Bolalar sog‘lig‘iga qarab umumiy aholining sog‘lig‘i to‘g‘- risida tushunchaga ega bo‘lish mumkin.
Bolalar o‘zining davriy o‘zgarishiga qarab tashqi muhit ta’siriga har xil sezuvchan bo‘ladi. Bola muayyan sharoitdan chetga chiqqanda uning organizmiga tashqi muhit salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bola ulg‘aygan sari tashqi muhit ta’siriga chidamliligi oshib, takomillasha boradi.
Bolalik davrining biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda gigiyenik sharoitlarni yaratish muhim ahamiyatga ega.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi davriy gigiyena (ontogigiyena) bo‘lib, gigiyena fanining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ish jarayonida bolalar va o‘smirlar gigiyenasi umumiy gigiye- na, mikrobiologiya, epidemiologiya, sanitariya statistikasi, fiziologiya, biokimyo, bolalar klinikasi va ruhiyati hamda peda- gogika tavsiyalari va yutuqlaridan foydalaniladi.
§. BOLALAR VA O‘SMIRLARNI TARBIYALASH.
O‘QITISH GIGIYENASI ASOSLARI
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi tibbiyot fanining shunday bo‘limiki, u atrof-muhitning o‘sayotgan organizmga ta’sirini o‘rganadi va shu asosda sog‘liqni saqlashni va mustahkamlashni bola faoliyatining eng yaxshi darajasini va organizmni yayrab rivojlanishini ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasining asosiy maqsadi — bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘i muvofiqlashtirilgan kun tartibini ishlab chiqishdan iborat. Bunga jismoniy tarbiya, maktabgacha tarbiya, chiniqtirish, maktabda ta’lim-tarbiyani gigiyenik nuqtayi na- zardan tashkil qilish, mehnat, dam olish, ovqatlanish va hoka- zolarni tashkil etish, inson umrini uzaytirish, mehnat qobiliyatini saqlash, tetik va quvnoq bo‘lish uchun ko‘pgina masalalarni hal qilish kiradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona usulini saqlash maqsadida avvalgi tajribalar, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda bolalar muas- sasalarining 2 turi: yasli va bolalar bog‘chasini yagona mak- tabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kombinatiga birlashtiriladi. Bundan tashqari, yasli va bog‘cha yoshidagi bolalarga oid tibbiy va pedagogik masalalar bir-biri bilan shu qadar bog‘lanib ket- ganki, faqat shifokor bilan pedagog hamkorlikda ishlagan taqdirdagina tarbiyaviy ishni to‘g‘ri amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Oila sharoitidan bolalar muassasalariga o‘tish bola organizmiga ta’sir qilmay qolmaydi. Bola u yerda juda ko‘p bolalar, notanish kishilar bilan uchrashadi, atrof-muhit o‘zgaradi, unda mutlaqo yangi reaksiyalar shakllanadi. Uning begona sharoitga
ko‘nikishi, moslashishi, albatta, oson bo‘lmaydi. Biz bunday hollarda bola ruhiy holatining buzilganligini ko‘ramiz; u ba’zan yig‘laydi yoki aksincha, kamgap bo‘lib qoladi, atrofdagilar bilan istar-istamas gaplashadi.
Bu bosh miya po‘stlog‘i hujayralari qo‘zg‘aluvchanligi muayyan holatining buzilishi bilan kechadi, binobarin, ba’zi salbiy hodisalarga olib kelishi mumkin. Bular esa yasli yoshidagi bolalarda ro‘yirost namoyon bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar, ularga mo‘ljallangan muas- sasalar xodimlari bola organizmi chidamliligini susaytirib yuboradigan barcha salbiy hodisalarning avj olib ketishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Agar bosh miya po‘stlog‘i muayyan qo‘zg‘a- luvchanligi buzilishlarining va ruhiy zo‘riqishning oldini olish qiyin bo‘lsa, u holda salbiy ta’sirlarni iloji boricha muddatini qisqartirish va susaytirish mumkin. Masalan, bola yasliga berilar ekan, unga asta-sekin o‘rgata borish foydali bo‘ladi, dastlab bolani yaslida tushgacha qoldiriladi, kunduzi uxlab qolgandan keyin olib ketiladi va h.k. Shunday qilib, bola uchun ancha qiyin bo‘lgan dastlabki haftada bolalar muassasasida bo‘lish muddatini kamaytirish bilan ko‘nikish hosil qilish mumkin. Bolalar kombinatida bolalarning ma’naviy-ruhiy va jismoniy rivojla- nishiga asos solinadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar katta yoshli bolalarga qaraganda yuqumli kasalliklarga tez-tez chalinadilar. Shuning uchun ham, bolalar kombinati tarbiya- chilari, tibbiyot xodimlari sanitariya-gigiyena qoidalariga va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga juda mas’uliyat bilan qarashlari kerak.
Mana shu vazifani ado etish turmush tarzining hamma jabhalarini takomillashtirish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, jismoniy tarbiya, sport turlari bilan shug‘ullanishni odat tusiga aylantirishga bog‘liq.
Maktab yoshidagi bolalar tez o‘sib, a’zo va sistemalari rivoj- lana boradi. Maktab o‘quvchisining har tomonlama barkamol rivojlanishi, zuvalasi pishiq bo‘lib o‘sishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va keyinchalik kasb tanlashda gigiyena qoidalariga ilmiy asosda yondashish talab etiladi.
Maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi bolalar gigiyenasi. Bolaning zo‘r berib o‘sishi va rivojlanishi, a’zolari hamda sistemalarining morfologik funksional takomillashishi bolalik yoshining eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi.
O‘sish va rivojlanish murakkab jarayon bo‘lib, unda butun organizm ishtirok etadi. O‘sishning tezlashish davri bola hayotining ma’lum bosqichlariga mos keladi, ya’ni yetarli darajada aniq biologik maromda kechadi. Bola jismi — uning to‘qimalari va a’zolari katta odam organizmidan sifat va son jihatidan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |