Ba’zi kimyoviy birikmalar ma’lum sharoitda o‘tkir va su- runkali zaharlanishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Korxonada zaharli birikmalar va ularning organizmga ta’siri. Korxonada ish jarayonida ma’lum sharoitda ishchiga kimyoviy birikma ta’sir qilishi natijasida uning organizmida moddalar almashinuvi buzilsa va u o‘tkinchi - funksional yoki organik o‘zgarishlar keltirib chiqarsa, u sanoat zahari deyiladi.
Sanoatda zaharli moddalar xomashyo sifatida (anilin- to‘qi- machilik kombinatlarida matoni bo‘yash uchun) ishlatiladi, yordamchi unsur (xlor - matoni oqlash uchun) sifatida va u ish jarayonida qo‘shimcha birikma holida (yonganda - karbon oksidi) hosil bo‘lishi mumkin.
Sanoatda zaharli birikmalar organizmga nafas yo‘llari orqali, shuningdek, me’da va jarohatlanmagan teri orqali tushishi mumkin. Kimyoviy birikmalarning organizmga tushishi ularning fizik va kimyoviy xossalariga, ko‘p jihatdan tashqi ko‘rinishiga (gaz-
M.A. Azizov
193
simon, suyuq, quyuq, kukun va h.k.) va suvda, organizm shira- larida, erituvchi birikmalarda, yog‘da erishiga bog‘liq.
Gaz va yuqori darajada dispersli kimyoviy birikmalar, asosan, havo bilan, nafas olish a’zolari orqali organizmga tushadi.
Zaharli moddalar organizmga kirishidan boshlab ichkariga surila boshlaydi. O‘pka alveolalarining yuzasi zaharli birikmalarni o‘zlashtirib olish xususiyatiga ega, uning sathi gorizontal holatda yoziladigan bo‘lsa, 90 m2 dan oshadi. O‘pka alveolalari yuzasining kattaligi alveola membranalarining yupqaligi, o‘pka to‘qima- larida limfa tomirlari tarmoqlarining behisobligi, nafas olishda havo bilan kiradigan zaharli aerozollarning tez shimilib qonga o‘tishiga imkon beradi. Dispers zaharli moddalarning bir qismi ovqat hazm qilish a’zolari orqali tushadi. Bundan tashqari, zaharli moddalar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, iflos qo‘l bilan ovqatlanish yoki tamaki chekish, shuningdek, zaharlangan oziq-ovqat mahsulotlari hamda ichimlik suvlari iste’mol qilish orqali ham organizmga kirishi mumkin.
Me’da-ichak yo‘lidan surilgan zaharli moddalar organizmga qon tomirlari hamda limfa orqali tarqaladi, qon aylanish doi- rasiga tushishdan oldin vena orqali jigarga kiradi, bu yerda bir qismi parchalanib, bir qismi parchalanmagan holda o‘t pufagiga, keyin ichakka o‘tadi va axlat bilan chiqib ketadi. Demak, me’da- ichak orqali organizmga tushgan zaharli modda yuqori nafas yo‘llari orqali o‘pkaga tushgandagi kabi xavfli bo‘lmaydi.
Shikastlanmagan teri yuzasidan organizmga tushgan kimyoviy birikmalar organizmdagi lipoidlarda yaxshi to‘planish xususiyatiga ega. Shu sababli asab tolalarining oxirida to‘planib, ma’lum miqdorga yetgach, zaharlilik xususiyatini yuzaga chiqa- radi. Bularga simob-organik, fosfor-organik, xlor-organik va boshqa birikmalar kiradi. Zaharli birikmalar qaysi yo‘l orqali organizmga tushishidan qat’iy nazar, a’zolarda har xil o‘zga- rishlarga uchraydi: oksidlanadi, gidrolizlanadi, aminlik xususiyatini yo‘qotadi va aksariyati zaharsizlanadi yoki zaharli xusu- siyati kamayadi.
Noorganik birikmalar, o‘z navbatida, oksidlanishga uchraydi va a’zo hamda to‘qimalarda erimaydigan holatda to‘planadi (masalan, qo‘rg‘oshin, ftor va boshqalar), og‘ir metallar esa a’zolarda jamg‘arma holida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |