M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Foydali qazilmalarni qazib chiqarishda shovqin va tebranish



Download 422,93 Kb.
bet134/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Foydali qazilmalarni qazib chiqarishda shovqin va tebranish.
Kon ishlarida turli mashinalar va mexanizmlar (pnevmatik burg‘ilovchi mashinalar, nasoslar, ventilatorlar va b.), asboblar (burg‘ilovchi va otboy bolg‘alari), transport vositalari va boshqalar shovqinining uzoq vaqt (bir necha yillar) davomida ta’sir etishi natijasida eshitish pardalarining doimiy qattiq tebranib turishi karlikka olib kelishi mumkin. Shuningdek, shovqin — eshitish a’zolari faoliyatini susaytirishdan tashqari, asab sistemasini qis- man ishdan chiqarishi ham mumkin (serjahllik, tez charchab qolish).
Mashina va asboblardan chiqadigan shovqin xavfsiz darajada bo‘lishi shart, shu jarayonni uzoqdan turib boshqaradigan bo‘lish lozim. Ko‘pgina mexanizm va asboblar (pnevmatik burg‘ilovchi mashinalar, otboy (qo‘poruvchi) bolg‘alar) uchun maxsus shovqin pasaytirgichlardan foydalaniladi. Mexanizmlar turli asboblarning texnik buzuq joylarini o‘z vaqtida tuzatish, moylash, shovqin ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi.




Ish jarayonidagi tebranish yoki silkinish kishi organizmiga yomon ta’sir qilishi natijasida tebranish kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bu kasallikni birinchi marta E.S. Andreyeva-Galanina batafsil o‘rgangan va uni tebranish kasalligi deb atagan, bu kasallik uning nomi bilan bog‘liq.
Oyoq-qo‘llarda og‘riq turishi, teri sezgisining pasayib ketishi, shuningdek, vaqt-vaqti bilan rang o‘chishi, qo‘llarning uvishib, muzlab qolishi, boshqacha aytganda, barmoqlar bukilishining qiyinligi, qo‘lning ishlamay qolishi kasallikning asosiy belgilaridir. Bularning hammasi qon aylanishining buzilishi natijasida ro‘y beradi. Ish jarayonida avtomatik ravishda o‘tadigan tebranishni qabul qiluvchi moslamalar va murakkab ishlarni bajaruvchi asboblardan foydalanish vibratsiya kasalligi oldini olishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Bunda tebratuvchi kuch burg‘ilovchiga ta’sir qilmaydi, chunki uning vazifasi mashina va moslamalarni o‘rnatish, burg‘ilash asboblarini almashtirish va ishini kuzatib turishdan iborat bo‘ladi.
Maxsus ushlab turgich va ayiradigan ustunlarning qo‘llanilishi orqali burg‘ilovchilarning ishi ancha yengillashadi va ishning xavflilik darajasi kamayadi, shu bilan birga ish unumi ortadi. Maxsus tirgovichning qo‘llanilishi burg‘ilarni kuch sarf qilmagan holda zarur vaziyatda ushlab turishga imkon beradi.
Titrash kasalligining oldini olish uchun ishga kiruvchilar mehnat xavfsizligiga doir dastlabki ma’lumotlarni (tavsiyano- mani) va ish qoidasini yaxshi bilib olishlari zarur.
Ishchilarni dastlab va vaqt-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tka- zish titrash kasalligining oldini olish tadbirlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Lekin kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lishi bilanoq, navbatdagi ko‘rikni kutib o‘tirmasdan, darhol vrachga murojaat qilish kerak. Bemor vrachga qancha erta uchrasa, tuzalishi ham shuncha oson bo‘ladi.

  1. §. CHANG VA UNING KISHI ORGANIZMIGA TA’SIRI

Har qanday chang ham kishi organizmiga zararli ta’sir qiladi. Changning kishi organizmiga zararli ta’siri darajasi, uning tarkibi, solishtirma og‘irligi, zarrachalarning katta-kichikligi, shakli, havo hajmi birligidagi chang zarrachalarining miqdori va kishining changli havodan nafas olish muddatiga qarab




aniqlanadi. Foydali qazilmalarni qazish paytida chiqadigan chang havo bilan kishi terisiga, ko‘z shilliq pardasiga tushadi, nafas yo‘llariga kiradi, chang teriga tushganda ter bezlari chiqish yo‘llarining berkilib qolishi oqibatida terining yog‘ chiqarish faoliyati buziladi, organizmning isib ketishiga sabab bo‘ladi, bu esa ob-havo noqulay bo‘lgan sharoitlarda juda ham xavflidir. Yog‘ bezlari berkilib qolganda badanda toshma toshib, keyin yiringli yarachalar paydo bo‘ladi.
Chang yuqori nafas yo‘llariga ta’sir qilib, burunning shilliq pardasini yallig‘lantiradi, u shishib ketadi. Bunday hollarda shilliq ko‘p ajraladi. Changning uzoq vaqt ta’sir etishi oqibatida shilliq qavat atrofiyaga uchrab juda yupqalashadi. Unda qobiq paydo bo‘ladi, burun ichi qurib qoladi. Bunday holat uzoq cho‘zilganda chang nafas yo‘llariga chuqurroq kiradi. Bronx- larning shilliq pardasi changga ta’sirchan bo‘ladi va shu bois chang bronxiti paydo bo‘lishi mumkin.
Konning changli bo‘limlarida uzoq yillar davomida ishla- ganda o‘pkaning surunkali kasalligi — pnevmokonioz kelib chiqa­di. Kon changi tarkibidagi erkin kremniy (II) oksid pnevmo- koniozning bir turi — silikoz kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Tog‘ jinslarini suv bilan burg‘ilash, ortishdan oldin qo‘po- rilgan tog‘ jinslariga suv sepish va yetarlicha shamollatishni tashkil qilish natijasida kon havosidagi chang miqdori, asosan, yirik chang zarrachalari hisobiga kamayadi.
Yerosti konlarini sun’iy ravishda shamollatib turish konlarda changga qarshi kurashish shartlaridan biri hisoblanadi. Tog‘ jinsini qazish chuqurlashgan sari qo‘shimcha ravishda mahalliy mexanik tarzda shamollatishdan foydalanish kerak.
Changlanishga qarshi kurash olib borishning umumiy tad- birlari bilan bir qatorda, shaxsiy gigiyena va shaxsiy himoya tadbirlarining qo‘llanilishi, jumladan, changga qarshi respirator taqish muhim ahamiyatga ega.

  1. §. CHANGDAN SAQLANISH TADBIRLARI

Yerostida ishlaydigan ishchilarni zarur shaxsiy muhofaza asbob-anjomlari, korjomalar, yerostida qaziladigan joylarni yetarli darajada sun’iy yoritish qurilmalari bilan ta’minlash tavsiya etiladi.




Birinchi navbatda, changli ish joyida ishlaydigan shaxslarning ish kunini qisqartirish, qo‘shimcha mehnat ta’tili berish, ovqatlanishini yaxshilash, dam olish uylari, profilaktoriyalar va sanatoriy-kurortlarga davolanish uchun yo‘llanmalar berish bi­lan ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash tadbirlarining hammasi hukumatning kon sanoati sohasida kasalliklarga qarshi kurash haqidagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Korxonadagi chang, chang ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar va ularning oldini olish. Korxonada changga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega, chunki deyarli har bir korxonada ish jarayonida chang bo‘ladi. Qurilish sanoatida (olovga chidamli mahsulotlar tayyorlashda, g‘isht, sement olishda va b.), chinni, sopol idishlar ishlab chiqarishda, un tortish, paxta tozalash va qayta ishlash korxonalarida, mashinasozlik, metallurgiya sanoati, to‘qimachilik sanoatining xomashyo tayyorlash va yigiruv sex- larida, qishloq xo‘jaligida va shunga o‘xshash juda ko‘p kor- xonalarda chang chiqadi.
Korxona changi ta’sirida o‘ziga xos kasalliklar (pnevmoko- nioz, surunkali bronxit) hamda laringit, traxeit, teri kasalliklari paydo bo‘lishi mumkin.
Changga qarshi kurash sanitariya va gigiyena muassasalari xodimlarininggina ishi bo‘lib qolmay, bu ish iqtisodchilar hamda sanoat xodimlarining ishi hamdir.
Bundan tashqari, changga qarshi kurashish sog‘liqni saq- lashgina bo‘lib qolmay, qimmatli mahsulotlarni havoga chiqib ketishidan saqlash ham demakdir. Chang umrni qisqartiradi, yaroqsiz mahsulotlarni ko‘paytiradi, oynalarning ifloslanishi tufayli ish joylariga quyosh nuri tushishi kamayadi, ma’lum sharoitda qo‘porish, yong‘in chiqarish xususiyatlariga ham ega.

  1. §. SHOVQINNING ORGANIZMGA TA’SIRI VA UNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Shovqin deb vaqt davomida takrorlanmaydigan, murakkab munosabatlari bilan ajralib turadigan tovushga aytiladi.
Shovqin balandligi deb davriy jarayondan iborat shovqinga ayti­ladi. Bu jarayon uyg‘un bo‘lsa, shovqin balandligi oddiy yoki sof bo‘ladi. Sof shovqin balandligining asosiy fizik xarakteristikasi uning tezligi hisoblanadi. Nouyg‘un tebranishlarga murakkab shovqin balandligi deyiladi. Tebranishlarning elastik muhitdagi




tezligi odam qulog‘iga eshitiladigan chegarada, ya’ni 16 dan 20000 Hz orasida bo‘ladi. Boylama to‘lqinlar tarzida tarqaladigan tebranishlar tovush tebranishlari deb ataladi. To‘lqin tezligi 16 Hz dan kichik bo‘lmasa infratovush va 20000 Hz dan yuqori bo‘lsa ultratovush deb ataladi. Infratovush va ultratovush eshituv a’zolari orqali qabul qilinmaydi.
Shovqinning organizmiga ta’siri. Kuchli shovqin ta’sirida eshitish analizatorlarida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Eshitish a’zolari shovqinga nisbatan hosil bo‘ladigan adaptatsiyaning vaqtincha pasayishida kuzatiladi. Uzoq muddatli akustik ta’sirda shovqinga nisbatan sezgirlik oshadi.
Oldin sekin-asta o‘z holiga keladigan (eshitish charchashi), keyinchalik shovqin ta’sir ko‘rsatguncha bir me’yorda sezuv- chanlikni saqlashi kuzatiladi.
Shovqin kishi organizmiga umumbiologik qo‘zg‘atuvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Faqat eshitish a’zolariga ta’sir qilib qolmay, bosh miya strukturasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, oqibatda har xil funksional o‘zgarishlar yuz beradi. Jumladan, shovqin ta’sirida kapillarlarning qisqarishi natijasida periferik qon ayla­nishi buzilishi, qon bosimi ko‘tarilishi mumkin.
Shovqinning salbiy ta’sirida odamning gaplari noaniq bo‘lib qoladi, o‘zini yomon sezadi, toliqadi, ish unumi pasayadi, oqi- batda shovqin kasalligi kelib chiqadi.
Bunda shovqin xarakteri, balandligi, tezligi va ta’sir etish davomiyligi hamda organizmning shovqinga qarshi shaxsiy sezuvchanligi muhim ahamiyatga ega.
Ish joyida shovqin uzoq vaqt davomida baland bo‘lsa, eshitish qobiliyati koxlear nevritiga xos ravishda sekin-asta pasaya boradi, bora-bora odam garang bo‘lib qolishi mumkin. Ba’zi bir odamlarda eshitish a’zolari deyarli bir oy ichida shovqin ta’sirida o‘zgarishga uchrasa, boshqa odamlarda sekin-asta rivojlanuvchi o‘zgarishlar uzoq yillardan keyin yuzaga chiqishi mumkin.
Eshitish qobiliyatini yo‘qotish muhim fiziologik kamchilik bo‘lib, ish qobiliyati tushib ketishining asosiy sababchisi hisobla­nadi. Shovqin ta’sirida nevrasteniya alomatlari, ba’zi hollarda qon-tomir vegetodisfunksiyasi sindromi, ko‘pincha gipertoniya tipidagi neyrosirkulator disfunksiya uchraydi. Kuchli shovqin ta’sirida asab sistemasidagi o‘zgarishlar, asosan, eshitish a’zo­lariga taalluqli bo‘ladi. Ishchilar, asosan, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, xotiraning susayishi, ish qobiliyatining pasayishi, uyqu-



Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish