Toliqish va holdan toyishga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish mehnat gigiyenasining muhim vazifasi hisoblanadi.
§. TOLIQISHGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT JARAYONINI TO‘G‘RI TASHKIL QILISH
Toliqishning rivojlanishida markaziy nerv sistemasining funk- sional holati yetakchi o‘rin tutishi isbotlangan. Aniq va puxta reja tuzib, ishlab chiqarish jarayonini puxta, to‘g‘ri tashkil etish,
ish joyining saranjom-sarishta bo‘lishi, sanoat estetikasi vositalari va boshqa ijobiy omillar ish qobiliyatining oshishiga olib keladi. Ishni to‘g‘ri tashkil qilinmasligi, aniq maqsad, reja bo‘lmasligi, gigiyena sharoitlarining yomonligi ruhiyatga salbiy ta’sir qiladi, ish unumi pasayadi va odam tez toliqib qoladi.
Odamning mehnat qobiliyati ko‘p jihatdan o‘z kasbini naqa- dar yaxshi o‘zlashtirganiga, tajribasiga bog‘liq. Muayyan mushak ishini ko‘p marta, muntazam takrorlash yo‘li bilan organizm- ning ish qobiliyatini va chidamliligini oshirish - ishga moyillik deyiladi. Ishga moyillik va o‘rgatish natijasida organizmda yangi, vaqtinchalik shartli reflekslar vujudga kelib, ular harakatlarining yaxshiroq uyg‘unlashishiga va yurak tomirlari, nafas hamda boshqa sistemalarning uyg‘un ishlashiga imkon beradi. Hara- katlar chaqqon va bexato bo‘ladi, bu markaziy nerv sistemasi ishini osonlashtiradi, mushaklar kuchi tejalgan holda sarflanadi.
Organizmning energetik sarflari dinamik va statik ishdan tashkil topadi. Mushaklarning statik ishi tez charchashga olib keladi, chunki bunda qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘ining chegaralangan bitta sohasiga yig‘iladi, mushaklarning dinamik ishida esa po‘stloqning turli sohalari navbatma-navbat qo‘zg‘aladi. Noqulay vaziyatda ishlashga bog‘liq bo‘lgan mushaklarning statik ishini iloji boricha kamaytirish g‘oyat muhim. Buning uchun odamning tana o‘lchovlariga, qo‘l kuchiga mos keladigan dast- gohlar va moslamalarda ishlash kerak va hokazo, shundagina ish unumli bo‘ladi va odam charchab qolmaydi. Odam qulay o‘tirganda mushaklarning statik ish kuchi hammadan ko‘p bo‘ladi (23-rasm). Shu tufayli ishni o‘tirib bajargan yaxshi. Stulda oyoqlar uchun (pol yoki kursiga), sonlar va chanoq uchun (o‘tiriladigan joy chuqurligi son uzunligining 2/3 qismiga teng bo‘lishi), bel uchun suyanchiq, tirsaklar uchun tayanch bo‘lishi kerak.
Tik turib ishlaganda mumkin qadar kamroq egilish lozim. Ishlovchining bo‘yiga mos keladigan asboblar o‘lchovini tanlash bu jihatdan ahamiyatlidir. (23-rasm) 5 kg gacha kuch sarfla- nadigan ishni o‘tirib, 10 kg da o‘tirib va tik turib, 20 kg da esa tik turib bajargan qulay. Ish joyida ishlatiladigan asboblarni o‘ylab joylashtirish va ishning to‘g‘ri usullarini qo‘llash ortiqcha hara- katlar qilishning oldini oladi.
Ko‘p energiya sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda (o‘roq- chilar, daraxt kesuvchilar, yer qazuvchilar, hammollar, temir- chilar va b.) (23-rasm) toliqib qolmaslik uchun ish jarayonini
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega. Ish turi o‘zgartirib turilganda toliqish ancha kamayadi, chunki bunda bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalari navbatma-navbat ishlaydi. Aqliy mehnatdan so‘ng jismoniy mehnat qilish va, aksincha, ayniqsa, muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |