Ko‘pchilik zaharli birikmalar organizmda o‘z tarkibini o‘zgar- tirib, zaharsiz shaklga aylanib, organizmdan chiqib ketadi. Ba’zi
hollarda, ya’ni organizmda biror kasallik bo‘lsa yoki organizmga tushgan modda o‘ta zaharli bo‘lib, ko‘p miqdorda tushsa, organizm zaharlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
§. KORXONADA BA’ZI KIMYOVIY BIRIKMALARDAN ZAHARLANISH VA UNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Qo‘rg‘oshindan zaharlanish. Qotrg‘oshin nafas orqali tusha- di, bunda u katta qon aylanish doirasiga tushib a’zolarga tarqa- ladi. Ba’zan me’da orqali ham organizmga tushishi va ajratish a’zolari (buyrak, ichak,) orqali chiqib ketishi mumkin. Asteno- vegetativ sindrom, eritrotsitlardagi o‘zgarishlar zaharlanishning dastlabki belgilari hisoblanadi. Qo‘rg‘oshindan zaharlanishda ilikning ta’sirlanishi natijasida eritrotsitlarda bazofil donachalari hosil bo‘la boshlaydi. Bu faqat shu kasallikka xos spetsifik belgi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, qo‘rg‘oshin bilan zaharlan- ganda siydikda uning miqdori 0,1 mg/1 dan oshib ketadi.
Zaharlanish alomati oshgan sari kamqonlik hamda gemolitik sariqlik yuzaga keladi. Tish milklarida qo‘rg‘oshindan zaharla- nishga xos so‘lak bilan ajraladigan qo‘rg‘oshinning vodorod sulfid bilan birikmasi - sariqroq binafsha rangli gardish hosil bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin bilan zaharlangan odamning rangi sariq-ko‘kimtir tusda bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin bilan zaharlanganlar siydigida gematoporfirin miqdori oshib ketadi. Bu qon pigmentlarining parchalanishidan dalolat beradi (uning miqdori 1 1 siydikda 0,8 dan 3 mg gacha boradi). Kasallik rivojlangan sari qorin burab og‘riydi, kuchaniq keladi, ichakning silliq mushaklari torayishi natijasida ichak o‘qtin-o‘qtin sanchiydi, og‘riqda ba’zan jarrohlik muolajasi ko‘rish zarur bo‘lib qoladi. Qo‘rg‘oshindan zaharlanganda ishtaha yo‘qoladi, me’dada qatar va qabziyat alomatlari paydo bo‘ladi. Ba’zan qo‘rg‘oshin periferik asab sistemasiga ta’sir qiladi, shu tufayli parezlar yuzaga keladi, hatto yozuvchi mushaklar falaj- lanadi, zaharlanishning og‘ir turida ensefalopatiya alomatlari kuzatiladi.
Zaharlanishning oldini olish uchun bo‘yoq o‘rnida qo‘rg‘o- shin oq bo‘yog‘ini ishlatish, arra yasashda, qo‘rg‘oshindan taglik qilishda, chinni hamda oyna sanoatida ishlatish man qilinadi. Qo‘rg‘oshinsiz ishlashning iloji bo‘lmaganda, ishni mexani-
zatsiyalash, qo‘rg‘oshin ajratadigan ish joylariga (dudkash) chang tortkichlar o‘rnatish, ish joylarini chang tortuvchi asboblar bilan tozalash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Maishiy xonalarning sanitariya holatiga ahamiyat berish muhim gigiyenik talablar qatoriga kiradi. Ishchilar maxsus korjomalar bilan ta’minlanishlari kerak. Qo‘rg‘oshin bilan ishlashga ayollar va o‘smirlar qo‘yil- maydi. Ishdan so‘ng ishchilar dush qabul qilishlari, shaxsiy gigiyenaga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. Sil kasalining ochiq turi kamqonlik, ateroskleroz, gipertoniya, me’da katari, ichak kasalliklari va markaziy nerv sistemasida kasali bor odamlar qo‘rg‘oshin bilan ishlashga qo‘yilmaydi.
Margimush (mishyak) preparatlarining organizmga ta’siri. Margimush mishyak preparati organizmga qaysi yo‘l bilan (nafas a’zolari, me’da va teri orqali) tushishidan qat’iy nazar, mayda qon tomirlariga juda kuchli ta’sir qiladigan zahar bo‘lib, qon tomir devorlarini, vegetativ asab sistemasini zararlaydi. U qon tomirlar devorining o‘tkazuvchanligini oshiradi, ayniqsa ichak tomirlarini qattiq zaharlaydi. Margimush to‘qimalar faoliyatini izdan chiqaradi. Markaziy nerv sistemasi va periferik nervlarning ichki a’zolarini zaharlaydi. Margimush bilan zaharlanishning uch xil turi ma’lum.
Ovqat hazm qilish a’zolari orqali tushgandan keyin
5—2 soat o‘tgach, zahar miqdoriga qarab, zaharlanish alomatlari yuzaga chiqa boshlaydi. Og‘izda metall ta’mi seziladi, tomoq kuyganga o‘xshab achishadi, qayt xuruji va qorin bo‘shlig‘ida qattiq og‘riq boshlanadi. Qusuqqa goho margimush tuzlari bilan bo‘yalgan ko‘k rangli o‘t aralash tushadi. Bir necha soatdan keyin qusish to‘xtaydi, ammo qorindagi og‘riq to‘xtamaydi. Zaharlanishning birinchi kunlarida tez-tez ich suradi. Natijada organizm ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Siydik kamayadi, ovoz xirillab, ba’zan chiqmay qoladi. Oyoq tortishadi, yurak urishi sekinlashib, tomir urishi sust va notekis bo‘lib qoladi. Bosh aylanishi, harorat tushishi, behushlik, alahlash ortadi, og‘ir hollarda bemor falajlikdan o‘ladi.
Umumiy zaharlanish alomatlari, odatda 2—3 kundan tortib to 1—2 haftagacha davom etadi. Shundan so‘ng bemor sekin- asta tuzala boshlaydi. Oradan 8—15 kun o‘tkach, asab tolalari o‘tgan joylarda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi, sezuvchanlik yo‘qo- ladi. Bu hol, ayniqsa, oyoq-qo‘llarda kuchli bo‘ladi. Margimush preparatlari bilan zaharlanganda bu alomatlar juda sekin yo‘qola
boshlaydi: ba’zi hollarda yuz nervi, uch shoxli nerv tolalari, til osti va adashgan nerv tolalariga shikast yetadi. Bunday hollarda teri atrofiyaga uchrab po‘st tashlaydi, bu jarayon ayniqsa tovonda, qo‘l kaftida kuchli bo‘ladi. Soch to‘kiladi, milk yara bo‘lib, tirnoqlar o‘z rangini yo‘qotadi.
Falajlaydigan tur. Margimush preparatlari organizmga ko‘p miqdorda tushganda, odam behol bo‘lib qoladi, nafas olish va qon tomirlar harakatini boshqaruvchi markazlar falajlanadi. Oradan bir necha soat o‘tar-o‘tmas bemor o‘lib qoladi. Bunda me’da-ichak turidagi alomatlar bo‘lmasligi mumkin.
Margimush aerozoli nafas a’zolariga, ko‘zning shilliq qavatiga tushganida shilliq qavatlar qizaradi, shishib ketadi, bemor qon aralash balg‘am tashlaydi, tezda yordam ko‘rsatilmasa, burnidan ko‘p qon oqadi. Margimushning zaharli miqdori 0,01—0,052 g, o‘ldiradigan miqdori 0,06—0,2 g. Margimushdan surunkali zaharlanish mumkin, bunda ishtaha yo‘qoladi, ko‘ngil ayniydi, me’dada og‘riq paydo bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan ich ketadi. Jigar bora-bora sirrozga uchraydi.
Simob preparatlaridan zaharlanish alomatlari. Simobdan zaharlangan odamning ko‘ngli ayniydi, ishtahasi pasayadi, ovqatdan keyin og‘iz bemaza bo‘ladi. Odamning tobora holi qurib, oyoq-qo‘llari bo‘shashadi, tishi, tomog‘i, to‘sh osti va qorni og‘riydi. Ko‘pincha stomatit, gingivit yuzaga kelib, lab- lunj shishib ketadi, tomoq qizarib sal bosganda qonaydi, milklarda goho simob bilan zaharlanganga xos kulrang gardish paydo bo‘ladi. Kasallik avj olgan sari ko‘ngil aynishi kuchayib, odam hadeb safro yoki qon aralash qusaveradi, tilni karash bog‘laydi.
Odatda, odamning ichi tez-tez sassiq, goho qon aralash keladi, qorni qappayadi, paypaslaganda og‘riydi, jigari katta- lashadi. Simob tutgan preparatlar asab sistemasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi reflekslar yo‘qolib, asab tolalari o‘tgan joy og‘rishi mumkin. Og‘ir hollarda bemorning ruhi keskin tushib, loqayd bo‘lib qolib, gaplashmaydi, o‘lim vahimasi tutadi yoki, aksincha, dimog‘i chog‘ bo‘ladi.
Bemorning yurak faoliyatida ham ma’lum darajada o‘zga- rishlar jumladan, aritmiya kuzatiladi. Qon bosimi deyarli o‘zgar- maydi. Qonda leykotsitoz va SOEning oshganligi ko‘rinadi, zaharlangan odam, odatda, yurak urishi to‘xtab qolishidan o‘ladi.
Tetroetil qo‘rg‘oshindan zaharlanish. Tetroetil qo‘rg‘oshin Pb (С2Ш)4 — moysimon suyuqlik, shirin olma hidiga o‘xshash,
200 °C da qaynaydi. Bug‘i havoga nisbatan 11,2 marta og‘ir, etillangan benzin bilan etil suyuqligining 57 % ni tashkil qiladi.
Tetroetil qo‘rg‘oshin asab tolalarini zaharlovchi birikma. Zaharlanishda eng oldin ruhiy o‘zgarishlar, jumladan, bosh og‘- rishi, bosh aylanishi, almoyi-aljoyi tushlar ko‘rish va hokazolar kuzatiladi. Og‘ir zaharlanganda vasvoslik, xotira va idrokning susayishi, ba’zi vaqtda zaharli ensefalopatiya alomatlari ku- zatiladi.
Profilaktikasi. Zaharlanishning oldini olish uchun ventilatsiya yaxshi ishlashi, ishchilarni maxsus korjoma va gaz niqob bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Zaharli birikma miqdorini laboratoriyada muntazam tekshirib turish kerak. Etil suyuqlik benzin bilan maxsus moslamalarda aralashtiriladi.
Is gazidan zaharlanish. Is gazi (CO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko‘p uchraydigan zaharli birikma. Qayerdaki yoqilg‘i chala yonsa, o‘sha yerda is gazi hosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3% gacha, ishlangan gazda 13% gacha, portlovchi gazlar tarkibida 50 dan 60% gacha is gazi bo‘ladi. Is gazi faqat sanoat korxonalari ishchilariga emas, balki qishloq xo‘jaligidagi traktor, kombayn haydovchilari va boshqalarga ham ta’sir ko‘r- satishi mumkin.
Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali kiradi. Gemoglobinga yaqinligi kislorodga nisbatan 300 hissa ko‘p, shuning uchun ham gemoglobin bilan juda mahkam birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati juda pasayib, gipoksiyaga, og‘ir zaharlanganda anoksiyaga olib kelishi mumkin.
Is gazining katta miqdori tarkibida temir moddasi bor. Nafas olish fermentini parchalaydi. Bu, o‘z yo‘lida, to‘qimalarning nafas olish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Is gazi bilan zaharlanganda organizmda uglevod va oqsil almashinuvi buziladi, natijada asidoz alomatlari yuzaga keladi. Qon tarkibida kaliy va kalsiy muvozanati, markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi. Bosh miyada bosimning oshish alomatlari, qon quyilishlar, yurak mushaklarida qon quyilishi kuzatiladi. Organizmda kislorod yetishmasligi oqibatida markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi.
Is gazi organizmdan (o‘pka orqali) havo bilan chiqariladi. Zaharlanishning yengil turida chakkada bosim hamda qattiq tomir urishi, boshning aylanishi, og‘rishi, ko‘krak qisishi, bo‘shashish, ko‘ngil aynishi kabi alomatlar kuzatiladi. Zahar-
lanishning og‘ir turida odam hushidan ketadi, talvasa tutadi, tilini tishlaydi, siyib yuboradi. Tomir yuza va tez uradi, aritmiya, galutsinatsiya va boshqalar kuzatiladi. Is gazidan surunkali kasallanish mumkinligi ham aniqlangan, bunda markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi (bosh og‘rig‘i, aylanishi, uyqu- sizlik, tajanglik va boshqa alomatlar) kuzatiladi.
Profilaktikasi. Is gazi hosil bo‘ladigan ish joylarini zich berkitish, ventilatsiya o‘rnatish tavsiya etiladi. Is gazi hosil bo‘la- digan ish joylarida markaziy asab sistemasida o‘zgarishlar bor kishilarning ishlashi mumkin emas.
Vodorod sulfitdan zaharlanish. Vodorod sulfit (H2S) rangsiz gaz bo‘lib, hidi palag‘da tuxum hidini eslatadi, 60,2 °C da qaynaydi, zichligi havoga nisbatan 1,1912. Sanoatda vodorod sulfit metallarni birikmalardan cho‘ktirishda, margimushdan kislotalarni tozalashda, sun’iy shoyi fabrikalarida, kimyoviy va teri zavodlarida hamda kimyoviy laboratoriyalarda, neft qazib olishda va qayta ishlashda hosil bo‘ladi.
Oksidlovchi fermentlar faoliyatiga ta’sir etish natijasida oksidlanish jarayonlari qurshovga uchraydi. Kam miqdorda ta’sir etganda (konyunktivit), ko‘zdan yosh oqishi, yorug‘likdan cho‘- chish, yuqori nafas a’zolarining yallig‘lanishi, dispeptik va boshqa o‘zgarishlar kuzatiladi. Uzoq muddat ta’sir qilganda markaziy asab sistemasi, jumladan: muvozanatni saqlay olmaslik, tutqanoq, falajlik, keyinchalik bronxopnevmoniya hamda psixoz kuzatiladi. Profilaktikasi — vodorod sulfit hosil bo‘ladigan ish joylarini to‘liq zichlash, havo so‘rgichlar (ventilatsiya) zarur.
Azot oksididan zaharlanish. Azot oksid (NO) rangsiz gaz, havoga nisbatan zichligi 1,04, havoda O2 bilan qo‘shilib azot (II) oksidga aylanadi (NO4). Oddiy sharoitda uchuvchi suyuqlik. Ishchilar sanoatda nitratsiya jarayonida, azot kislotani qizdirishda va shaxtalarda portlatish ishlarida azot oksid ta’siriga uchraydilar. Oksidli va ikki oksidli azotning organizmga ta’siri har xil. Azot oksidi ta’sirida qondagi gemoglobin tezlik bilan metgemoglobinga aylanadi. Shu sababli azot oksidi anoksemiya beradi. Ikki oksidli azot kuydiruvchi xususiyatga ega, chunki u organizmda azotli va azot kislotasiga aylanadi.
Yuqori konsentratsiyali azot oksidi bilan taxminan 6 soat nafas olgandan so‘ng, zaharlanishning ilk alomatlari — yo‘tal, nafas qisishi; og‘ir zaharlanishda o‘pka shishishi, bronxopnevmoniya, bosh og‘rishi, yurak faoliyatining susayishi kuzatiladi.
Profilaktikasi. Azot oksidlari hosil bo‘ladigan ish joylarini germetizatsiya qilish, ventilatsiya o‘rnatish tavsiya etiladi. Tog‘ jinslarini portlatishdan so‘ng ish joylarini shamollatish zarur.
Benzindan zaharlanish. Benzin yengil alangalanish xususiyatiga ega bo‘lgan suyuqlik, uy haroratida bug‘lanadi, bug‘i havodan og‘ir. Benzin bug‘ holida organizmga nafas a’zolari orqali tushadi, shikastlanmagan teri orqali organizmga so‘riladi va tarkibini o‘zgartirmagan holda o‘pka va buyrak orqali tashqariga chiqib ketadi.
Neftni qayta ishlash, rezina sanoati, bosmaxonalarda, garajda ishlovchilarning faoliyati bevosita benzin bilan bog‘liq. Benzin yog‘larda va lipoidlarda yaxshi eriydi. Benzin ta’sirida o‘tkir va surunkali zaharlanish kuzatiladi.
O‘tkir zaharlanishda sarxushlik, jizzakilik, galusinatsiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanish kuzatiladi. Og‘ir zaharlanishda hushni yo‘qotish, tutqanoq tutishi alomatlari sodir bo‘ladi. Surunkali zaharlanishda ham bosh og‘rig‘i, ishtaha pasayishi, kamqonlik belgilari paydo bo‘ladi.
Profilaktikasi. Benzin ajraladigan joylarda havoso‘rgich (ventilatsiya) o‘rnatish, benzin bilan ishlaganda gazniqobdan foyda- lanish tavsiya qilinadi.
Benzoldan zaharlanish. Benzol СбНб xushbo‘y suyuqlik. Qaynash temperaturasi 79,6 °C. Uy haroratida parchalanadi. Bug‘i havoga nisbatan uch marta og‘ir. Sanoatda benzol yog‘lar, laklar, bo‘yoqlar, kauchukni eritish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, nitrobenzol, anilin, yog‘ni oqlashda, toshko‘mir, neft qazib olish jarayonida hamda kimyo-farmatsevtika korxonalarida erituvchi sifatida ishlatiladi. Benzol bug‘ shaklida nafas a’zolari orqali, suyuq holdagisi shikastlanmagan teri yuzasidan yog‘larda eruvchi sifatida organizmga tushadi va o‘pka, buyrak orqali chiqib ketadi. O‘tkir zaharlanish sanoatda kam uchraydi, bunda bosh og‘rishi, bosh aylanishi, juda bezovtalik, uzoq uxlash alomatlari, mushaklar tortishishi, hushni yo‘qotish, taxikardiya, qon bosimi pasayishi kuzatiladi. Surunkali kasallikda yog‘ga boy asab hujayralari qon ishlab chiquvchi a’zolar jarohatlanadi, milk, burundan qon oqadi. Qonda oldin leykotsitoz, keyin leykopeniya, eritropeniya kuzatiladi. Gemoglobin kamayishi tufayli qon ivishi keskin kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |