darsi o‘qituvchisi va o‘quvchilar korjomada (qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, bosh kiyim va h.k. bilan) ishlashlari kerak.
O‘quvchi dam olishi uchun uning ishlab turgan joyida qulay- lashtirilgan, ya’ni ochib-yopiladigan kursi, buyumlarni qo‘yish uchun tumbochka yoki kichkina shkafcha bo‘lishi kerak. O‘quvchilar ustaxonada ishlash texnik xavfsizligi qoidalari, ish tartibi bilan ham tanishtiriladi. Ustaxonada aptechka bo‘lishi shart. Vaqt-vaqti bilan dorilarni yangilab to‘ldirib turish lozim. O‘quvchilar o‘z-o‘ziga va bir-biriga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidasi bilan tanish bo‘lishlari kerak.

  1. §. YOZGI DAM OLISH OROMGOHLARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

Sog‘lomlashtirish tadbirlari sistemasida bolalar oromgohlari muhim rol o‘ynaydi.
Ikki tipdagi oromgoh farq qilinadi: 1) bitta drujinali — o‘rinlar soni 400 dan ortiq bo‘lmagan alohida oromgoh; 2) ikki va undan ortiq drujinali — o‘rinlar soni ko‘pi bilan 1600 bo‘lgan bolalar oromgohi.
Oromgohlarda bolalar yoshiga qarab quyidagi yosh guruhlari ajratiladi: 7—8 yashar bolalar uchun (25—30 nafar bola), 2-kichik guruh uchun otryadlar (10—12 yashar 35—40 nafar bola) va katta guruhlar uchun (13—15 yashar 35—40 nafar bola).
1600 bolaga mo‘ljallangan bolalar oromgohlari uchastkasining maydoni bir kishiga 200 m2; 400, 800 va 1600 bolaga mo‘ljal- langani tegishlicha — 175,150 va 135 m2 ni tashkil etishi kerak.
Oromgohlar uchun uchastka suv bilan yaxshi ta’minlanadigan manbaga yaqin joydan ajratiladi. Uchastka dov-daraxtlar bilan o‘rab olinadi.
Dov-daraxtlar ekiladigan umumiy maydon kamida 50% ni tashkil etishi kerak. Uchastkadagi qurilishlar ko‘pi bilan 15% maydonni egallashi lozim. Imoratlarni pavilon sistemasida qurish tavsiya etiladi. Yotoq binolari oralig‘i sanitariya nuqtayi naza- ridan kamida 25 m, yotoq binolari bilan oshxona oralig‘i 30 m bo‘lishi kerak. Hovlidagi hojatxona bilan yotoqxona oralig‘i kamida 25—50 m, oshxonadan kamida 50 m bo‘lishi zarur.
Oromgoh uchastka bolalar, sport maydonchalari, meditsina, yordamchi xo‘jalik zonalariga bo‘linadi va bolalar kiradigan asosiy yo‘l hamda xo‘jalik ehtiyojlari uchun alohida yo‘l ajratiladi.




Bolalar zonasida yotoq binolari, har xil o‘yinlar o‘tkaziladigan maydonchalar, «Jonli burchak», yuz-qo‘l yuviladigan joy va ho­jatxona bo‘ladi. Ertalabki saflanish sport maydonchalari, oshxona, gulxan uchun joy ajratish ko‘zda tutiladi. Meditsina zonasi (izolator va meditsina punkti) bolalar o‘ynab yuradigan joydan olisroqqa quriladi va dov-daraxtlar bilan o‘rab olinadi.
Yordamchi zonada ma’muriy bino, xodimlar uchun kvarti- ralar, yotoqxonalar va boshqa binolar bo‘ladi. Xo‘jalik zonasida dushxona, oshxona, kirxona, qozonxona va boshqalar quriladi.
Yotoqxonaga ko‘pi bilan 10 bola (bir zveno) yotqiziladi. Yotadigan xonaning maydoni yozda foydalaniladigan binolar uchun bir o‘ringa 3,5 m2 va qishin-yozin foydalaniladigan binolar uchun 4 m2 hisobida normalanadi. Karavotlar oralig‘i kamida 0,4—0,5 m, karavot qatorlari oralig‘i esa 1 m bo‘lishi lozim.
Janubiy tumanlar va o‘rta mintaqada katta yoshdagi bolalar uchun balandlikdagi quruq joyga yotoq palatka tiklash mumkin. Palatkalar oralig‘i 2,5 m, qatorlar oralig‘i 3—5 m bo‘lishi lozim. Palatkalarning uzun tomoni janubga, qisqa tomoni shimolga qaratib quriladi, bunda qulay mikroiqlim sharoiti yaratiladi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish