M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


sizlik, ishtahasizlik, yurak sanchishi va boshqalardan shikoyat qiladilar



Download 422,93 Kb.
bet135/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

sizlik, ishtahasizlik, yurak sanchishi va boshqalardan shikoyat qiladilar.


Shovqinga qarshi chora-tadbirlar. Shovqinning odam organizmiga (akustik) ta’sirining oldini olish uchun qator tash- kiliy-texnik va tibbiy chora-tadbirlar ko‘rish: aholi yashaydigan joylarni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha harakatini tartibga solish, sershovqin transportlar o‘rniga past tovushli transport vosita- laridan foydalanish (masalan, tramvay o‘rniga trolleybus), transportlarda signal qo‘llashni man etish, turarjoy binolarini tovush o‘tkazmaydigan materiallardan qurish, shuningdek lift, nasos, ventilator yordamida shovqinni kamaytirish kerak va h.k.
Sanoat korxonalarida va qishloq xo‘jaligida shovqinga qarshi kurash texnikaviy hamda tibbiy-profilaktik tadbirlarni qo‘llanilishi yo‘li bilan olib boriladi. Texnik usul uch yo‘nalishda olib boriladi: shovqin hosil bo‘lishini bartaraf etish yoki kamaytirish, shovqin kuchini ishchigacha bo‘lgan masofada kamaytirish va ishchilarni shovqindan himoya qilishdan iborat.
Bundan tashqari, shovqin hosil qiluvchi jarayonlarni shov- qinsiz qilish, zarb bilan urganda chiqadigan shovqinni urmasdan bajariladigan ishga almashtirish, shovqin yutuvchi materiallar: gazlama, kigiz, tiqin, g‘ovak rezina va boshqalar qo‘llanilishi, havo bilan bug‘, gaz chiqqanda hosil bo‘ladigan shovqinni ka­maytirish uchun shovqin yutkichlardan foydalanish kerak. Shovqinni chegaralash maqsadida ish ma’lum masofadan turib boshqariladi. Pult shovqinsiz joyga o‘rnatiladi. Shovqindan saq- lovchi shaxsiy himoya moslamalaridan (antifonlardan) foyda- langan ma’qul. Mexanik shovqin bilan bog‘liq ishga kirishdan oldin va ishga kirgandan keyin dastlabki 3 yil davomida har 3,

  1. 12 oyda, keyinchalik har 3 yilda ishchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari kerak. Bunda ishchilar terapevt, otolaringolog, nevropatolog va boshqalar ko‘rigidan o‘tkaziladi.

Tebranish, tebranish kasalligi va uning oldini olish chora- tadbirlari, tebranish tabiati. Jismning biror o‘rta vaziyatda uzluk­siz ravishda goh o‘ng, goh chap tomonga og‘ishi bilan takrorla- nadigan harakat tebranma harakat yoki tebranish (vibratsiya) deb ataladi. Tebranma harakat atomlar va molekulalar uchun xos: muhit zarrachalarining tebranma harakati tovushni keltirib chiqaradi, ko‘pgina elektr hodisalarini, masalan: o‘zgaruvchan tok, elektr tebranishlari, elektromagnit to‘lqinlari va shu kabilar tebranma harakatga asoslangan.




Uzoq muddat davomida, noqulay ob-havo sharoitida teb- ranish ta’sirida ishlaganda organizmda o‘zgarishlar yuz berib, tebranish kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Kasallik asosida nerv-reflektor va neyrogumoral mexanizmdagi murakkab o‘zgarishlar yotadi, bu, o‘z navbatida, retseptorlarda va markaziy nerv sistemasida jiddiy o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Oqibatda simpatik gangliyalar, ayniqsa, qon tomir tonusini boshqaradigan sistema ko‘proq zararlanadi. Lekin kuchli tebranish organizmning tayanch-harakat a’zolariga (mushaklar, biriktiruvchi apparatlar, suyak, bo‘g‘inlarga) bevosita ta’sir etishi ham mumkin.
Tebranish kasalligini birinchi marta 1911-yilda italiyalik vrach G. Lori ta’riflab bergan. Kasallik asta-sekin boshlanib, uzoq vaqtgacha ish qobiliyatiga ta’sir etmaydi. Kishining boshi og‘rib asabiylashadi, uyqusi buziladi, tez charchab qoladi, qo‘l panjasi vaqti-vaqti bilan zirqirab og‘riydi, barmoqlar tirishib-uvishib qoladi, sezgirlik buziladi, to‘qimalar oziqlanishi izdan chiqadi, ba’zan barmoqlar shishadi. Vibratsiya kasalligi III bosqichda o‘tadi:

  1. bosqich — boshlang‘ich davr. Bunda qon tomirlarining shikastlanishi kasallikning asosiy belgisi hisoblanadi, jumladan, periferik qon tomirlar faoliyati hamda umumiy gemodinamika kapillarlar maromi buziladi. Bemor ko‘pincha sovqotadi yoki qo‘lini sovuq suvda yuvganda to‘satdan barmoqlari oqarganini payqaydi.

  2. bosqich — o‘zgarishlar deyarli yuzaga chiqqan davr. Bunda qon tomirlar qisqarishi natijasida to‘qimalarning oziqlanishi buzilib, barmoqlar shishadi, sovqotib uvishadi, sezuvchanlik yo‘qoladi.

  3. bosqich — kasallikning rivojlangan davri. Bunda tebranish kasalligining polinevropatik alomatlari yuzaga keladi. Qo‘l ezib, mijg‘ib, uzoq muddat og‘riydi, asosan, kechasi uxlab yotganda yoki dam olganda qo‘l uvishib qoladi. Sezgirlik kamayib, muzdek bo‘lib qoladi. Kasallikning shu bosqichida ta’m bilish va og‘riqni sezish susayadi.

Suyak sistemasida degenerativ-distrofik o‘zgarishlar, suyak qadog‘i, enostoz, qo‘lning katta bo‘g‘inlarida shaklni o‘zgarti- ruvchi artroz, artritlar, kista o‘smalar va boshqa patologik o‘zga- rishlar paydo bo‘ladi.


  1. M.A. Azizov


209




Profilaktikasi. Tebranib ishlaydigan moslamalarni sanoat korxonalarida hamda qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilishi profilaktik tadbirlarni ham keng miqyosda joriy etishni taqozo etadi.
Profilaktik tadbirlar quyidagilardan iborat: gigiyena me’- yorlarini tuzish va unga rioya qilish; texnik usullarni qo‘llab, tebranishni chegaralash va uning ta’sirini kamaytirish; vaqtida ishlab, vaqtida dam olish, profilaktika va davolash usullariga rioya qilish.
Tebranish kasalligini o‘z vaqtida aniqlash, profilaktika va davolash chora-tadbirlarini ko‘rish, bemorlarni dispanser ro‘y- xatiga olish muhim ahamiyatga ega.
Profilaktika tadbirlariga quyidagilar kiradi:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish